Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob kitoblar


Ularda amalga oshiriladigan provodkalar va misollar


Download 25.96 Kb.
bet4/4
Sana03.09.2023
Hajmi25.96 Kb.
#1672296
1   2   3   4
Bog'liq
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob kitoblar

4. Ularda amalga oshiriladigan provodkalar va misollar
Misol: 6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) va 7010 «Mol etkazib beruvchil va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»(uzoq muddatli qismi) schyotlarining analitik hisob registrlaridagi qoldiqlari, ushbu schyotlar bo’yicha sintetik hisob registridagi va Bosh daftardagi qoldiqlariga nisbatan, balansdagi «Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» moddasining 12 foiziga teng bo’lgan, nsummaga kam bo’lsa, farq miqdori ushbu balans moddasi uchun jiddiy hisoblanadi. Analitik hisob registrlari (oborot vedomostlari) ma’lumotlarini tahlil qilishda biron-bir mol etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilib, lekin hisob registrlarida yozuv yozilmagan. Tekshiruv natijasida shu mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitoblarni hisobga oladigan kartochka ochilganligi, lekin adashib u boshqa schyotning kartotekasiga solib qo’yilganligi sababli oborot vedomostiga kiritilmagan. Shunday qilib, nomuvofiqlik sababi aniqlangan va bartaraf qilingan.
Tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishning ahvolini baholash hisobkitoblarning turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bevosita tekshirish buxgalteriya balansi, Bosh daftar 3110-3190, 4010, 4020, 4110, 4120, 4310, 4320, 4390, 4510, 4550, 4610, 6010, 6020, 6110, 6120, 6410, 6450, 6310, 6320, 6390, 6510, 6520, 6530, 6810-6890 schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlari ma’lumotlarining mosligini aniqlashdan boshlanadi.
Tekshiruv chog’ida quyidagi qoidalarga rioya qilinishiga e’tibor beriladi:

  • hisob-kitob schyotlari saldolarining balansda yoyiq holda aks ettirilishi;

  • shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratilgan debitor qarzlar rezerv hisobidan kamaytirilishi lozim.

Ayni vaqtda tegishli hisob-kitob schyotlari bo’yicha analitik hisob ma’lumotlariga asosan debitor qarzlarning «muddati o’tganlari» ajratib ko’rsatilgan holda uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlarga guruhlanishining to’g’riligi tekshiriladi. Hisobot tuzish talablaridan kelib chiqqan holda qaytarish muddati bir yildan oshiq qarzlar uzoq muddatli qarzlar qatoriga kiradi.
Aniqlangan nomuvofiqliklar bo’yicha tafovutlarning katta-kichikligi, tavsifi va vujudga kelish sabablari aniqlanadi.
Qarzdorliklarning haqqoniyligini aniqlash uchun inventarizatsiya ma’lumotlari hisob-kitoblarning har bir turi bo’yicha tahlil qilinadi. Hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish ma’lumotlari bo’lmaganda yoki, agar inventarizatsiya ma’lumotlari shubhali bo’lsa, auditorlar vaziyat taqozosiga ko’ra yoppasiga yoki tanlab inventarizatsiya o’tkazadilar.
Bu mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar auditi deb yuritildi.


ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni - Toshkent 1996 y. 30 avgust.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, O’zR 04.04.2006 y. O’RQ-28-son Qonuni, O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni, O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni, O’zR 09.09.2009 y. O’RQ-216-son Qonuni asosidagi o’zgartirishlar bilan)

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» Nizom.

  4. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.

  5. Bu. Darslik 1-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  6. Buxgalteriya hisobi . Darslik 2-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  7. Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов,

Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б.

  1. Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай,

А.Хошимова, Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с.

  1. Аудит: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям / под ред. В.И Подольского. М.: – “ ЮНИТИ – ДАНА”, – 2009 г. – 744 стр.

  2. Жминько С. Внутренний аудит. – Ростов н/Д: “Феникс ”, 2008 г. –316 стр.

Download 25.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling