Modul. Jismoniy tarbiyada qo’llaniladigan o’rgatish va tarbiyalash metodlari


Download 20.46 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi20.46 Kb.
#1157841
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word2

Vositali ko’rgazishga

  1. plakat, rasm, sxemalarni va boshqa qurollarni namoyish qilish.

  2. foto, kino, kino-kolstofkalarni namoish qilish.

v) jismoniy mashqlar texnikasini mulyajlarda va inson tanasining modellarida namoish qilish.
g) akustika (ovoz)ni namoish qilish.
d) yorug’lik signallari orqali namoish qilish "Neyroxronometr".
Shug’ullanuvchilar faoliyatini tashkil etuvchi metodlarga quyidagilar kiradi.

  1. Frontal metod (hamma shug’ullanuvchilar bir paytda mashq bajaradilar).

  2. Gruppalarga bo’lish metodi (sinfni 3-4 guruxga bo’lish).

  3. Individual topshiriqlar berish metodi.

  4. Aylanma mashk metodi (1. 2. 3. gruppa birin ketin joyni almashtirib mashq bajaradi).

Hatolarni oldini olish va ularni tuzatish metodi.
Hatolarni oldini olish uchun quyidagilar kerak.

  1. To’g’ri, aniq qilib ko’rsatib berish metodi.

  2. Mashq to’g’risida so’zlab berish metodi.

  3. Mashqlarni bolalarning yoshiga, jinsiga qarab tanlash metodi.

  4. Bolalarga mashqning maqsadini to’g’ri tushuntirish metodi.

  5. Bolalarga hato qo’ymaslik uchun qiziqish uyg’otish.

  6. Harakat tezligi va uning texnikasi bilan moslab bajarish.

Hatolarni tuzatish uchun:

  1. Hato bo’layotgan qismini alohida bajartirish.

  2. Ko’proq maxsus tayyorgarlik va yondashtiruvchi mashqlar qo’llash.

  3. Shu mashqni qayta bajartirish.

  4. Ahloqiy aqliy va estetik tarbiya metodi.

  5. O’yin metodi.

  6. Musobaqa metodi.

Jismoniy tarbiya metodining tuzilish asoslari nimaga asoslanadi.
Jismoniy tarbiya o’rganish va tarbiyalash metodining asosida yuklama va dam olishning almashinishi yotadi. Har qanday mashkni bajarsaq bizning organizmimizga yuklama ta’sir etadi. shuning uchun amaliyatda yuklama bilan dam olishni to’g’ri almashtirib almashtira bilish yuqori natijalarga erishishda katta ahamiyatga egadir. Yuklama deb - jismoniy mashqning kishi organizmiga ta’sir etib, uning funkstional imkonitlarini oshiradigan faktorga aytiladi. Yuklama 2 xil bo’ladi. Tashqi va ichki yuklama. Tashqi yuklama - bajariladigan mashqning son va sifat ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi. Tashqi yuklama og’irlik o’lchovida (kg, tonna) masofa o’lchovida (m, km va sek, min, soat) da va jismoniy mashqning qiyinligi va qaytarish soni bilan o’lchanadi.
Ichki yuklama organizmning beriladigan mashqlarga javob reakstiyasi bilan ifodalanadi. Bu ikkala yuklama bir biri bilan bog’liq holda bo’ladi. Masalan: organizm qanchalik ko’p yuklama olsa, shunga yarasha javob reakstiyasi bilan javob beradi. Masalan: novichok bilan ikkinchi razryadlini 100 metr yugurtirish novichokka yuklama ko’p ta’sir etadi.
Amaliyotda harakatlarni o’rganiin va tarbiyalashda optimal yuklama ham uchraydi.
Optimal yuklama deb shug’ullanuvchilarda mavjud bo’lgan funkstional imkoniyatlar darajasiga mavofiq va uni doimo orttirib boradigan yuklamani tushunamiz.
Yuklamalar o’z miqdori bo’yicha har xil charchashlarni keltirib chiqaradi.
Charchash bu fiziologik normal xodisa bo’lib, organizmning funkstional imkoniyatlarini oshirish uchun sabab bo’ladi.
Jismoniy tarbiya metodni tuzishda yuklama 2 xil bo’ladi:

  1. Standart yuklamalar (bir xil, o’zining tashqi ko’rsatkichlari o’zgarmagan holda).

  2. O’zgaruvchi yuklamalar (tezlik, masofa o’zgarishi, dam olish oralig’ining o’zgarishi.


Download 20.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling