- REJA
- Trend turlari va shakllari
- 4 Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari 1 Fundamental tahlil 2 Moliya bozori texnik tahlili 3
- QIMMATLI QOGʻOZLAR TAHLILI
- Investitsion jarayonning asosiy masalalaridan biri hisoblanib, oʻz ichiga qimmatli qogʻozlarning alohida turlarini (yoki guruhlarini) va ularning bozorlarini oʻrganadi.
- Xorijiy amaliyotda moliya bozori boʻyicha keng qo’llaniladigan tahlil usullari Fundamental tahlil (fundamental analysis) Texnik tahlil (technical analysis) Fundamental tahlil Mamlakat va tarmoq iqtisodiyotining fundamental omillarini, kompaniya faoliyati koʻrsatkichlarini tahlil qilishga asoslangan, aktivning bozor qiymatini aniqlash va bashorat qilish usullari tizimi.
- Fundamental tahlil mazmunan har qanday moliyaviy aktivning “haqiqiy” (yoki ichki real) bahosi kelajakda aktiv egasi olishi mumkin boʻlgan barcha naqd pul oqimlarining keltirilgan bahosiga teng degan fikrdan kelib chiqadi. Shunga mos ravishda tahlilchi (analitik)-“fundamentalchi” naqd pul oqimlari miqdorini va uni tushum vaqtini aniqlashga intiladi, keyin esa unga mos diskontlash stavkasini qoʻllab ularning keltirilgan bahosini hisoblaydi.
- Fundamental tahlilga taʼsir eʼtuvchi omillarni keltirib oʻtamiz: iqtisodiy omillar siyosiy omillar fors-major holatlari turli mish-mishlar va kutilishlar
- Ustunli diagramma Diagrammadagi har bir ustun oʻtgan savdo kunidagi aksiya narxining tebranishini ifodalaydi. Ustunning yuqori nuqtasi savdo kunidagi eng yuqora narxni ifodalasa, pastki nuqtasi savdo kunidagi eng past narxni ifodalaydi. Yopilish bahosini ifodalash uchun esa ustunga perpendikulyar chiziqcha oʻtkaziladi.
- Aksiya narxi trendi yoʻnalishi Tahlilchi narx har bir oʻzgarishini qayd qilib boradi. Agar narx bir pogʻona oʻssa, u holda diogrammaga X belgisi qoʻyiladi. Keyingi narx oʻsishida yuqoriga yana bir X belgisi qayd qilinadi. Agar narx bir pogʻona pasaysa, u holda oʻng tomondan yangi ustun ochiladi va shu ustundan 0 belgisi bilan belgilanadi
- Trend bu baholarning, yaʼni fond bozoridagi qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisida belgilanadigan baholarning muayyan yoʻnalishlar boʻyicha oʻzgarishidir. Trendlar davom etish muddatiga koʻra: 1. Uzoq muddatli (birlamchi) trend, yaʼni bunda qimmatli qogʻozlar narxi uzoq muddat (1 yil hatto undan ortiq) oʻzgarishi kuzatiladi. 2.Yonlanma (ikkilamchi) trend – bozorining asosiy tendensiyasi harakatini toʻgʻirlovchi (korrektiruyushiy) trend hisoblanadi. 3. Kichik trendlar – narxlarning kunlik oʻzgarishi, tebranishdir
- Trendlar narxlarning harakati yoʻnalishiga koʻra: Oʻsuvchi yoki “buqa” lar trendi Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi. Gorizontal trend yoki flet
- Oʻsuvchi yoki “buqalar” trendi (uptrend, upward, bullish trend) shunisi bilan xarakterlanadiki, bozordagi tebranishlarning past narxlari koʻtarila boshlaydi. Koʻtariluvchi (oʻsuvchi) trendda bizga pastdan chegara belgilashimiz juda muhimdir, chunki bunday holatda stavkalar narxlarning koʻtarilishiga qoʻyiladi. Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi (downtrend, downward, bearish trend) bozorda maksimal tebranuvchi narxlar pasaya boshlashidan vujudga keladi. “Ayiqlar” bozorida biz narxlarning pasayishiga qoʻyamiz, chunki biz uchun narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq muhimdir. Uchinchi trend turi – gorizontal trend (trendning mavjud emasligi). Bu trendda narxlar gorizontal diapazonda tebranadi. (sideways, Flat market, trendless). Bu trendning qoʻllab-quvvatlash yoki qarshilik chiziqlari boʻladi, lekin narxlarning yuqoriga yoki pastga harakatining aniq tasviri boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |