Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
Zarali omillar – standart bo‘yicha belgilangan
me’yordan oshgach vaqt o‘tishi bilan turli xil kasb kasalliklarini keltirib chiqaradi. Axborot- kommunikatsiya tizim texnik vositalaridan foydalanishdagi asosiy zararli omillarga – turli xil nurlanishlar (elektromagnit, ultabinafsha, infraqizil, rentgen nurlari ), shovqin, prienter va kserokopiya rang kukuni changlari, tasvir elementlarining qimirlashi, kadrlar chastotasi kabilar kiradi. Axborot kommunikatsiya tizimlar texnik vositalarining asosiy elementlaridan biri - kompyuterni inson sog‘ligi va hayoti uchun butunlay xavfsiz deb ayta olmaymiz. Kompyuter inson mehnatini engillashtirish, bilim va saviyasini oshirish, xalqaro axborot makoniga kirish va ma’lumotlar olishiga keng imkoniyatlar yaratadi va o‘z o‘rnida undan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida turli xil “ergonomik” kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 1992 yillarda AQSHda ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarining 50 foizini “ergonomik” kasalliklar tashkil etgan va bu bevosita mamlakatda kompyuterlashtirish tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Kompyuterlardan foydalanishda inson sog‘ligiga ta’sir etuvchi asosiy xavfli va zararli omillar tarkibiga elektr toki, elektromagnit, infraqizil, ultrabinafsha nurlanishlar va shovqin kiradi. Ular bevosita insonga psixofiziologik ta’sir etadi. Infraqizil nurlar inson tanasining qizishiga, tana haroratining oshishiga, ultrabinafsha nurlar esa teri osti to‘qimalarida biologik o‘zgarishlar vujudga kelishiga, elektromagnit nurlanishlar markaziy nerv tizimi faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, yuqori dozadagi nurlanish ta’sirida “Nur kasalligi” kelib chiqishi, insonda genetik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, pushtsizlikka olib kelishi, ona qornidagi homilaning rivojiga salbiy ta’sir etishi ham mumkin. Nurlanishning inson sog‘ligiga ta’sirining dastlabki ko‘rinishlari kamdarmonlik, charchash, tez toliqish, bosh og‘rig‘i, uyqu kelishi, puls va qon bosimining kamayishi, keyinchalik tana haroratining ko‘tarilishi, qayd qilish holatlarida bilinadi. Kompyuterlarda yuzaga keladigan nurlanishlardan himoyalanishda birinchi navbatda monitor to‘g‘ri tanlanishi lozim. Hozirgi kunda MPR- II, TSO-92, TSO-95 standartlari orqali kompyuterlarda yuzaga keladigan elektrik va magnit nurlanishlarga aniq va qattiq talablar o‘rnatilgan. 7.2-jadval Chastota diapozoni MPR-II standarti bo‘yicha TSO-92 standarti bo‘yicha Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling