Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
Umumiy
tushuncha va tavsifi. Elektr qurilmalarida qo’llanib kelayotgan himoya choralari shartli ravishda ikki guruhga bo’linishi mumkin: elektr qurilmalarni meyori ish sharoitlariga havfsizligini ta’minlash va avariya holatidagi sharoitlarini havfsizligini taminlash. Meyoriy ish sharoitlarida havfsizlikni taminlash choralari quyidagicha: - izolyatsiya, tok o’tkazuvchi qismlarni oldiga to’siqlar o’rnatish; - havfsizlik blokirovkalarni qo’llash; - orentasiyani ta’minlash; - elektr tarmoqlarni yerdan izolyatsiyalash; - yerga ulanib qolgan tokni hajm qismini kompensatsiyalash; - himoyalovchi qisqa tutashuv tashkil qilish; - kichik kuchlanishni qo’llash; - izolyatsiyalangan maydonchalarni qo’llash; - potensiallarni tenglashtirish. Avariya sharoitida (izolyatsiya lat olgan sababli tok yurmaydigan qismlarga kuchlanishni o’tib ketishi) ishlab turgan elektr qurilmani havfsizligini ta’minlashda quyidagi choralar qo’llaniladi: - himoyalovchi yerga ulash (zazemleniya); - nollanish (zanuleniya); - himoyalovchi o’chirish; - ikki qavatli izolyatsiyani qo’llash; - ish joyini izolyatsiyalash; - baland kuchlanishdan past kuchlanishga o’tishida himoya choralrini qo’llash. Elektr qurilmalarni turlariga, oziqa manbai sharoitlariga (kuchlanish qiymatlari, neytral holati) va ishlatish sharoitlariga (atrof muhit) qarab havfsizlik taminlashida jamlanganlik choralari qo’llaniladi. Elektr izolyatsiya bu dielektrik qatlami (tok o’tkazmaydigan qatlam), yoki dielektrkdan tayyorlangan uskunani izolyatsiyasi, yoki tok o’tkazuvchi elementlarni boshqa qismlardan ajratilib qo’yish. Elektr uskunalarida quyidagi izolyatsiya turlari qo’llaniladi: -ishchi izolyatsiya elektr qurilmalarini tok o’tuvchi qismlaridagi havfsizligini ta’minlovchi elektr izolyatsiyasi; -qo’shimcha izolyatsiya-ishchi izolyatsiyani lat olishi havfi bo’lsa, elektr qurilmani himoyalash uchun qo’llaniladigan qo’shimcha izolyatsiyasi; -ikki qavatli izolyatsiya ishchi va qo’shimcha izolyatsiyalardan tashkil topgan izolyatsiya; -puhtalangan izolyatsiya ikki qavatli izolyatsiyani darajasiga ega bo’lgan, yahsxilangan ishchi izolyatsiyasi. Izolyatsiyani elektr sxemasi uchta parallel ulangan shohchalaridan iborat. Birinchi shoxchada - kondetsatordan (C1) iborat. Dielektrik izolyasiyasini o’tkazuvchanligini hajmi bilan tavsiflanadi va geometrik o’lchamlari bilan aniqlanadigan. Kuchlanish paydo bo’lishi bilan kondetsator zaryadiga teng bo’lgan, dielektik polyarizasiya tok hоsil bo’ladi. Undan o’tayotgan tok impuls hosiyat ega bo’lib - tezkor polyarizatsiya toki ( i b.pol ) deb ataladi. Ikkinchi shoxchada-ketma-ket ulangan kondensator (C2) bilan faol qarshiligi (R2) joylashgan. Bu shoxcha polyarizasiya jarayonini asta- sekin o’tish bilan tavsiflanadi. Kondensator (C2) izolyasiyani tuzilishi va dielektrik hususiyatlariga bog’liq. Kondensator (C2) vaqt-vaqti bilan o’qlanib (zaryadkalanib) turadi va shu vaqt zanjirni doimiy vaqti (t=R2C2) bilan aniqlanadi. O’qlanish vaqti ko’paygan sari shunchalik qarshilikni (R2) qiymati katta bo’ladi, ya’ni dielektirik xossalarini sifati yahshi bo’ladi. Shu shohchadan o’tayotgan tok polyarizatsiya toki deb ataladi va vaqt o’tishi bilan sekin kamayib boradi. Tezkor polyarizatsiya tok bilan sekin polyarizatsiya tokini qo’shimchasini, absorbsiya toki (i abs = i t pol + i s pol) deb ataladi. O’zgarmas tok izolyatsiyasini faol qarshiligi (R1) uchinchi shoxchani belgilaydi. Shu shoxchadan o’tayotgan tok, yorib o’tgazuvchan (Iti) tok deb ataladi. Yorib o’tgazuvchan tok izolyatsiyasini maydoniga to’g’ri proporsional bo’lib izolyatsiyasini qalinligiga esa, teskari proporsional bo’ladi. O’zgarmas kuchlanish ta’sirida izolyasiya orasidan o’tib ketayotgan tok (silkinish toki) absorbsiya toki bilan yorib o’tgazuvchan toklarini qo’shimchasiga teng (i s=i abs+i tu). Bu tok polyarizatsiya jarayoniga bog’liq bo’lganligi uchun, kuchlanish berilgandan keyin bir oz vaqt o’tgandan so’ng kamayib boradi va yorib o’tgazuvchi tok qiymatlarigacha kamayib boradi. Izolyasiyani qarshiligi Ru = U/Is. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling