Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja
Modernization of Higher Education in
Download 53.95 Kb. Pdf ko'rish
|
Канал сатҳ
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Kanal sathida kadrlarga o‘zgartirish (framing) jarayonidan tashqari fizik adreslash (MAC addressing), oqimlarni nazorat qilish (flow control), xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access control) kabi muhim jarayonlar amalga oshiriladi. Har bir sathda ma’lumotga ishlov berish jarayoni yakunlanganidan keyin, sathni sarlovhasi umumiy sarlovhaga qo‘shiladi. Sarlovhani qo‘shishdan maqsad, qabul qiluvchi tomon kanal sathi uzatuvchi tomonidan kelayotgan kadr sarlovhasi bo‘yicha ma’lumotga ishlov beradi. Yuqoridagi jumlani hayotiy misol bilan izohlaymiz. Har bir mamlakat fuqarosi pasport kabi o‘zini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘ladi deb tasavvur qilaylik. Fuqaro mamlakatning boshqa hududiga ko‘chib o‘tsa, o‘sha hududdan ro‘yxatdan o‘tishi lozim va bu ro‘yxatdan o‘tganligi pasport (kompyuter)da qayt etiladi. Chet elga chiqish uchun o‘sha fuqaro pasport buyurosidan chetga chiqish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tishi va pasportiga qayt etilishi lozim. Qaysi mamlakatga bormoqchi bo‘lsa, o‘sha mamlakatga tegishli bo‘lgan elchixonaga murojaat qilib chiqish uchun ruxsat oladi va pasportiga viza uriladi. Fuqaro mamlakatning boshqa joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa va zarurat yuzasidan u fuqaroni tekshirish kerak bo‘lsa, nazoratchilar uning pasportidan ro‘yxatdan o‘tganligini tekshiradi. Xuddu shunday chet mamlakatga viza olgan va o‘sha mamlakatga kiruvchi fuqaroning pasportidagi ruxsati (OVIR) va vizasi tekshiriladi, yashash manzilida ro‘yxatdan o‘tganligi bo‘yicha tekshirilmaydi. Bitli oqimlar va kadr holati ham aynan yuqoridagi misolimizga o‘xshab ketadi. Fizik sathdagi qurilma faqat bitli oqimlar bilan ishlaydi va ularni kanal sathiga uzatadi. Kanal sathi ham o‘z navbatida bitli oqimlarni qabul qilib kadr ko‘rinishiga o‘zgartiradi va kadrlar bilan ishlaydi. Keyingi sath tarmoq sathi bo‘lib, unda kanallar paketlarga o‘zgartiriladi va tarmoq sathida paketlarga ishlov beriladi. Shunday qilib tarmoqdagi ikki qurilma o‘ratasidagi ma’lumot almashishdagi barcha barayonlar OSI modelida sathlar bo’yicha bo‘linib amalga oshiriladi. Kanal sathida esa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling