Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja


Download 53.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.10.2023
Hajmi53.95 Kb.
#1705109
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Канал сатҳ



Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)

Reja: 
 
1.1. Kanal sathi bo‘yicha umumiy tushunchalar. 
1.2. Kanal sathi xizmatlari: 
- Bitli oqimlarni kadrlarga o‘zgartirish (framing). 
- Fizik adreslash (MAC addressing). 
- Oqimlarni nazorat qilish (flow control). 
- Xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access 
control). 
- LLC va MAC. 
1.1. Kanal sathi bo‘yicha umumiy tushunchalar
Kanal sathi OSI modelining qo‘yidan ikkinchi sathi bo‘lib, u fizik sathidan 
kelayotgan (yoki kanal sathidan kelayotgan kadrlarni deb ham izohlab ketsa bo‘ladi. 
Biz fizik sathdan kelayotgan oqimlar ketma ketligi bo‘yicha jarayonlarni izohlab 
ketamiz) bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga o‘zgartiradi yoki tarmoq sathidan 
kelayotgan paketlarni avval kadrlarga o‘zgartirib fizik sathga uzatadi. OSI etalon 
modelining sathlari ma’lumotlarni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatishda bir-biri 
uchun xizmat qiladi va umumiy vazifalarni o‘ziga tegishlisini amalga oshiradi. 
Odatda OSI sathlari ma’lum darajadagi vazifalarni bajarashi oldindan belgilab 
qo‘yilgan. 
Kanal sathi ingliz tilida yozilgan adabiyotlarda Data Link Layer termini bilan 
ataladi. Fizik sathdan farqli kanal sathidagi tarmoq qurilmasi bit oqimlarni qabul 
qilib olganidan keyin foydalanilayotgan protokolga mos ravishda kadr ko‘rinishiga 
 
 
12 
OSI modeli: Kanal sath 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
o‘zgartiriladi. Agar tarmoq qurilmasi simli muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa 
yoki simsiz muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa turli xil kadr formatiga 
o‘zgartiradi. Misol uchun 10Base Ethernet, 100Base Ethernet, 1000Base Ethernet, 
10 000Base Ethernet yoki Wi-Fi (a, b, c, d, e standartlari) texnologiyasining turli 
modellarida bit oqimlari turli xil ko‘rinishdagi kadr formatlariga o‘zgartiriladi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, optik signallar ko‘rinishida uzatilgan ma’lum 
tezlikli va chastotali bit oqimlari qabul qiluvchi qurilma ham o‘sha parametrli 
signalni o‘qiy olishi lozim. Shunda uzatgich va qabul qilgich bitta standartda ishlashi 
mumkin. 
O‘z navbatida kanal sathida ishlatiladigan qurilma va protokollar fizik sathdan 
kelayotgan bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga keltirib, kadrlarni paket ko‘rinishiga 
o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish jarayoni kanal sathining OSI modelidagi asosiy 
vazifalardandir, 12.1-rasm. Shunda kanal sathining quyi qismi bit oqimlari bilan 
ishlasa, yuqori qismi patkelar bilan ishlaydi. Kanal sathida uchta asosiy jarayon 
amalga oshiriladi: bitlarni qabul qilib olish va kadrga o‘zgartirish; kadrlarga ishlov 
berish; kadrlarni paketlarga o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish. 
12.1-rasm. Fizik sath bit oqimlarini kanal sathiga uzatib kadrga o‘zgartirilish 



Download 53.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling