Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


-modda.  Yong‘in xavfsizligi sohasida


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

19-modda. 
Yong‘in xavfsizligi sohasida 
axborot bilan ta’minlash 


Vakolatli organlar yong‘in xavfsizligi uchun 
noqulay sharoitlar to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida 
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini darhol va bepul 
asosda xabardor qilishi shart. 
Faoliyati to‘liq yoki qisman O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari 
yong‘in xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni 
bepul asosda e’lon qilishi shart. 
Mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlari 
va 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yong‘in 
xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilgan 
qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart. 
20-modda. 
Yong‘inlarni 
va 
ularning 
oqibatlarini hisobga olish 
YOng‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga 
olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash 
hamda 
o‘zaro 
almashishtartibi O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
tomonidan 
belgilanadi. 


21-modda. Yong‘inga qarshi alohida rejim 
YOng‘in xavfi yuqori bo‘lganda mahalliy davlat 
hokimiyati 
organlarining 
qarori 
bilan 
tegishli 
hududlarda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatilishi 
mumkin. 
YOng‘inga qarshi alohida rejimning amal qilishi 
davrida tegishli hududlarda yong‘in xavfsizligi 
sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda 
tutilgan yong‘in xavfsizligiga oid qo‘shimcha talablar 
belgilanadi. 
22-modda. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik 
jihatdan ta’minlash 
Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan 
ta’minlashni ilmiy- tadqiqot, tajriba-konstruktorlik
loyiha 
tashkilotlari 
va 
boshqa 
ilmiy-texnik 
tashkilotlar, shuningdek tegishli ta’lim muassasalari 
amalga oshiradi. 
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik 
ishlanmalarni 
moliyalashtirish 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
byudjeti 
mablag‘lari, 


tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek qonun 
hujjatlarida 
taqiqlanmagan 
boshqa 
manbalar 
hisobidan amalga oshiriladi. 
Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan 
ta’minlashni muvofiqlashtirish Davlat yong‘in 
xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 
Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar 
yaratilishida 
yong‘in 
xavfsizligini 
ta’minlash 
maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga 
oshirilishini ta’minlaydi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling