Tikuv mashinasining asosiy ish organlari. Tikuv mashinalarida mashina tanasi 2, mashina tanasining tayanchi 4 va platforma 5 bo‘ladi. Shu uchala qism birgalikda mashinaning bosh qismi deb ataladi. Mashina tanasi 2 ning chap tomonida old qismi 1 bor. Elektr dvigateldan aylanma harakat maxovik G‘ildirak 3 ga uzatiladi. Tana tayanchi 4 bilan ignaning harakat chiziG‘igacha bo‘lgan oraliqqa mashinaning qulochi deyiladi. Bu oraliq ignadan o‘ng tomonda mashina platformasining ustiga joylanishi mumkin bo‘lgan buyum gabaritiga qarab aniqlanadi. - Tikuv mashinasining asosiy ish organlari. Tikuv mashinalarida mashina tanasi 2, mashina tanasining tayanchi 4 va platforma 5 bo‘ladi. Shu uchala qism birgalikda mashinaning bosh qismi deb ataladi. Mashina tanasi 2 ning chap tomonida old qismi 1 bor. Elektr dvigateldan aylanma harakat maxovik G‘ildirak 3 ga uzatiladi. Tana tayanchi 4 bilan ignaning harakat chiziG‘igacha bo‘lgan oraliqqa mashinaning qulochi deyiladi. Bu oraliq ignadan o‘ng tomonda mashina platformasining ustiga joylanishi mumkin bo‘lgan buyum gabaritiga qarab aniqlanadi.
- Moki baxya hosil qilish uchun har bir tikuv mashinasida quyidagi asosiy ish organlari bo‘ladi:
- igna - gazlamani teshib undan ustki ipni o‘tkazadi va halqa (solqi) hosil qiladi;
- moki - ignadagi halqani ilib, uni kengaytiradi-da, naycha atrofidan aylantirib, yuqori va ostki iplarni chalishtiradi;
- ip tortkich - ignaga, mokiga ip uzatib beradi, baxyani tortadi, bobinadan ipni tortib tusho‘radi;
- gazlamani surish mexanizmi (reyka) - gazlamani baxya yirikligicha surishga xizmat qiladi;
- tepki - gazlamani igna plastinkasiga va reykaga bosib, gazlamani surishga yordamlashadi.
- Mashinani ayrim qismlarini biriktiradigan detallar. Mashinaning qismlari ajraladigan yoki ajralmaydigan qilib biriktirilishi mumkin. Ajralmaydigan bikr biriktirishda bir detal ikkinchisiga nisbatan xech qanaqasiga siljiy olmaydi.
- Payvandlangan va parchinlangan birikmalar ajralmaydigan birikmalarga kiradi.
- Ajralmaydigan birikmalar ancha keng tarqalgan bo‘lib, ular vintlar, boltlar va shplintlar, shponkalar va boshqa detallar bilan biriktiriladi. Masalan, 97-A kl. OZLM mashinasi ignasining igna yuritgichi o‘q teshigiga vint bilan maxkamlanishi ajraladigan birk birikmaga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |