Modul Mexatronika tizimlari yuritmalari Ma`ruza №8. Mexatronika elektryuritmalari


Download 80 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi80 Kb.
#1537635
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 8-1

Ventilli elektrdvigatel (VD) — o`zgarmas tok elektrdvigatelining bir turi bo`lib, unda shyotkali-kollektorli uzel rotor holati datchigi yordamida boshqariladigan yarim o`tkazgichli kommutator bilan almashtirilgan. “Ventilli”, “kuchli kalitlar (ventillar) yordamida boshqariladi” deganini anglatadi. Uning tok fazalari sinosiodal shaklga ega. Kuchaytirgich vazifasini shirotno-impulsli modulyatsiyali (ShIM) avtonom kuchlanish invertori bajaradi.





8.8-rasm. Ventilli elektrdvigatel


O`zgaruvchan tok elektrdvigatellari. O`zgarmas tok dvigatellariga nisbatan ko`proq ishlatiladi. Chunki ularni ishlab chiqarish arzonroq, konstruktsiyasi soddaroq va ishonchliroq, ulardan foydalanish osonroq. Amalda barcha uyda ishlatiladigan maishiy texnika o`zgaruvchan tok elektrdvigatellari bilan jihozlangan: yuvish mashinalari, oshxona vityajkalari va h.k. Sanoatda stanokli jihozlarda, lebyodkalarda, kompressorlarda, gidravlik va pnevmatik nasoslarda va ventilyatorlarda qo`llaniladi.
Ularning 2 turi mavjud: sinxron va asinxron dvigatellar.
Sinxron dvigatellarda rotorlarning aylanish chastotasi magnit maydonning aylanish chastotasiga teng (sinxron). Ularning aylanish tezligi o`zgarmas bo`lganligi sabab kompressorlarda, katta ventilyatorlarda, nasoslarda vao`zgarmas tokgeneratorlarda ishlatiladi.
Asinxron dvigatellarda rotorlarning aylanish chastotasi stator o`rami hosil qiladigan magnit maydonning aylanish chastotasidan farq qiladi (asinxron). Ular qisqa ulangan rotorli va fazali rotorli bo`ladi. Bular konstruktsiyasi bir xil, orasidagi farq ularning o`rash usulidadir. Asosan uch fazali asinxron dvigatellar ko`p tarqalgan: stanok va jihozlarda, avtomatikada, telemexanika va h.k.larda ishlatiladi.
Qadamli elektrdvigatellar. Elektr impulslarni diskret xarakterdagi mexanik harakatga o`zgartirish printsipi asosida amal qiladi. Ko`pchilik ofis va kompyuter texnikasi ushbu dvigatellar bilan jihozlangan. Ular o`lchami kichik va yuqori samaradorli hisoblanadi.
Boshqa dvigatellardan farqi shundaki, ularning rotori uzlukli qadam bo`yicha aylanadi. Har qaysi qadam to`liq aylanishning bir qismini tashkil qiladi. Qadamlar kattaligi motorning mexanik tuzilishiga va motorni boshqarish usuliga bog’liq bo`ladi. Bu turdagi dvigatellar rotorida doimiy magnit o`rnatilgan, stator tarkibiga katushkalar (o`ramlar) kiradi. Umumiy holda qadamli dvigatellar quyidagi ko`rinishda bo`ladi (8.8-rasm):



Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling