“Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs mm-51 guruh talabasi Karimov Ulug’bek Muhamad o’g’lining malakaviy amaliyot daftari toshkent-2023


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari


Download 444.5 Kb.
bet6/13
Sana21.06.2023
Hajmi444.5 Kb.
#1641168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Улуғбек 4 курс. 121332

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ____________________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)


(muhr o‘rni)

6-mavzu. Amaliyot obyektida daromadlarning taqsimlanishi va dividend siyosati

2019 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olingan tijorat banklari soni 29 tani tashkil etib, shundan, 5 tasi davlat banklaridan, 13 tasi aksiyadorlik tijorat banklaridan, 6 tasi xususiy banklardan va 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklardan iborat. 2020 yil yakunlariga ko‘ra tijorat banklarining aktivlari va kredit qo‘yilmalari 28,7 va 17,5 foizga oshib, mos ravishda 214,4 trln. so‘m va 167,4 trln. so‘mni tashkil etdi.


Shuni alohida ta’kidlash joizki, so‘nggi 5 yil ichida tijorat banklarining umumiy aktivlari 4,9 martaga, kredit portfeli esa 6,3 martaga oshgan. Bank tizimi umumiy aktivlari tarkibida kredit portfelining ulushi 2013 yilda 60,4 foizni tashkil etgan bo‘lib, 2020 yilga kelib 78 foizga yetgan. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimidagi jami xususiy kapitalning o‘sish darajasi so‘nggi besh yil davomida 24,0 foizdan yuqori sur’atni tashkil etgan. 2020 yil davomida bank tizimi kapitalining yetarliligi bo‘yicha olib borilgan ishlarning samarasi o‘laroq, banklarning xususiy kapitali miqdori 29 foizga yoki 6,0 trln. so‘mga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga 26,6 trln. so‘mni tashkil qildi. Ustav kapitalining miqdori 2020 yil davomida 8,2 trln. so‘mga yoki 75 foizga oshib, 19,1 trln. so‘mga yetdi.
Respublikamiz tijorat banklarida kapital yetarliligi ko‘rsatkichining o‘rtacha darajasi 24,2 foizni, yoki xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan talablardan qariyb 2 marta yuqoriroq ko‘rsatkichni qayd etgan.
Mamlakatimiz bank tizimining joriy likvidlilik darajasi barqaror bo‘lib, so‘nggi yillarda 78,2 foizdan ko‘proqni tashkil etib, xalqaro standartlar bo‘yicha o‘rnatilgan minimal darajadan qariyb 2,5 marta yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. 2020 yilda depozitlar hajmi 2017 yilga nisbatan 17,5 foizga o‘sib, 70,0 trln. so‘mdan oshgan.
AT “Aloqabank” quyidagi tashkilotlar a’zosi hisoblanadi:
➢ O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi;
➢ O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi;
➢ “Aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash” fondi;
➢ “Toshkent” Respublika-fond birjasi;
➢ O‘zbekiston umumdavlat to‘lov tizimi;
➢ SWIFT xalqaro to‘lov tizimi;
➢ VISA xalqaro to‘lov tizimi;
➢ Union Pay xalqaro to‘lov tizimi.





Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling