Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja
Modernization of Higher Education in
Download 471.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Fizik
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies (HiEdTec) ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni ta’minlaydigan uzatish muhitlaridan foydalaniladi, ya’ni yuqori tezlikli optik kabellar. Shuni alohida ta’kidlash lozimni lokal tarmoqlarini qurishda o‘z navbatida sizsiz muhitlardan ham foydalanib kelinmoqda. Bir vaqtnig o‘zida lokal tarmog‘ining qurish talablaridan kelib chiqib simsiz yoki simli muhitlardan yoki ularning gibrid holatlaridan foydalanish mumkin. Ba’zan foydalanuvchilarning internet resurslariga bo‘lgan ehtiyojlari, binoning joylashuvi va foydalanuvchilarning qurilmalari (smartfon, noutbuk, desktop va h.k.) sabab lokal tarmoqlarini qurishda simli kabellarga qaraganda simsiz texnologiyalardan foydalanishning bir qator avzalliklar mavjud, 2-jadval (simsiz texnologiyalar). Misol uchun, binoda ko‘p sonli foydalanuvchilarga yuqori tezlikli internetni taqdim etishda bitta Wi-Fi qurilmasi orqali amalga oshirish mumkin. Agar simli texnologiyalardan foydalanib lokal tarmog‘ini qurish maqsad qilingan bo‘lsa, bunda kabellar foydalanuvchining kompyuterlariga ulanadi va internet xizmatlari taqdim etiladi. Kabellar orqali internetni yetkazib berishdagi asosiy noqulayliklardan biri bu xonada kabellarni joylashtirish masalasidir. Ammo, simli muhitlarda simsiz muhitlarga qaraganda internet tezligi barqaror ta’minlanadi. Shuningdek, simsiz ulanishga moslashtirilgan smartfon, planshet, noutbuk va boshqalarni simli internetga ulanishida qiyinchiliklar vujudga keladi. Yuqoridagi 2-jadvalda Wi-Fi texnologiyasining turlari, chastota kengligi, o‘tkazish qobilyati va qamrab olish masofasi keltirilgan. Yuqoridagi holatlarda biz lokal tarmoqlarini qurishda foydalaniladigan fizik muhitlar va texnologiyalar haqida qisqacha fikr yuritdik. Lokal tarmoqlaridan keyingi katta tarmoq bu shahar tarmoqlari hisoblanadi. Shahar tarmoqlarini qurish uchun maxsus fizik muhitlari va texnologiyalari ishlab chiqilgan, lokal tarmoqlarida foydalaniladigan muhitlari va texnologiyalar farq qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling