8.4-rasm. Elektrdvigatel ish printsipining sxematik ko`rinishi
Agar kuchlanish yo`nalishi o`zgartirilsa, yakorning aylanish yo`nalishi ham o`zgaradi. Shuning uchun shyotkalarning qutblarini o`zgartirib, elektrmotorni boshqarish mumkin.
8.5-rasm.Elektrdvigatel tuzilishi
|
8.6-rasm.Har xil quvvatli elektrdvigatellar
(750 Vt, 250 Vt, CD-pleyer dvigateli, o`yinchoq dvigateli, diskovod dvigateli (batareya “krona” o`lchamni taqqoslash uchun ko`rsatilgan)
|
Hozirgi vaqtda elektrdvigatellarning juda ko`p turi mavjud.
Bular:
O`zgarmas tok elektrdvigatellari. Stator (induktor). Elektrdvigatellarda serdechniklarda o`ralgan katushkalar ko`rinishidagi stator (induktor)lar ishlatiladi. Elektr zanjir berkitilganda paydo bo`ladigan elektrmagnit induktsiyasi ta`sirida magnit maydoni chiziqlari paydo bo`ladi.
Rotor (yakor). Rotorlar sim o`ramlar bilan o`ralgan bo`lib, magnit kuchlari ta`sirida aylanma harakatga keladi. 8.6-rasmda elektrdvigatel tuzilishi ko`rsatilgan. Kuchli elektrdvigatellarda ko`p o`ramli rotor ishlatiladi. Shunday rotor 8.7-rasmda ko`rsatilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=kYuowXDTQDU
8.6-rasm. Elektrdvigatel tuzilishi
8.7-rasm. Ko`p o`ramli rotor.
Kollektor. Agar rotor o`ramlari chiqish joyida o`zgarmas tok manbai ulansa, rotor yarim aylanib, to`xtab qoladi. Aylanishni davom ettirish uchun tokning qutubini o`zgartirish kerak bo`ladi. O`ramlar chiqish joyidagi tok qutbini o`zgartiruvchi moslama kollektor deb ataladi.
Qo`llanilishi:
sanoat va maishiy xizmat elektr asboblari;
avtomobilsozlikda oynako`targichlar, ventilyatorlar va boshqa avtomatika;
tramvay, trolleybus, elektrkara, ko`tarish kranlari va tortish kuchi katta bo`lgan mexanizmlar va h.k.
Afzalliklari:
boshqarishni osonlashtiradigan o`zgarmas tok elektrodvigatellari xarakteristikalarining chiziqli bog’liqligi;
aylanish chastotasining oson rostlanishi;
yaxshi ishga tushirish xarakteristikalari;
kompakt o`lchamlari.
Kamchiliklari:
kollektor va shyotkalarning cheklangan resursi;
asosan o`zgaruvchan tok tarmog’idan foydalanishimiz uchun, uni to`g’rilash kerakligi;
rotorlarni yasash qimmatligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |