Мол ёғини совутиш учун совуткич лойихаси


-rasm. Nasadkalarning turlari


Download 0.76 Mb.
bet9/12
Sana29.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1071983
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Мол ёғини совутиш учун совуткич лойихаси

31.3-rasm. Nasadkalarning turlari:
a — ko’tariluvchi kurakchali; b — sektorli; d, e — tarqatuvchi;
/ — berk yacheykali.
materiallarni quritish uchun ko’taruvchi parrakli nasadkalar, yomon sochiluvchan va katta zichlikka ega bo’lgan katta bo’lakli materiallarni quritish uchun esa sektorli nasadkalar ishlatiladi. Kichik bo’lakli, tez sochiluvchan materiallarni quritishda tarqatuvchi nasadkalar keng ishlatiladi. Mayda qilib yozilgan, chang hosil qiluvchi materiallarni berk yacheykali donasimon nasadkalari bo’lgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiqdir. Ayrim sharoitlarda murakkab nasadkalardan foydalaniladi.
Barabanli quritkichlarda materialning yaxshi aralashishiga erishiladi, natijada qattiq va gaz fazalari oralig`ida o’zluksiz kontakt yo’z beradi. Bunday quritkichlarning ish unumdorligi bug`lanayotgan namlik bo’yicha 100—120 kg/m3soat gacha etadi. Barabanning diametri esa 1200 dan 2800 mm gacha boradi. Barabanli quritkichlar katta miqdordagi mahsulotlarni quritish uchun keng qo’llaniladi.
Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar. Bunday quritkich­lar oxirgi 20—30 yil davomida eng ko’p qo’llanilmoqda. Jarayon mavhum qaynash qatlamida olib borilganda qattiq material zarrachalari va qurituvchi agent o’rtasida kontakt yuzasi ko’payadi, namlikning materialdan bug`lanib chiqish tezligi ortadi, quritish vaqti esa ancha qisqaradi. Hozirgi kunda kimyoviy texnologiyada mavhum qaynash qatlamli quritkichlar sochiluvchan donasimon materialdan tashqari, qovushib qolish xususiyatiga ega bo’lgan materiallar, pastasimon moddalar, eritmalar, qotishmalar va suspenziyalarni suvsizlantirish uchun ham ishlatilmoqda.
O’zluksiz ishlaydigan bitta kamerali quritkichlar keng tarqalgan (31.4-rasm). Nam material bunkerdan tachminlagich orqali quritkich kamerasiga beriladi. Kameraning pastki qismida tarqatuvchi to’r joylashtirilgan. Havo ventilyator orqali aralashtirish kamerasiga beriladi va bu yerda issiq tutunli gazlar bilan aralashadi. Qurituvchi agent (issiq havo yoki havoning tutunli gazlar bilan aralashmasi) ma’lum tezlik bilan tochming pastidan beriladi. Havo oqimi ta`sirida qattiq material donachalari mavhum qaynash holatiga keltiriladi. Quritilgan material to’rdan bir oz tepada joylashgan shtutser orqali tashqariga chiqariladi va transportyorga tushadi. Ishlatilgan gazlar siklon va batareyali chang ushlagichda tozalanadi.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling