Mohlaroyim tahalluslari


Download 0.65 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#196544
Bog'liq
Nodira

Mohlaroyim tahalluslari

Shoiraning asl ismi Mohlaroyim bo`lib, Nodira uning adabiy tahallusi. Bundan tashqari, Komila tahallusi bilan ham she`rlar bitgani ma`lum. Bu qalam sohibasi – zullisonayn(2 tilda ijod qilgan) shoiralarimizdan. Fors-tojik lisonidagi asarlarini Maknuna tahallusi bilan yozgan.

Mohlaroyim va Umarxon

Maʼlumki, bu yillarda Qoʻqon xonligini Olimxon idora qilardi. Uning ukasi Umarxon esa Fargona vodiysining nufuzli shaharlaridan boʻlgan Margʻilonda hokim edi. 1807 yillarda ilgaridan bir-birlariga koʻngil qoʻyib, sevishib kelgan Umarxon va Mohlaroyim turmush quradilar. Shu munosabat bilan Mohlaroyim Margʻilonga keladi. Koʻp oʻtmay Qoʻqon xonligida davom qilib kelayotgan ziddiyatlar oqibatida 1810 yili Olimxon qatl etilib, uning oʻrniga Umarxon taxtga koʻtariladi. Shundan boshlab Mohlaroyim taqdiri Qoʻqon bilan bogʻlanib qoladi. Uning shoira sifatida keng koʻlamda ijod maydoniga kirib kelishi ham shu yillarga toʻgʻri keldi.

Nodiraning she`riy merosi

Nodiraning sheʼriy merosi bir nechta devonlarining qoʻlyozmalari orqali yetib kelgan. Uning 10000 misraga yaqin asari yetib kelgan. Gʻazal, muxammas, ruboiy, fard kabi koʻplab janrlardan faol foydalangan. Sheʼrlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Nodira gʻazallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan. Nodira hayoti va ijodini oʻrganish oʻz davridanoq boshlangan. Hakimxon Toʻraning „Muntaxabut-tavorix“, Avazmuhammad Attorning „Tuhvatut-tavorix“, Ishoqxon Toʻraning „Tarixi Fargʻona“, Mushrifning „Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin“ kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning „Voqeoti Muhammadalixon“, Nodir-Uzlatning „Haft gulshan“ nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli maʼlumotlar bayon etilgan.

Nodira ijodi o’zbek adabiyotida

Nodira ijodiga boʻlgan qiziqish shoira xayotlik davridayoq boshlangan. Mashhur shoira Dilshod (1800–1905) Nodiraga maxsus gʻazallar bagʻishlab, uni „ilm-adabi va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari gʻazalxoni, shakar sochuvchi bulbul“ deb taʼriflaydi. Nodira gʻazallariga juda ‘ koʻp shoirlar naziralar yozganlar, muhammas bogʻlaganlar. Oʻzbek adabiyotida va sahnada Nodiraning badiiy obrazi yaratildi. H. Razzoqovning „Nodira“, Turob Toʻlaning „Nodirabegim“ musiqali dramalari sahnalashtirildi. Komil Yormatov va M. Melkumovlarning ssenariysi asosida „Nodirabegim“ filmi yaratildi. Shoira asarlari rus va boshqa chet tillarga tarjima qilingan. Gʻazallari oʻzbek maqomlari va xalq kuylariga solingan.

Umarxon Nodira 30 yoshligidayoq vafot etadi. Turmush o’rtog’ining vafotidan so’ng chekkan g’am, kulfat-u hijron azob-uqubatlari yetmagandek, o’zi va o’g’illarining hayoti ham fojiali yakun topadi. 1842-yili Buxoro amiri Nasrullohon lashkar tortib kelib, Qo’qonni bosib oldi. Uning buyrug’i bilan Nodiraning o’zi ham, uning o’g’illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon ham, nevaralari ham vahshiyona qatl etildi.

Umarxon Nodira 30 yoshligidayoq vafot etadi. Turmush o’rtog’ining vafotidan so’ng chekkan g’am, kulfat-u hijron azob-uqubatlari yetmagandek, o’zi va o’g’illarining hayoti ham fojiali yakun topadi. 1842-yili Buxoro amiri Nasrullohon lashkar tortib kelib, Qo’qonni bosib oldi. Uning buyrug’i bilan Nodiraning o’zi ham, uning o’g’illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon ham, nevaralari ham vahshiyona qatl etildi.

E`tiboringiz uchun rahmat

E`tiboringiz uchun rahmat


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling