Molekulaning tuzilishi va kimyoviy bog’lanish. Kovalent, ion, metall, vodorod boglanishlar. Kovalent bog’lanish xossalari


Download 233.1 Kb.
bet2/11
Sana01.04.2023
Hajmi233.1 Kb.
#1317222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOLEKULANING TUZILISHI VA KIMYOVIY BOG

Metall bog’lanish – nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o’zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo’ladigan bog’lanishdir.
Metallning valent elektronlari o’zining yadro si bilan juda zaif bog’langani uchun atomdan juda oson ajralib chiqadi. Shuning uchun metall tarkibida erkin elektronlar, musbat zaryadlangan metall ionlari va neytral metall atomlari bo’ladi. Shu sababli metall kristall panjara tugunlarida joylashgan qator musbat zaryadlangan ionlardan va ular orasida harakatlana oladigan ko’plab erkin elektronlardan iborat. Metall bog’lanish tufayli metallar elektr tokini, issiqlikni yaxshi o’tkazadi, bolg’alanuvchanlik va metall yaltiroqlik xossalariga ega.

Kovalent bog’lanishning xossalari
Bog’ energiyasi – molekuladagi ayni bog’ni batamom uzish uchun sarf bo’ladigan energiyadir. Bog’ energiyasi eV yoki kJ/mol bilan ifodalanadi.
Kovalent bog’lanish to’yinuvchanlik, yo’naluvchanlik, karralilik, qutblanuvchanlik kabi xossalarga ega.
Bog’larning to’yinuvchanligi atomlarning cheklangan miqdordagi bog’lar hosil qilish xususiyatidir. Elementlar atomlarining valent elektronlarining hammasi bog’ hosil qilishda qatnashgandan so’ng element o’zining to’yinuvchanlik xususiyatini namoyish qiladi.
Bog’larning yo’naluvchanligi uni hosil qilishda ishtirok etadigan s-, p-, d- va f –orbitallar ishtirokida -, - va -bog’larni fazoning ma’lum yo’nalishida joylashganligi natijasida yuzaga kelib chiqadi. Bog’ hosil qilayotgan elektron juftlar atom orbitallari va gibridlangan orbitallarning elektron bulutlari maksimal to’plangan qismlarining o’zaro qoplashgan fazoviy qismlarida joylashgan bo’ladi. Har qanday molekulaning energetik jihatdan turg’unlikka intilishi natijasida undagi bog’lar yo’nalishi ma’lum burchaklarga ega bo’lib, yo’naluvchanlikni yuzaga keltirib chiqaradi.
1 – masala. Agar I2 va Cl2 molekulalarida yadro lar orasidagi masofa tegishlicha 2,67·10-10 va 1,99·10-10 m ga teng bo’lsa, ICl molekulasidagi bog’ uzunligini hisoblang.
Yechish. Molekulalarda kovalent bog’ uzunligini taqribiy hisoblashda quyidagi formulani qo’llash mumkin:
bu yerda dA-B – molekulada AB bog’ uzunligi; dA-A va dB-B – A2 va B2 molekulalaridagi yadro lararo masofa.
I – Cl dagi bog‘ uzunligi quyidagiga teng:
.
2 – masala. KCl kristal panjarasi doimiysi 3,16·10-10 m ga teng. Agar Cl- ioni radiusi 1,811·10-10 m ga teng bo’lsa, K+ ioni effektiv radiusini hisoblang.
Yechish.

3 – masala. Agar vodorod – vodorod va kislorod – kislorod bog’larning energiyalari tegishlicha 435,9 va 498,7 kJ/mol ga teng bo’lsa, hamda 2 mol vodorod yonganda 483,68 kJ issiqlik ajralCa suv molekulasidagi kislorod – vodorod bog’ning energiyasini aniqlang.
Yechish.
4H (g) = 2H2 (g) + 435,9·2
2O (g) = O2 (g) + 498,7
2H2 (g) + O2 (g) = 2H2O (g) + 483,68
4H (g) + 2O (g) = 2H2O (g) + 1854,18 kJ
Ikki molekula suvda 4 ta kislorod – vodorod bog’ning o’rtacha energiyasi:
1854,18/4 = 463,54 kJ/mol.
4 – masala. Agar C – C, C ≡ C, Cl – Cl va C – Cl bog’larning energiyalari tegislicha -347,3, -823,1, -242,3 va -345,2 kJ/mol ga teng bo’lsa, quyidagi reaksiyaning entalpiyasini hisoblang: H - C ≡ C – H + 2Cl – Cl  H – CCl2 – CCl2 – H.
Yechish. ΔHº298 = ΔHº(C-C) + 4ΔHº(C-Cl) - ΔHº(C≡C) – 2ΔHº(Cl-Cl) bundan
ΔHº298 = - 347,3 + 4(-345,2) - (-823,1) - 2(243,2) = -420,4 kJ/mol.

Download 233.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling