Mohiyati. Molekulalararo ta’sirlashish kuchi
Download 1.09 Mb.
|
muxridinga
Flotatsiyaning usullariFlotatsion boyitish (flotatsiya) – bu mineral zarrachalarni ikkita fazalari chegarasida ( suyuq – gaz, suyuq – suyuq va b.) tanlab biriktirishga asoslangan foydali qazilmalarni boyitish jarayonidir. Jarayonda ishtirok etuvchi fazalarga bog’liq holda flotatsiya jarayoni ko`pikli, plyonkali, moyli, suvyuqmas qattiq yuzali va moyli yuzali turlarga bo`linadi. Ko`pikli flotatsiya – bo`tanaga yuborilgan havo pufakchalariga yoki gaz pufakchalariga suvda namlanmagan (gidrofob) zarrachlarni biriktirib bo`tana yuzasiga ko`tarilib ko`pik sifatida ajralishiga asoslangan jarayondir. Suv bilan namlangan zarralar esa bo`tana ichida muallaq holda qoladi. Plyonkali flotatsiya – shunday jarayonki, bunda harakatlanayotgan suv oqimi yuzasida gidrofob zarralar ushlanib qoladi, gidrofil zarralar esa cho`kadi. Moyli flotatsiya – bo`tanadagi moy tomchilariga gidrofob zarralarni yopishib yuqoriga suzib chiqshiga asoslangan. Gidrofil zarrachalar esa bo`tanada muallaq holda qoladi. Qattiq devor flotatsiyasi – bu mayin shlamlarni (-10 mkm) flotatsiyalash jarayoni bo`lib, bunda flotatsiyalanuvchi o`lchamdagi gidrofob zarrachalardan vosita sifatida foydalaniladi. Vositachi zarralarga mayin shlamlar birikib agregatlar hosil qiladi va ular ko`pik flotatsiyasi singari ajratib olinadi. Ionli flotatsiya – eritmadan ionlarni ajratib olishga mo`ljallangan jarayon bo`lib, mayin dispers gifrofob zarralarni yig’uvchi reagentlar tasirida ajratib olinadi. Vakuum flotatsiya – flotatsiya jarayonining bir turi bo`lib, eritma yoki aralashmadan vakuumda ajratib chiqadigan gaz pufakchalari yordamida amalga oshiriladi. Elektr flotatsiya – bu suvni elektrolizlashda hosil bo`ladigan kislorod va vodorod pufakchalarida mineral zarrachalarini flotatsiyalash jarayonidir. Flokulyar flotatsiya – zarrachalarni reagentlar bilan dastlabki ishlov berish natijasida hosil bo`lgan flokulalarni ko`pikka ajratib olishga asoslangan. rasm. Flotatsiya jarayonining prinsipial sxemasi: 1 - qobiq; 2 - aralashtirish va havo bilan to’yintirish bloki; 3 – ko`pik yig’uvchi moslama. Ko`pikli separatsiya – dastlabki geterogen aralashmani avvaldan tayyorlangan ko`pik qatlamiga (ko`pik qatlamini buzmagan holda) berish natijasida gidrofil va gidrofob zarralarni ajratish jarayonidir. Flotogravitatsiya – mineral xomashyoni flotatsiya va gravitatsiya usullarini qo`llagan holda ajratib olish jarayonidir. Bunda reagentlar bilan ishlov berilgan minerallar aralashmasi gravitatsiya uskunalarida (cho`ktirish mashinasi, boyitish stoli, torayib boruvchi tarnov) boyitiladi. Hozirgi vaqtda eng ko`p qo`llanilayotgan flotatsiya usuli ko`pikli fllotatsiya jarayoni bo`lib, bunda deyarli barcha turdagi foydali qazilmalarni boyitish mumkin. Flotatsiya jarayoni flotatsiya mashinasi deb nomlanuvchi boyitish uskunasida amalga oshiriladi. Uskunaning asosiy qismlari qobiq 1, aralashtirish va havo bilan to`yintirish qurilmasi 2, ko`pik yig’uvchi 3 dan tashil topgan (76 – rasm). Flotatsiya quyidagi ketma - ketlikda amalga oshiriladi: flotatsiya kamerasiga bo`tana (mineral zarrachalar va suv aralashmasi) yuboriladi; bo`tanaga flotatsiya reagentlarini yuborish orqali havo pufakchasiga bir turdagi zarrachalarni biriktirish va boshqa turdagi zarrachalarni pufakchaga birikmasligini ta`minlanadi; rasm. Minerallashgan havo pufakchasi kompleksining shakllanish sxemasi bo`tanadagi mineral zarralar: 1,2 – mos holda yig’uvchi va ko`pik hosil qiluvchining qutblanmagan (apolyar) va qutblangan (polyar) qismlari. bo`tanaga disperslangan havo yuboriladi va ko`p miqdorda mayda pufakchalar hosil qilinadi. Pufakchalarning barqarorligini ta`minlash uchun bo`tanaga ko`pik hosil qiluvchi reagent qo`shiladi; mineral zarrachalar havo pufakchalari bilan to`qnashib unga birikadi, minerallashgan komleks hosil qiladi (77 – rasm); minerallashgan pufakchalar bo`tananing yuzasiga suzib chiqadi va (gaz pufakchalari va bir-biriga zich joylashgan minerallarni o`zida mujassam qilgan) ko`pik qatlamini hosil qiladi; minerallashgan ko`pik bo`tana yuzasidan maxsus moslama yordamida ajratib olinadi. Odatda ko`pik qatlamiga foydali minerallar o`tadi, bo`sh tog’ jinslari esa bo`tana ichida qoladi. Natijada ikkita mahsulot olinadi: ko`pikli va kamera mahsuloti. Flotatsiyaning umumiy samaradorligi mineral xomashyoning texnologik xossalariga va flotatsiya jarayonini tashkil qiluvchi har bir ichki jarayonning samaradorligiga bog’liq. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling