Yuridik shaxslar oldida sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tashkiloti quyidagi majburiyatlarga ega bo’ladi: - Yuridik shaxslar oldida sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tashkiloti quyidagi majburiyatlarga ega bo’ladi:
- · shartnomada belgilangan muddatlarda sug’urta polisini berish va shartnoma tuzishda asoslanilgan sug’urtalash qoidalari bilan tanishtirish;
- · sug’urta shartnomasida nazarda tutilgan sug’urta hodisalari yuz berganda sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi haqidagi dalolatnoma asosida sug’urta qoplamasi to’lash;
- · sug’urtalanuvchi bilan bo’ladigan munosabatlarda mahfiylikni ta’minlash.
- Shu bilan bir qatorda sug’urta tashkilotining huquqlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
· agar sug’urta hodisasi: - · agar sug’urta hodisasi:
- a) sug’urtalovchining sug’urta hodisasini keltirib chiqarish uchum ataylab qilgan hatti-harakatlari natijasida yuz bergan bo’lsa;
- b) sug’urtalanuvchi tavakkalchilikdagi jiddiy o’zgarishlar haqida sug’urtalovchini boxabar qilgan bo’lmasa;
- v) sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi to’g’risida sug’urtalovchiga xabar bermagan yoki etkazilgan zarar tafsilotlari, turi va miqdorini aniqlashda sug’urtalovchi yoxud uning vakili ishtirok etishiga to’sqinlik qilgan bo’lsa;
- g) sug’urtalanuvchi zararni aniqlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etmagan bo’lsa, sug’urta tovoni to’lashni rad etish;
- · sug’urta shartnomasining muddati mobaynida sug’urtalangan mulkning ahvoli va qiymatini, shuningdek sug’urtalanuvchi o’z mulki haqida ma’lum qilgan ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirish;
- · sug’urtalanuvchidan sug’urta hodisasi haqida xabar kelishini kutib o’tirmasdan, sug’urta hodisasi etkazgan zararni ko’zdan kechirish va baholashga kirishish;
Sug’urtalanuvchi bo’lgan yuridik shaxslar sug’urta mukofotini shartnomada ko’rsatilgan muddatda to’lamaganda shartnoma yuridik kuchini yo’qotishi mumkin. - Sug’urtalanuvchi bo’lgan yuridik shaxslar sug’urta mukofotini shartnomada ko’rsatilgan muddatda to’lamaganda shartnoma yuridik kuchini yo’qotishi mumkin.
- Agar sug’urtalangan mulkning yo’qolishi yoki zararlanishiga quyidagilar sabab bo’lsa sug’urta tashkiloti sug’urta javobgarligidan ozod etilishi mumkin:
- a) sug’urtalanuvchining majburiyatlari kuchga kirgunga qadar mulkda mavjud bo’lgan hamda sug’urtalanuvchi yoki uning vakillariga ma’lum bo’lgan kamchilik va nuqsonlar;
- b) sug’urtalangan mulkdan foydalanish qoidalarining sug’urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan buzilishi natijasida zarar etkazilishi;
- v) sug’urtalanuvchining yoki uning shartnoma bo’yicha sug’urtalangan mulk ishonib topshirilishi mumkin bo’lgan xodimlaridan, vakillaridan yoki boshqa shaxslardan birining ehtiyotsizligi, vijdonsizligi, nosamimiyligi, shuningdek mulkka mulkdorlik yoxud egalik huquqining qalloblik yo’li bilan boshqa shaxsga o’tkazilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |