Moʻgʻullar istilosi XIII asrda Chingizxon


Download 195.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi195.52 Kb.
#1265446
Bog'liq
Moʻgʻullar istilosi - Vikipediya



Moʻgʻullar istilosi
Moʻgʻullar istilosi — XIII asrda Chingizxon
va uning avlodlari qoʻshinlarining Osiyo va
Sharqiy Yevropadagi urushlari va
yurishlarini anglatadi. Moʻgʻullar
imperiyasining istilolari keng
hududlarning vayron boʻlishiga, koʻplab
xalqlarning bosib olinishiga, shaharlar va
madaniy yodgorliklarning vayron
boʻlishiga olib keldi. Bosib olingan
yerlarda Chigʻatoy ulusi, Oltin Oʻrda,


Hulokuiylar davlati va boshqa davlatlar
vujudga keldi.
Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib,
koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga
tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi —
koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va
juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular
Moʻgʻul istilosi
Oltin oʻrda
Chigʻatoy ulusi
Hulokuiylar
Yuan imperiyasi


bosqinchilik urushlarida bosib olgan
mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika
yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin
birlashgan qoʻmondonlikka ega boʻlib,
qattiq institutizom va yaxshi
qurollanganligi hamda oʻzining jangovar
sifatlari bilan qoʻshni mamlakat
qoʻshinlarida,n ustun turar edi. Osiyo va
Sharqiy Yevropaning juda koʻp
mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar
tabaqaning xoinligi moʻgʻullarning osonlik
bilan gʻalabaga erishishiga qoʻl keldi.
Moʻgʻullar istilosi Chingizxon
boshchiligidagi moʻgʻullar davlatining
tashkil topishidan boshlanib, XIII asr
oxiriga qadar davom etgan. 1207—1211-


yillarda Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari
(buryatlar, yoqutlar, oyrotlar, qirgʻizlar va
uygʻurlar) boʻysundirildi. Tangut davlati
(Si-Sya)ga qarshi bir qancha yurishlar
qilindi (1227-yilda butunlay vayron
qilindi). 1211-yil Chjurchjen davlati
(Shimoliy Xitoy)ga hujum boshlandi, 90
ga yaqin shaharni vayron qilib, 1215-yil
Pekinni bosib oldilar. 1217-yil Xuanxe
daryosining shimolidagi yerlarning
hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi.
Oʻtror voqeasi va undan keyin Chingizxon
elchisi Ibn Kafroj Bugʻroning oʻldirilishi,
Moʻgʻullarning
Movarounnahrni istilo
qilishi


Movarounnahrga Chingizxonning bostirib
kirishi uchun bahona boʻldi. Bu yurishda
Chingizxon dastlab Sharqiy Turkiston va
Yettisuvni zabt etdi. Chingizxonning
Movarounnahrga bosqini avvaldan puxta
tayyorgarlik koʻrib rejalashtirilgan edi.
Chingizxon Gʻarbga harbiy yurishini
boshlamasdanoq oʻz dushmanining kuch-
qudrati va urushga tayyorgarligi
toʻgʻrisida savdogarlar orqali toʻplagan
maʼlumotlarini sinchiklab oʻrganib,
Xorazmshohlar davlatinmng ichki
ahvolidan toʻla voqif edi. Xorazmshohlar
davlati koʻp sonli turkiy qoʻshin va yaxshi
qurollangan koʻngillilar lashkari hamda
yetarli oziq-ovqat zaxirasiga ega edi.
Afsuski, Muhammad Xorazmshoh bilan


sarkardalar oʻrtasida mavjud ixtiloflar
avval boshdanoq bunday ustunlikdan
foydalanishga imkon bermadi.
Kengashda fikrlar boʻlinib ketdi.
Xorazmning mashhur faqihi, muftiy
Shahobiddin Xivaqiy barcha qoʻshin (400
ming askar)ni Sirdaryo boʻyiga toʻplab,
uzoq yoʻl safarida toliqib kelayotgan
moʻgʻullarni qarshi olish, dushmanga hali
oʻzini oʻnglab olmasidan turib, bor kuch
bilan katta jangda toʻsatdan zarba berish
toʻgʻrisida birdanbir toʻgʻri fikr bayon
qiladi. Biroq Muhammad Xorazmshohga
bunday fikr maʼqul boʻlmaydi. Chunki, u
oʻzining oliy lashkarboshilaridan boʻlgan
qipchoq lashkarboshilarga tamoman
ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning


uchun ham u katta qoʻshinni bir joyga
toʻplashdan va ular fursatdan foydalanib
uni taxtdan agʻdarib tashlashlaridan
qoʻrqar edi. Askariy kuchini qalʼa va
istehkomlarga boʻlib yuborib, ayrim
shaharlarni moʻgʻullarga qarshi qoʻyish
bilan dushmanga zarba bermoqchi boʻldi.
Xorazmshoh moʻgʻullarning asosiy
zarbasi Movarounnahrning Zarafshon
vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan
Samarqand va Buxoro shaharlarini
mustahkamlashni buyurdi.
Samarqandning tashqi devorini qayta
qurish maqsadida shahar aholisidan
hatto bir yil ichida 3-marta xiroj ham yigʻib
olinadi. Barcha koʻrilgan choratadbirlarga
qaramasdan xorazmshox. hujumga


tayyor emas edi. 1219-yilning kuzida
Chingizxon xorazmshoh saltanatiga
qarshi yurish boshladi. Jami askari 200
mingga yaqin boʻlgan moʻgʻullarga uygʻur
xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sigʻnoq
teginlar ham oʻzlarining harbiy kuchlari
bilan qoʻshilgan edi. Chingizxon Oʻtror
shahri yaqinida, Movarounnahr va
Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish
uchun qoʻshinini 4 qismga boʻladi. Uning
bir qismini oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoy
boshchiligida Oʻtrorni qamal qilish va uni
egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga
Joʻji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon
yuboriladi va unga Sigʻnoq, Oʻzgan,
Barchinligʻkent, Jand, Yangikent va
boshqa shaharlarni bosib olishni


buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi
qoʻshinni Oloq noʻyon hamda Suketu-
cherbi qoʻmondonligida Banokat va
Xoʻjand shaharlari tomon yuboradi.
Chingizxonning oʻzi asosiy kuchlari bilan
Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar
tortadi. Inolchiq rahbarligida oʻtrorliklar
shaharni mudofaa qilib 5 oy davomida
oʻz qoʻllarida ushlab turadilar. Nihoyat
moʻgʻullar shaharni egallashga muvaffaq
boʻladi. Aholini shahardan tashqariga
haydab chiqaradilar va qatl etadilar,
shaharni esa talaydilar. Shu asnoda
Buxoroga yoʻnalgan Chingizxonning
asosiy kuchlari yoʻlda Zarnuq va Nur
qalʼalarini ishgʻol qiladilar. 1220-yil
fevralda Chingizxon Buxoroga yetib


boradi (qarang Buxoro mudofaasi).
Moʻgʻullar Buxoroni vayron qilgandan
keyin Samarqandga yoʻl oldi. Chingizxon
Buxorodan haydab keltirgan asirlardan
tashqari oʻgʻillari Chigʻatoy va
Oʻqtoylarning Oʻtrordan olib kelgan
bandilarini ham Samarqand qamaliga
safarbar etadi (qarang Samarqand
mudofaasi), Muhammad xorazmshoh
Subutoy bahodir va Jebe noʻyon bosh
boʻlgan moʻgʻul qoʻshinining taʼqibidan
qochib, Kaspiy dengizining janubidagi
orollardan birida panoq topadi va sal
vaqt oʻtmay gʻariblikda zotiljam kasali
bilan va-fot etadi. Bu davrda
moʻgʻullarning Joʻji boshliq askariy
qismlari Sirdaryo etaklarida bosqinchilik


qilmoqda edi. Joʻji shaharni jangsiz
taslim boʻlishini talab qilib, Sigʻnoqqa
elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli
savdogarni sigʻnokliklar oʻldiradilar.
Bundan dargʻazab boʻlgan Joʻji shaharga
hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni
talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu
voqeadan dahshatga tushgan Oʻzgan
shahri aholisi moʻgʻullarga jangsiz taslim
boʻladi, ammo, Barchinligʻkentni olishda
yana kuch ishlatadilar. 1220-yil Jandga
hujum boshlaydilar. Jand noibi Qutlugʻxon
shaharni tashlab Xorazmga qochadi.
Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab,
uni talaydilar. Aholisining qurollangan
qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi.
Bu vaqtda Oloq noʻyon, Suketu cherbi va


Toʻgʻay kabi moʻgʻul sarhanglari 5 ming
qoʻshin bilan Banokat va Xoʻjand
shaharlari ustiga yuradi. Banokat
himoyachilari qilichdan oʻtkazilib,
qolganlari qullikka mahkum etiladi.
Shahar zabt etilgach, navbat Xoʻjandga
keladi. Asli nasabi turk boʻlgan Temur
Malikning shaxsiy qaxramonligi bilan
xoʻjandliklar moʻgʻullarga kutilmagan
qarshilik koʻrsatadilar. Juvayniy va
Rashiduddinlarning asarlarida Xoʻjand
qamalida 20 ming moʻgʻul va 50 ming asir
qatnashganligi aytilgan. Biroq,
himoyachilarning kuchi teng
boʻlmaganligidan Temur Malik shaharni
tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi.
1220-yilning yozida Movarounnahr


janubida shu vaqtgacha bosib olinmagan
shaharlarni zabt etishga Chingizxonning
shaxsan oʻzi kirishadi. Avval u Nasafga
bostirib kiradi. Shaharliklar dahshatga
tushib shahar darvozalarini ochib
beradilar. U Termizga askar tortadi.
Termizning noibi Faxriddin Habash qattiq
qarshilik koʻrsatadi. Termiz shahri va
aholisi ham moʻgʻullarga qarshilik
koʻrsatgan boshqa shaharlar fojiasini
boshidan kechirdi. Sirdaryo havzasi,
Zaraf-shon va Qashqadaryo vohalari,
Amudaryo oʻrta oqimining oʻng sohili
viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon
asosiy kuchni xorazmshoxlar davlatining
markazi Gurganjga tashlaydi. Bu harbiy
kuchni Chingizxonning oʻgʻillari Joʻjixon,


Chigʻatoyxon va Oʻqtoyxonlar boshqaradi
(qarang Urganch mudofaasi).
Xorazmshohlar davlati bosib olingach,
moʻgʻul jangarilari oʻz kuchini yirik savdo
va madaniyat markazlari boʻlmish Balx,
Hirot, Marv va Gʻazna kabi shaharlarga
yoʻnaltiradi. Ammo bu yerda ular
Jaloliddin Manguberdinnnt qattiq
qarshiligiga uchraydi. Moʻgʻul qoʻshinining
atoqli jangchilari Jaloliddinga qarshi tura
olmaydilar. Moʻgʻullarning Parvon
dashtidagi magʻlubiyatidan keyin (qarang
Parvon jangi) Chingizxon harbiy
harakatlarni shaxsan oʻzi boshqaradi.
Chingizxon Gʻaznaga lashkar tortadi.
Jaloliddin esa urushsiz Sind (Hind)
daryosi sohillariga chekinadi. Daryo


boʻyida 1221-yilning noyabrda ikki oʻrtada
qattiq jang boʻladi. Moʻgʻullarning
pistirmaga qoʻygan 10 ming nafarli
saralangan lashkari jang oqibatini hal
qiladi (qarang Sind daryosi boʻyidagi
jang). Raqibining jasoratiga qoyil qolgan
Chingizxon uni taʼqib qilish fikridan
qaytadi. 1225-yilga kelib, moʻgʻul
qoʻshinlarining asosiy qismi
Moʻgʻulistonga qaytib ketdi.
Jebe noʻyon va Subutoy bahodir
qoʻmondonligidagi moʻgʻul qoʻshini
gʻarbda urushni davom ettiradi va
shimoliy Eron orqali Zakavkazyega
Moʻgʻullarning Yevropaga
hujumi


bostirib kirdi. Gruziya va Ozarbayjonning
bir qismini vayron qildi. Kaspiy dengizi
sohili boʻylab harakat qilib, alanlar yeriga
bostirib kirdi va ularni tormor keltirdi
(1222). 1223-yil 31-mayda Kalka jangida
moʻgʻullar birlashgan rusqipchoq
qoʻshinini yengib, uni Dnepr daryosi
etagigacha quvib, keyin Oʻrta Volgaga
chekindi. Biroq, Volgakama
Bulgʻoriyasida magʻlubiyatga uchrab,
Moʻgʻulistonga qaytib ketdi (1224). Bu
moʻgʻul otliq askarlarining kelgusida
gʻarbga qilinadigan yurishlari oldidan olib
borgan razvedkasi edi. Chingizxon vafot
etgach (1227), Oʻqtoyni Ulugʻ xon (qoon)
deb koʻtargan qurultoy (1229) dan soʻng
Moʻgʻullar istilosi 2 yoʻnalishda olib


borildi. Sharqsa Shimoliy Xitoy toʻla bosib
olindi (1231—34) va Koreya bilan urush
boshlandi (1231— 32). Moʻgʻullar bir
qancha yirik yurishlar (1236, 1254, 1255,
1259) dan soʻng 1273-yil Koreyaning
kattagina qismini bosib olishga
muvaffaqboʻlgan. 1229-yil Subutoy
bahodir 30 ming kishilik qoʻshini bilan
Yoyiq daryosi boʻyiga chiqdi. Joʻji
ulusining hukmdori Botuxon qoʻshini bilan
birgalikda Kaspiy boʻyi dashtlaridan
saksin va qipchoqlarni siqib chiqarishga
erishdi. 1232-yil moʻgʻul qoʻshinlarining
Volgakama Bulgʻoriyasiga yorib kirishga
urinishlari bekor ketdi. Joʻji ulusining
kuchlari bilan gʻarbga qilingan hujum qam
natija bermadi. 1235-yil qurultoy


chaqirilib, unda boshqa uluslar harbiy
kuchlarini Botuga yordamga yuborishga
qaror qilindi. 14 moʻgʻul xoni ishtirok etib
qoʻshinning umumiy soni 150 mingga
yetdi. 1236-yil kuzida moʻgʻul qoʻshinlari
yana Volgakama Bulgʻoriyasiga qujum
qilib, uni vayron qildi. Ular 1237-yilning
bahori va yozida alanlar, qip-choqlar va
Oʻrta Volgaboʻyi xalqlari bilan urushni
davom ettirib, kuzda Shim.-Sharqiy Rusga
yurish qilish maqsadida hozirgi Voronej
atrofiga toʻplandi. 1237-yil qishning
boshlarida Botu Ryazan knyazligiga
hujum qiddi, 6 kunlik qamaldan soʻng
Ryazan taslim boʻldi. 1238-yil Kolomna
ostonasida Vladimir knyazligi askarlarini
tor-mor qildi. Moʻgʻul qoʻshinlari Kolomna


va Moskvani vayron qilish bilan birga
1238-yil fevral oyi mobaynida 14 rus
shaxrini (Rostov, Uglich, Yaroslavl,
Kostroma, Kashin, Ksnyatin, Gorodets,
Galich-Mer-skiy, Pereyaslavlzalesskiy,
Yuryev, Dmitrov, Voloklamskiy, Tver, Tor-
jok)ni bosib oldi. 1240-yil kuzida Janubiy
Rusga yurish boshlandi. Dekabrning
oxirlarida Kiyev, Vladimirvolinskiy, Galich
va boshqa shaharlar bosib olindi.
1241-yil bahorida moʻgʻul qoʻshinlari rus
hamda Sharqiy Yevropaning boshqa
xalqlari koʻrsatgan qahramonona
qarshiligiga qaramay, Gʻarbga tomon
ilgariladi. Botu qoʻshinining asosiy qismi
Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib


bordi va qirol Bela IV ning 60 minglik
qoʻshinini tormor keltirdi. Vengriya
poytaxti — Pesht shahri ishgʻol etilib,
vayron qilindi, mamlakatning koʻp qismi
harobaga aylantirildi. Baʼzi moʻgʻul
otryadlari Sharqiy Chexiyagacha kirib
bordi, Birok qirol Vatslav I tomonidan
qattiq qarshilikka uchrab orqaga qaytdi.
1241-yil oxirlarida Botu oʻz qoʻshinining
Avstriya va Xorvatiya orqali Adriatika
dengizi tomon boshladi. 1242-yil sohilda
joylashgan qalʼalarni zabt eta olmagan
Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya
boʻylab orqaga qaytgan. Shunday qilib
moʻgʻullarning Markaziy Yevro-paga
qilgan hujumi tugadi.


Moʻgʻullar istilosi Gʻarbda — Kichik Osiyo
va Yaqin Sharkda uzoq muddatga
choʻziddi. Moʻgʻullar Zakavkazyeni bosib
olgach, Koʻniya sultonligink tormor
keltirdi. 1256-yilda Huloku Eron va
Mesopotamiyani, 1258-yil esa Arab
xalifaligining poytaxti — Bagʻdodni
boʻysundirdi. Moʻgʻullar Suriyani ishgʻol
qilib, Misrga qarshi hujumga tayyorlana
boshladilar. Biroq, 1260-yil Misr sultoni
qoʻshinlari bilan boʻlgan jangda
magʻlubiyatga uchraganlar. Moʻgʻullar
istilosi Gʻarbda shuning bilan tugadi.
13-asrning 2-yarmida moʻgʻullar Sharq va
Jan.-Sharq mamlakatlarini zabt qilishga
kirishdi. Moʻgʻul qoʻshinlari Janubiy Sun


imperiyasiga chegaradosh Dali davlati
(1252—53) va Tibet (1253)ni bosib oldi.
1258-yil moʻgʻul qoʻshinlari har tomondan
Janubiy Xitoyga bostirib kirdi, biroq
Mun/sening toʻsatdan vafot etganligi
tufayli Janubiy Sun imperiyasini zabt etish
kechikdi. 1267— 79 yildagina Janubiy
Xitoy yangi Ulugʻ xon — Xubilay
tomonidan ishgʻol qilindi. 1281-yil
Yaponiyani bosib olish maqsadida 1000
kema, 100 ming kishilik Koʻshin
joʻnatilgan. Ammo, mazkur flot toʻfonda
qolib gʻarq boʻlgan. Moʻgʻullar oʻzlarining
Jan.Sharqiy Osiyoga qilgan yurishlarida
Xitoy armiyasi va flotidan foydalangan
boʻlsalarda, muvaf-faqiyatga erisha
olmaganlar. Moʻgʻul-xitoy qoʻshinlari bir


necha yurishlar (1277 i. 2-marta va 1282,
1287-yillarda) dan soʻng Birmani ishgʻol
qildi, biroq tezda (1291) u yerdan haydab
chiqarildi. Moʻgʻul-xitoy qoʻshinlari va floti
bir necha marta Vyetnamga hujum qilib
(1257, 1258, 1284, 1285, 1287-88), uni
boʻysundira olmadi. Tyampu davlati
(Hindixitoyning jan.-sharqida) ham oʻz
mustaqilligini moʻgʻullardan himoya qila
oldi. Moʻgʻullar istilosi 1300-yil Birmaga
qilingan yangi yurishdan soʻng tugadi.
Moʻgʻullar istilosi davrida tarixiy va
madaniy yodgorliklar vaxshiylarcha
yakson qilindi. Moʻgʻullar istilosi va
hukmronligi davrida magʻlub va mazlum
boʻlgan xalqlarning yagona halokati shu


boʻldiki, ular dushmanga qarshi barcha
ichki nizolarni chetga surib, birgalikda
kurashning zarurligini anglab yetmadilar.
Рашидаддин, Сборник летописей, т. 1-
3, М. Л., 1952-1956.
Бартольд В.В., Туркестан в эпоху
монгольского нашествия,
Сочинения, Т.1, М., 1963;
Владимирцов В.Я., Общественных
строй монголов, Л., 1934;
История Монгольской Народной
Республики, M., 1954;
Manba
Adabiyot


Чулууни Далай, Монголия в XIII—XIV
веках, перевод с монгольского, M.,
1983;
Семёнов В.Ф., Ўрта асрлар тарихи,
[русчадан таржима], Т., 1973.
Abdulahad Muhammadjonov, Shodmonqul
Pirimqulov
[1]
.
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Mo%CA%BBg%CA%BBullar_istilosi&actio
n=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Mo
ʻgʻullar_istilosi&oldid=28
48939" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 12:17 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 195.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling