Modul Mexatronika tizimlari yuritmalari Ma`ruza №8. Mexatronika elektryuritmalari


Download 80 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi80 Kb.
#1537635
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 8-1

2. Dvigatel quvvatini hisoblash


Umumiy qoidalar. Dvigatelning quvvatini aniqlash yoki uni energetik hisoblash MM ni konstruktsiyasini ishlash jarayonida muhim bo`lib hisoblanadi va bu ratsional ravishda dvigatelni tanlash, uni o`zgartirishga yo`naltiriladi, hamda chiqish zvenosining xarakatining berilgan qonuniyatlariga rioya qilishga yordam beradi. Bunda, yuritma modulning energetik xususiyatlari, uning kinematik va dinamik xossalarini belgilaydi, lekin yuritma qimmat hamda energiya va material xarajatli hisoblanadi. Shuning uchun, MM ni loyilashtirishda uning xarakteristikalari bilan narxi, quvvati va og’irligini minimallashtirishga erishish lozim.
MM ning energetik hisobini olib borish berilgan harakat rejimi va yuklama parametrlari to`g’risidagi ma`lumotlar asosida olib boriladi. Bu nuqtai nazardan muhandislik amaliyotida MMni hisoblashni ikkita asosiy varianti mavjud.
Birinchi variantda, mexatron tizimning bir qismi qilib maxsuslashtirilgan MM loyihalashtiriladi. Bunda konstruktor maxsus hisoblashlar asosida ob`ekt to`g’risida to`liq ma`lumotni oladi: uning vaqt ichidagi harakat qonuni, yuklama xarakteristikasi (uning tarkibiy qismlarini ham inobatga olib), ob`ektning massagabarit o`lchamlari, ishlatish sharoiti va boshqalar. Ma`lumotlarning to`liqligi yuklama parametrlarni optimallashtirishga olib keladi.
Ikkinchi variant funktsional ravishda mustaqil bo`lgan universal MMni yaratishni nazarda tutadi, va bu o`z navbatida turli xil mexatronik tizimlar va konstruktsiyalashda qo`llaniladi. Bunda konstruktor ob`ektning vaqt ichidagi yuklamasi va harakat qonuniyati to`g’risida to`liq ma`lumotga ega emas. Modulning chiqish zvenosi tipik chiqish harakati uchun chegaraviy yuklama, tezlik va harakat tezlanish qiymatlari asosida energetik hisoblash ishlari olib boriladi.
Universal MM uchun energetik hisoblash ishlarini qo`yida o`rganamiz.
Unchalik katta bo`lmagan dinamik yuklamadaishlaydigan universal mexatron modul uchun energetik hisoblash. MMga ta`sir etuvchi inertsiya kuchlari unga ta`sir qiluvchi tashqi kuchlardan ancha kichik holat uchun universal MMni hisoblashni ko`ramiz. Bunda asosiy dastlabki ma`lumotlar bo`lib quyidagilar olinadi:
-mexatron modulning strukturali sxemasi;
-ta`sir etuvchi tashqi yuklama ( FN kuch yoki aylantiruvchi moment TN);
- chiqish zvenosining talab qilingan tezligi (chiziqli vch yoki burchak ωch).
Ilgarilanma harakat qiluvchi MM uchun dvigatel quvvati, Vt, quyidagi formula bilan hisoblanadi:
P = FH vch Kdin/η, (8.1)

bu yerda, FN — chiqish zvenosidagi qarshilik yuklamasi, N; vch chiqish zvenosining chiziqli tezligi, m/s; η — harakat o`zgartiruvchining FIK,; Kdin=1,1…1,3 — ishga tushirish jarayonidani dinamik yuklamalarning ta`sirini eetiborga oluvchi zahira koeffitsienti.


Chiqish zvenosi aylanma harakat qiladigan MM uchun dvigatel quvvati, Vt, quyidagi formula bilan hisoblanadi:


R = TN ωvix Kdin/η, (8.2)
bu yerda, TN — chiqish zvenosidagi qarshilik momenti, N·m; ωch — chiqish zvenosining burchak tezligi, s–1.

Bir xil quvvatga ega bo`lgan dvigatellar turli nominal aylantiruvchi momentlarga Tnom egaligini nazarga olib, dvigatelning zarur bo`lgan momentini aniqlash kerak (N⋅m):




Tdv.t = TN/(u η), (8.3)
bu yerda u – yuritma harakatni uzatish mexanizmining uzatishlar soni.

Dvigatelning oxirgi tipi katalog orqali tanlab olinadi va quyidagi shartlarga rioya qilinadi:


PdvP (8.4)
TnomTdv.t (8.5)
Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar



  1. MT larda qo’llaniladigan yuritmalar.

  2. Elektrik yuritma.



Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling