Mol polietilen (−CH2 − ch2−)
Download 10.96 Kb.
|
kimyo Blok test
1. 1*10-4 mol polietilen (−CH2 − CH2−)20000 necha gramm keladi? A) 11,2 B) 560 C) 56 D) 112 2. To‘yingan uch atomli spirt molekulasida kislorodning massa ulushi 12/23 ga teng bo‘lsa, uning nisbiy molekular massasini hisoblang. A) 134 B) 120 C) 106 D) 92 3. Quyidagi reaksiya uchun koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang. C3H6(OH)n + xO2 → yCO2 + 4H2O A) 12 B) 11 C) 13 D) 10 4. Gazlar aralashmasida neonning bitta molekulasiga kislorodning ikkita molekulasi to‘g‘ri keladi. Aralashmaning butenga nisbatan zichligini toping. A) 1/3 B) 1/2 C) 3 D) 2 5. 270 g glukoza spirtli bijg‘ishidan hosil bo‘lgan gaz NaOH eritmasidan o‘tkazilganda teng mol miqdordagi 228 g o‘rta va nordon tuz olindi. Agar ikkinchi reaksiya unumi 100% bo‘lsa, birinchi reaksiya unumini (%) hisoblang. A) 75 B) 90 C) 80 D) 70 6. Cu(OH)2 qizdirilsa qanday modda(lar) hosil bo`ladi? A)Cu,O2 B)CuOva H2 C)Faqat Cu D)CuOva H2O 7. Bog‘ karraliligi (bir xil atomlar o‘rtasida) ortishi bilan bog‘ uzunligi va bog‘ energiyasi qanday o‘zgaradi? A) ortadi; ortadi B) kamayadi; ortadi C) ortadi; kamayadi D) kamayadi; kamayadi 8. Temir (III)-sulfat eritmasi ma’lum miqdordagi suv bilan aralashtirilganda F e3+ ionlarining konsentratsiyasi 11,2 g/l bo‘lgan (ρ=1,03 g/ml) eritma olindi. Ushbu eritmadagi erigan modda va erituvchining mol nisbatini hisoblang. A) 1:500 B) 1:400 C) 1:450 D) 1:550 9. A(g) + 2B(g) ↔ C(g) ΔH=-75 kJ/mol Muvozanatda turgan sistemaning temperaturasi oshirilganda muvozanat qaysi tomonga siljiydi, muvozanat konstantasining son qiymati qanday o‘zgaradi? A) chapga; ortadi B) o‘ngga; ortadi C) o‘ngga; kamaydi D) chapga; kamayadi 10. Quyidagi moddalarning nechtasi oddiy sharoitda suyuq? (F2, Cl2, Br2, I2) A) 2 B) 1 C) 3 D) 4 11. FeS2 + Cl2 + KOH → K2FeO4 + K2SO4 +KCl + H2O Reaksiyani tenglang va koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang. A) 67 B) 68 C) 69 D) 66 12. 17,55 g noma’lum glitsin gomologi 109,5 g 5%li xlorid kislota eritmasi bilan to‘liq ta’sirlashdi. Aminokislota namunasidagi uglerodlar sonini hisoblang. A) 0,25·NA B) 0,5·NA C) 0,75·NA D) 1·NA 13. 10,25 mol alkan tarkibida 12,04•1023 ta vodorod atomi bo‘lsa, ushbu alkanning nomini toping. A) propan B) metan C) etan D) butan 14. X moddaning kaliy gidroksid bilan ta’sirlashuvi natijasi ... = NH3 + H2O + KI ko‘rinishga ega. X ning molar massasini (g/mol) hisoblang. A) 142 B) 145 C) 96 D) 106 15. Natriy, kaliy va kalsiydan iborat 0,7 mol aralashma suvda eritilganda 12,32 l (n.sh.) gaz ajraldi. Boshlang‘ich aralashmadagi kaliyning miqdori (mol) natriynikidan 2 marta kam bo‘lsa, hosil bo‘lgan natriy gidroksidning massasini (g) hisoblang. A) 8 B) 10 C) 12 D) 4 16. 5 mol toluol KMnO4 va H2SO4 aralashmasi bilan oksidlandi. Olingan organik moddalar aralashmasi tarkibidagi sp2-gibridlangan orbitallar soni dastlabki toluol tarkibidagidan 24·NA ga ko‘p bo‘lsa, oksidlanmagan toluol massasini (g) hisoblang. A) 138 B) 184 C) 46 D) 92 17. Metanol, etanol, metan kislota va etan kislotalardan foydalanib necha xil murakkab efir sintez qilish mumkin? A) 4 B) 5 C) 3 D) 6 18. 40 g 30%li natriy gidroksid eritmasida qanday massadagi (g) fosfat angidrid eritilganda ekvimolar nisbatdagi nordon tuzlar aralashmasi hosil bo‘ladi? A) 56,8 B) 42,6 C) 28,4 D) 14,2 19.Quyidagi moddalardan atsetilen gomologlarini aniqlang. 1) C3H6; 2) C3H4; 3) C3H8; 4) C4H6 A) 3,4 B) 2,4 C) 1,2 D) 1,4 20. Digalogenalkan tarkibida 6ta vodorod atomlari mavjud bo‘lsa, unga to‘g‘ri keladigan ochiq zanjirli, uglerod atomlari tarmoqlanmagan izomerlar soni eng ko‘pida nechta? A) 4 B) 7 C) 6 D) 5 21. Silan va is gazidan iborat aralashma mo‘l kislorodda yondirilganda 12 g qattiq qoldiq olindi hamda gaz (n.sh.) ajraldi. Ajralgan gaz N aOH eritmasiga yuttirilganda 21,2 g o‘rta tuz hosil bo‘ldi. Boshlang‘ich gazlar aralashmasining hajmini (l, n.sh.) hisoblang. A) 11,2 B) 8,96 C) 6,72 D) 13,44 22. Uch valentli element oksidi tarkibida 30% kislorod bor. Shu elementning nisbiy atom massasini hisoblang. A) 197 B) 160 C) 48 D) 56 23. Quruq muz deb ataluvchi moddani aniqlang. A)N2O B)SO3 C)CO2 D)CO 24. Qaysi javobdagi elementlar atom radiuslari ortib borishi tartibida joylashtirilgan? A) Si, Cl, Br B) Mg, H, O C) N, S, H D) F, Cl, P 25. Noma’lum alkanning yonish reaksiyasida reagentlarning uzilgan qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lari soni 1:1 nisbatda bo‘lsa, alkanni aniqlang. A) butan B) propan C) metan D) etan 26. Silvin formulasini toping. A)MgCl2 B)KCl*NaCl C)NaCl D)KCl 27. Quyidagi xossalar qaysi moddalarga tegishliligi to‘g‘ri moslab ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) eritmasiga sulfat kislota qo‘shilganda cho‘kma ajraladi; 2) eritmasiga natriy gidroksid qo‘shilganda gaz ajraladi; 3) eritmasiga sulfat kislota qo‘shilganda gaz ajraladi; 4) eritmasiga natriy gidroksid qo‘shilganda cho‘kma ajraladi; a) kaliy karbonat; b) temir (III)-xlorid; c) bariy gidroksid; d) ammoniy sulfid. A) 1-c; 2-a, d; 3-d; 4-b B) 1-c; 2-d; 3-a, d; 4-b C) 1-c; 2-d; 3-a, d; 4-c D) 1-c; 2-d; 3-d; 4-c 28. 11,4 g etan va siklopropan aralashmasining hajmi 6,72 l (n.sh.) bo‘lsa, aralashmaga maksimal qancha (l, n.sh.) xlor birikishi mumkin? A) 1,12 B) 4,48 C) 2,24 D) 3,36 29. KCl eritmasi elektroliz qilindi va hosil bo‘lgan eritmaga 0,75 mol/l li 400 ml sulfat kislota qo‘shilganda 1:1 nisbatda kaliy gidrosulfat va kaliy sulfat hosil bo‘ldi. Elektroliz uchun 7,5 A tok ishlatilgan bo‘lsa, sarflangan vaqtni (s) hisoblang. A) 5790 B) 2895 C) 3860 D) 4825 30. Olmos → grafit → karbin ushbu jarayonda moddalarning qattiqligi qanday o’zgaradi? A) kamayadi; ortadi B) ortadi; kamayadi C) ortadi; ortadi D) kamayadi; kamayadi Download 10.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling