Moliya bozori haqida tushuncha Qimmatli qog‘ozlar bozori
Qimmatli qog‘ozlar haqida tushuncha va ularning mohiyati
Download 39.86 Kb.
|
Sug\'urta moliya bozori
2. Qimmatli qog‘ozlar haqida tushuncha va ularning mohiyati.
Biror bir mamalakatning barqaror rivojlanishi va dunyo iqtisodiyot maydonida o‘z qadr-qimmatiga ega bo‘lishi uchun u davlat o‘zining bir qator iqtisodiy bozorlarini tashkil etishi va ularni shakllantirishi lozimdir. Shunday bozorlardan biri –bu qimmatli qog‘ozlar bozoridir. Q immatli qog‘ozlar - shunday pul hujjatidirki, u hujjat egasini uning emitentiga nisbatan mulkiy huquqini, qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, ya’ni qimmatli qog‘ozning ahamiyati shundan iboratki, u ayni vaqtda mulk tituli ham, qarz majburiyati ham, daromad olishga bo‘lgan huquqi ham, daromadning bir qismini to‘lash majburiyati hamdir. U alohida hujjat yoki hisob varaqalardagi yozuv shaklida ham bo‘lishi mumkin. Veksel O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga muvofiq (96-modda) «Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi. Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: aksiya, obligatsiya, veksel, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi». Har qanday iqtisodiy kategoriya bozor tavsiflariga ega bo‘ladi, ular egalik qilish, chiqarish shakli, muomalada bo‘lish xarakteri va mazkur qimmatli qog‘ozga qo‘yilmalar havf darajasi, daromadni o‘z ichiga oladi. Qimmatli qog‘ozlar – bu qonunda belgilangan tartibda chiqarilgan va nominal qiymatga ega bo‘lgan pul hujjatlaridir. Ular mulkchilik munosabatlarini ifodalaydi va qandaydir mulk yoki pul miqdoriga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qog‘ozlar dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda mazkur hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini ham nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda: egalik qilish huquqini tasdiqlovchi; dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad olishni ko‘zlovchi; emissiya qiluvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro mulkiy munosabatni bildiruvchi; boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi barcha pulli hujjatlar qimmatli qog‘ozlar deb yuritiladi. Ular blankalar, sertifikatlar shaklida yoki hisob varaqlardagi yozuv ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ular hisob-kitob qilishda, shuningdek kreditlar bo‘yicha garov sifatida ham foydalaniladi. Qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi Davlat qimmatli qog‘ozlari quyidagi maqsadlar uchun chiqariladi: Joriy-yildagi budjet taqchilligini pul mablag‘lari bilan to‘ldirish. Markaziy Bank krediti yoki qo‘shimcha pul massasini muomalaga chiqarishdan ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yo‘li bilan budjet taqchilligini qoplash afzalroq hisoblanadi. Chunki kredit resurslaridan foydalanish kredit bozorining boshqarilishini qiyinlashtirishga olib keladi. Shu sababli iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning tajribasida kredit resurslaridan foydalanishga davlat tomonidan ma’lum chegaralar qo‘yiladi. Budjet taqchilligini qo‘shimcha pul massasini chiqarish yo‘li bilan to‘ldirish esa muomalada real aktivlar bilan to‘ldirilmagan to‘lov vositalarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida inflyatsiyaga va pul muomalasining buzilishiga olib keladi. Davlatning ilgarigi qarzlarini qoplash. Bu yerda ham Markaziy bank kreditidan ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular vositasida qoplash ancha kam chiqimdir. Investitsiya uchun qo‘shimcha manba yaratish. Yangi firmalar ochish, amaldagi ish joylarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishda korxona, firma, tashkilotlarga bank kreditidan ko‘ra qimmatli qog‘ozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Davlat budjetining kassaviy majburiyatlarini ta’minlash. Soliq to‘lovlarining notekis tushumlarini barqarorlashtirish. Mahalliy boshqaruv oganlari tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli rivojlanish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash. Masalan, mahalliy boshqaruv organlariga o‘z obligatsiyalarini chiqarishga ruxsat berilgan. Ulardan tushgan pul mablag‘lari, asosan, mahalliy hududlarni obodonlashtirishga, ekologiyani yaxshilashga, ma’naviy-ma’rifiy, maishiy xizmat obyektlarini qurishga va ta’minlashga yo‘naltiriladi. Mahalliy obligatsiyalarni sotib oluvchi investorlarga, rag‘batlantiruvchi vosita sifatida, mahalliy soliqlardan ozod etish kabi imtiyozlar ham taqdim etilishi mumkin. Shuning uchun ham mahalliy obligatsiyalar soliqlarga tortiluvchi boshqa turdagi barcha obligatsiyalarga nisbatan ko‘proq daromad keltiradi. Tijorat banklarini likvidli zahira aktivlari bilan ta’minlash. Shu maqsadda davlat bozor muomalasida bo‘lmaydigan qarz majburiyatlarini chiqaradi. Bu majburiyatlar asosan xalqqa sotilishi mo‘ljallangan bo‘lib, sotib olgan kishi ularni boshqa birovlarga sota olmaydi va belgilangan muddat kelmaguncha qarzga barcha o‘z pullarini davlatdan qaytarib ololmaydi. Shunday qilib, hamma qimmatli qog‘ozlar daromad keltiruvchi bo‘lib, bozorda ham, boshqa bozorlarda bo‘lgani kabi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi munosabatda yuzaga keladi. Bu yerda tovarlar sifatida qimmatli qog‘ozlar namoyon bo‘ladi. Ular bilan bo‘ladigan oldi-sotdi munosabatlari kimoshdi savdosi va banklarda amalga oshiriladi. Download 39.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling