Modul Mexatronika tizimlari yuritmalari Ma`ruza №8. Mexatronika elektryuritmalari


-rasm. Har xil quvvatli servodvigatellar


Download 80 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi80 Kb.
#1537635
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 8-1

8.11-rasm. Har xil quvvatli servodvigatellar

Servodvigatellarning asosan quyidagi turlari ko`p ishlatiladi: asinxron, sinxron, o`zgarmas tokda ishlaydigan.


Asinxron servodvigatellar metallurgiyada, ekstruderlarda, plastmassalarni bosim ostida quyuvchi mashinalarda, oziq-ovqat sanoatida, ichimliklarni quyishda, avtomobilsozlikda va b. ishlatiladi.
Sinxron servodvigatellar dasturli boshqariladigan stanoklarlarning tez harakatchan sistemalarida ishlatiladi.
O`zgarmas tok servoyuritmalari juda kam ishlatiladi, chunki ularga doim texnik ko`rsatishni talab qiladi va avtomatizatsiyalash darajasi past.
Chiziqli elektrdvigatellar stator va rotorning bir-biriga nisbatan to`g’ri chiziqli harakatlantirish xususiyatiga ega. Standart elektrdvigatellarda rotor va stator xalqa shaklida bo`ladi, chiziqlisida esa – ular polosa shaklida ishlangan. Dvigatelning qo`zg’almas qismi – stator uzunligi cheklangan ochiq magnit o`tkazgich bo`lib, uning o`ramlariga navbatma-navbat tok beriladi va “yuradigan” magnit maydoni hosil qilinadi. Uning ustida ferromagnit palstinadan va ko`p fazali o`ramlardan tuzilgan yassi rotor joylashgan. Rotor statordagi magnit oqimini yopadi va yo`naltiruvchi bo`yicha ilgarilanma harakat qiladi (8.12-rasm).

8.12-rasm. Chiziqli elektrdvigatel ishlash sxemasi

Ana shunday dvigatel 8.13-rasmda ko`rsatilgan. Stator (induktor) doimiy magnitli polosa shaklida, rotor (yakor) shu korpusda ferromagnit plastinalar shaklida ishlangan. Rotor chiziqli yo`naltiruvchilar bo`yicha ilgarilanma-qaytarma harakatlanadigan transportlovchi plastinada (ijrochi organda) qotirilgan. Rasmda ijrochi organda o`rnatilgan harakat datchigi ko`rsatilmagan. egiluvchan kabel-kanal orqali yakor o`ramlari va datchiklar uchun tok ta`minoti keltiriladi.


Bunday dvigatellarning ajraluvchan xususiyati - harakatchan qismi tezligini rostlashning soddaligidadir.

8.13-rasm. Ferromagnit yakorli chiziqli elektrdvigatel



Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling