Modul Mexatronika tizimlari yuritmalari Ma`ruza №8. Mexatronika elektryuritmalari
-rasm. To`liq qadamda ishlaydigan dvigatel o`ramlarini ulash sxemasi
Маъруза 8-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zgaruvchan magnitli qarshilikli qadamli dvigatel
- 8.10-rasm. O`zgaruvchan magnitli qarshilikli qadamli dvigatel o`ramlarini ulash sxemasi Servoyuritma
8.8-rasm. To`liq qadamda ishlaydigan dvigatel o`ramlarini ulash sxemasi
|
8.9-rasm. Mikroqadamda ishlaydigan dvigatel o`ramlarini ulash sxemasi |
Bu yerda biz bir-biriga nisbatan 900 ostida joylashgan 4 ta o`ramni ko`ramiz. O`ramlarni ulash usuliga qarab elektrdvigatel vali to`liq qadam bilan, yarim qadam bilan va mikroqadam bilan aylanishi mumkin. To`liq qadamda o`ramlar birgalikda ulanmaydi. O`ramlarda birin-ketin aylana bo`yicha tok o`tadi. Katushkalardan har tok o`tganda dvigatel vali 900ga to`liq aylanadi (8.8-rasm). Yuqorilagi sxemada o`ramlardan tok har 1 sekda o`tadi.
Yarim qadam rejimida o`ramlarda juft holda bir vaqtda tok beriladi. Bu natijasida rotor yarim qadamga 450ga aylanadi.
Mikroqadamda ishlaydigan dvigatellar ko`p qo`llaniladi (masalan, raqamli dasturli boshqariladigan stanoklarda). Bu rejimda o`ramlarga tok impuls bilan emas, balkim sinusonidaga o`xshagan shaklda uzatiladi (8.9-rasm). Bunda rotorning pozitsiyalangan aylanishi silliq, zarbasiz bo`ladi.
O`zgaruvchan magnitli qarshilikli qadamli dvigatel. Bu turdagi dvigatellarda rotorlarida doimiy magnit yo`q. Buning o`rniga rotor shesternyaga o`xshagan tishli disk shaklidagi magnit ta`sir qiluvchi metalldan yasalgan bo`ladi. Bunaqa materialga toza temir yoki uning nikel va kobalt bilan qorishmasi misol bo`la oladi. Stator 4 tadan ko`p o`ramga ega. O`ramlarga qarama-qarshi juftliklarda tok beriladi va ular rotorni tortadi va rotor tishlar bo`yicha aylanadi (8.10-rasm).
8.10-rasm. O`zgaruvchan magnitli qarshilikli qadamli dvigatel o`ramlarini ulash sxemasi
Servoyuritma (lot. Servus – yordamchi, qul) – tashqiridan berilgan parametrlarga asosan o`zining ichki manfiy (salbiy) teskari aloqasi bo`yicha holatini avtomatik rostlaydigan mexanik yuritmadir (8.11-rasm).
Manfiy teskari aloqa – teskari aloqa turi bo`lib, sistemaga kirish signali birlamchi ta`sirini kamaytirishga olib keladigan chiqish signalining o`zgarishi.
Boshqa qilib aytganda, servoyuritmada real vaqt rejimida kirishda boshqaruv parametrlarini qabul qilib olib, “o`zining kuchi bilan” (datchiklari ko`rsatgichlariga asoslanib) ijrochi elementning kerakli chiqish parametrlarini ta`minlaydi. Uning tarkibida holat va tezlik datchiklari kiradi. Servodvigatelni boshqarish chastotani o`zgartiruvchi inventor yordamida amalga oshiriladi. Boshqa yuritmalardan farqi shundaki, uni tezlik, moment va holat bo`yicha boshqarib bo`ladi. SHuning uchun uni pozitsiyalash, boshqarish masalalarida ishlatish mumkin. Bunday yuritmalar harakatning silliqligini, vibratsiyaning va akustik shovqinning kamligini ta`minlaydi.
http://www.servotechnica.ru/catalog/type/index.pl?id=104
Download 80 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling