Molekulyar biologiya, molekulyar genetika va molekulyar biotexnologiya sohalari va ularning zamonaviy usullari
Download 372.22 Kb. Pdf ko'rish
|
6- Maruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Molekulyar biologiyaning paydo bo’lish va rivojlanish tarixi.
Molekulyar biologiya, molekulyar genetika va molekulyar biotexnologiya sohalari va ularning zamonaviy usullari REJA:
1. Molekulyar biologiyaning paydo bo’lish va rivojlanish tarixi. 2. Molekulyar biologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari. 3. Molekulyar biologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyati. 4. Genetek kod 5. Genetik injeneriya.
Molekulyar biologiyaning paydo bo’lish va rivojlanish tarixi.
Molekulyar biologiya fani
hayotni paydo
bo’lishini molekulyar darajada o’rganadi, ya’ni tirik organizmlarning asosiy xossalari, o’sishi va rivojlanishi, ko’payish va
differensiyalanish, irsiyat
va immunitet, harakatlanish va tashqi muhitga moslashish va boshqa juda ko’p biologik makromolekulalarning molekulyar asosini o’rganishga va tushuntirishga qaratilgan fan.
Molekulyar biologiyaning fan tariqasida dunyoga kelishi
Jeyms Uotson bilan Jeyms Krikning kashfiyotiga bog'liq. Bu olimlar tomonidan DNK dezoksiribonuklein kislotasining modeli kashf etilgan, ya’ni DNK molekulasi qo’sh spiral tuzilishga ega ekanligini isbot qildilar (1953). Bu kashfiyot irsiy belgilar qanday saqlanadi va avloddan-avlodga qanday o’tadi,
degan muammolarni ham xal
qilish imkoniyatini berdi. «Transkripstiya» va «Translyastiya» mexanizmlar aniqlandi. So’ngra genetik kodlarni «molekulyar genetikadagi» muammolari xal qilindi. Genetik kod muammosini hal qilinishi avvalo qaysi
nukleotid yoki
nukleotidlar to’plami qanday aminokislotani ifodalashi mumkin, degan masalani hal qilishdan. 1953 yilda Gamov (AQSh) genetik kod 3 ta nukleotid to’plamdan (tripletlikoddan) tashkil topgan bo’lishi kerak, degan g'oyani ilgari surdi. Haqiqatan ham, bunda 4 xil nukleotid yordamida 64 ta kombinatsiya hosil qilish mumkin. 1961 yil boshlarida ingliz olimi Krik genetik kod muammosining matematik analiziga asoslanib, kod haqiqatda ham tripletli xarakterga ega, degan xulosaga kelgan. Triplet Krik ifodasiga ko’ra kodon deb nomlangan. Molekulyar biologiya kompleks fan
hisoblanadi, chunki
u yuksak
molekulyar organik birikmalarning tuzilishi haqidagi eng so’nggi ilmiy ma’lumotlariga asoslanadi. Molekulyar biologiya eng muhim biologik makromolekulalarning turli shakllari va ularning evolyustiya formalarini o’rganadi. Bu fan eng avvalo
nuklein kislotalarning, oqsillar va
boshqa makromolekulalarning strukturasini, shuningdek eng muhim hujayra komponentlari (xromosoma) yadro,
plazmatik membrana, mitoxondriyalar, Golji
kompleksi, lizosomalar, ribosomalarning strukturaviy tuzilishi bilan
ularning bajaradigan funkstiyasi orasidagi bog'lanishni o’rganadi. Shunday qilib, molekulyar biologiya evolyustiya qanday borishini, uning mexanizmini ochib beradi, ya’ni jonli organizmlar uchun xos bo’lgan rivojlanish fenomenini ham molekulyar tekislikda oqsillar va nuklein kislotalarning o’zaro munosabati, reaksiyalari shaklida ifodalaydi. Molekulyar biologiyaning ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo’llaniladigan metodlari va asboblari: elektron mikroskop, ultrasentrifuga, rentgenstruktura analizi, xromotografiya, elektroforez, nishonlangan atomlar va
hakazo XX asrning ikkinchi-yarmida ko’plab mamlakatlarda o’limga sababchi bo’lgan turli yuqumli kasalliklar (vabo, o’lat, chechak) yo’qotildi. Ammo keyingi vaqtda yuqumli kasalliklar kamaygan bo’lsa, rak, yurak qon tomir sistemalarining jarohatlanishi, moddalar almashinuvi kasalliklari, ruhiy
va nasliy
(irsiy) kasalliklar juda ham
ko’paydi. Tirik
sistemalarning strukturaviy tuzilishi va
funkstiyasini mukammal o’rganilgandagina, kasalliklarning tabiatini to’g'ri
aniqlanadi va
davolanadi yoki
kasalliklarni oldini
olish mumkin.
Download 372.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling