Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Xavfsizlikni ta’minlash vositalari [1]


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

 
Xavfsizlikni ta’minlash vositalari [1] 
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish 
omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish 
uchun ximoya vositalari qo’llaniladi. Ishlovchilarning 
ximoya vositalari inson organizmiga eng ma’qul 
sharoitlarni xosil qilishi va quyidagilarni ta’minlashi 
lozim: 
- ish zonasidan xavfli va zararli narsalar, xamda 
materiallarni uzoqlashtirish yoki xaydash;


- zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi 
sanitar normagacha kamaytirish; 
- ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va 
ish sharoitlarida xamrox bo’lgan zararli va xavfli 
ishlab chiqarish omillaridan ximoya qilish; 

texnologik 
jarayon bo’zilganda paydo 
bo’ladigan salbiy omillardan ximoya qilishi lozim. 
Ximoya vositalarini tanlash xar bir aloxida 
xolatlarda Mexnat xavfsizligi talablariga asosan 
amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlashprinsiplari 
va usullarini gavdalantirishda xar xil ximoya 
vositalari qo’llaniladi.
Ximoya vositalarining qo’llanilishi xarakteri 
bo’yicha kollektiv ximoya vositalari (KXV) va 
shaxsiy ximoya vositalariga (ShXV) bo’linadi. Xar 
biri vazifasiga ko’ra sinflarga bo’linadi. KXV zararli 
va xavfli omillarga bog’lik xolda: shovqindan, 
titrashdan, elektrostatik zaryadlardan ximoyalash 
vositalariga 
sinflanadi. 
ShXV 
asosan 
ximoyalanadigan inson a’zosi yoki a’zolar guruxiga 


qarab: nafas a’zolarini, qo’l, bosh, bet (yuzni), kuzni 
va eshitish a’zolarini ximoya qilish vositalariga 
bo’linadi.
KXV 
texnik 
tayyorlanishiga 
qarab 
quyidagiguruxlarga bo’linadi: to’siqlar, blokirovkalar, 
tormozlar, saqlaguvchi moslamalar, Yorug’lik va 
ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, signal ranglari
xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, 
masofadan boshqarish vositalari, elektr jixozlarini 
yerga ulash va nollash qurilmalari, shamollatish 
(ventilyatsiya), 
yoritish, 
isitish, 
sovutish 
(kondisionerlash), izolyatsiyalash, germetizasiyalash 
vositalari kiradi.
Shaxsiy ximoya vositalariga: gidroizolyatsiya 
kostyumlari, skafandrlar, protivogazlar, respiratorlar
pnevmoshlemlar, pnevmomaskalar, xar xil turdagi 
maxsus kiyim va poyafzallar, tutgichlar, qo’lqoplar, 
kaskalar, shlemlar, shapkalar, shlyapalar, shovqinga 
qarshi shlemlar, quloqqa quygichlar (vklado’shlar), 
ximoya ko’zoynaklari, saqlaguvchi belbog’lar, 


ximoyalovchi dermatologic (kremlar) vositalar va 
boshqalar kiradi.
Ximoya 
vositalari 
estetik 
va 
ergonomik 
talablarga javob berishi kerak, alohida, inson faoliyati 
uchun normal sharoitlarni ta’minlashi lozim. Bir 
vaqtning o’zida ShXV qo’llashda texnik me’yorlarni 
xisobga olish kerak, ko’pchilik ShXV ma’lum 
noqulayliklarni keltirib chiqaradi va inson ish 
kobiliyatining pasayishiga olib keladi. Talablarni 
xisobga olishning yo’qligi, qisman ShXV qo’llashda 
buzilishning sababchisi bo’ladi. Ximoya vositalari 
ximoya va fiziologik ko’rsatgichlari bo’yicha 
baholanishi kerak. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling