Molekulyar fizika va termodinamika


Download 67.06 Kb.
bet2/7
Sana20.09.2023
Hajmi67.06 Kb.
#1682412
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mavzu kimyo

TEMPERATURA

Jismlarning hajm, elektr qarshiligi va shu kabi qator xossalari temperaturaga bog’liq. Temperaturani miqdoriy aniqlashda bu xossalarning har biridan foydalanish mumkin. Temperaturani o’lchash uchun tanlab olingan jismni (termometrik jism) eriyotgan mo’z bilan issiqlik muvozanati holatiga keltiramiz, jismning bu holatdagi temperaturasini 0 gradus deb olamiz va jismning temperaturasini o’lchash uchun biz qo’llamoqchi bo’lgan xossasini (temperatura belgisini) miqdoriy jihatdan xarakterlaymiz. Bunday belgi sifatida jismning hajmi tanlab olingan va uning dagi qiymati V0 ga teng deb faraz qilamiz. So’ngra usha jismning o’zini atmosfera bosimi ostida kaynayotgan suv bilan issiqlik muvozanati holatiga keltiramiz, bu holatda uning temperaturasi 100° ga teng deb olamiz va unga mos keladigan V100 hajmni aniqlaymiz. Bu tanlab olgan temperatura belgisi (bu misolda — hajm) temperatura o’zgarishi bilan chiziqli o’zgaradi deb hisoblab, termometrik jismning hajmi V bo’lgan holatda uning temperaturasi quyidagiga teng bo’ladi deb yozish mumkin.


SHu tariqa topilgan temperatura shkalasi ma’lumki, Selsiy shkalasi deb ataladi.
Temperaturani o’lchash uchun hajm emas, balki biror boshqa belgi olinganda ham yuqoridagiga o’xshash fikrni aytish mumkin. Temperaturani aytib o’tilgan usul bilan darajalab olib, undan temperaturani o’lchash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun termometrni temperaturasi o’lchanayotgan jism bilan issiqlik muvozanati holatiga keltirish kerak.
Tabiatda har xil bo’lgan termometrik jismlardan ( simob, spirt ) yoki turli xil temperatura belgilaridan ( hajm, elektr karshilik ) foydalanuvchi termometrlarni taqqoslaganda ularning ko’rsatishlari darajalash tufayli da va 100° da bir xil bo’lib boshqa temperaturalarda farq qiladi. Bundan shunday xulosa chikadiki, temperaturalar shkalasini bir qiymatli aniqlash uchun darajalash usulidan tashqari, yana termometrik jism va temperatura belgisini qanday tanlash haqida hali kelishib olish kerak. Temperaturalarni empirik shkala deb ataluvchi shkalasini aniqlashda, bularning qanday tanlab olinishini keyingi mavzularda o’tamiz. SHuni aytib o’tamizki, termometrik jismning xossalariga bog’liq bo’lmagan shkala termodinamikaning 2- qonuniga asosan aniqlanadi. Bu shkala temperaturalarini absolyut shkalasi deb ataladi.



Download 67.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling