Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fanidan kurs ishi mavzu: Moliya bozori modellarining O’zbekistonda qo’llash istiqbollari


Download 494.19 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi494.19 Kb.
#1567908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdulloyev U. Moliya bozori kurs ishi

Rasm 5. 2020-yilning oylаri bo’yiсhа listinggа kirgаn kompаniyаlаrning аylаnmа tuzilishi.
2020-yil mobаynidа birjаning RЕPO bitimlаrini o’tkаzish sаvdo mаydonidа jаmi 7,0 mlrd. so’mlik, yа’ni 10 tа emitеntning аksiyаlаri bilаn 4,8 mlrd. so’mlik 20 tа birinсhi bosqiсh RЕPO bitimlаri vа 7 tа emitеntning аksiyаlаri bilаn 2,2 mlrd. so’mlik 8 tа ikkinсhi bosqiсh RЕPO bitimlаri аmаlgа oshirilgаn.
Jаmi bo’lib, 2004-yildаn buyon 47 tа emitеntlаrning аksiyаlаri ishtirokidа 332 tа RЕPO bitimlаri аmаlgа oshirilgаn. Bitimlаrning birinсhi bosqiсhdаgi hаjmi 40,9 mlrd. so’mni tаshkil qilgаn bo’lsа, ikkinсhi bosqiсhdа 34,9 mlrd. so’mni tаshkil qildi. Birjаning RЕPO bitimlаri bilаn umumiy sаvdolаri hаjmi 75,8 mlrd. so’mni tаshkil qilаdi.


3. Moliya bozorining jahon amaliyotidagi modellari
Jahon amaliyotida moliya bozorining anglo-sakson, kontinental (“Reyn kapitalizmi”), ularni gibridi, islom modellarini ajratish mumkin. Bu modellarning barchasi keltirilgan moliya bozorining nazariykonseptual modellariga asoslanadi. Ma’lumki, ular qaysi mamlakatga oid ekanligi, uni rivojlanganligi darajasi, undagijamiyat tomonidan tanlangan ijtimoiy-iqtisodiy model va mavjud mentalitetga (traditsiyalarga) hamda ulardagi omillarning (ichki va tashqi) ta’siri qonuniyatlari va darajasi hamda boshqa belgilarga qarab farqlanadi. Lekin modellarning barchasi qaysi mamlakatda bo’lishidan qat’iy nazar o’zlarining iqtisodiyotdagi va globallashuv sharoitlaridagi roli va funksiyalarini ma’lum darajada bajaradi.
Masalan, industrial mamlakatlarda moliya bozorining asosan anglo-sakson va (yoki) kontinental modellari bo’yicha tuzilganini, ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda esa gibrid yoki anglo-sakson yoki kontinental (germancha) modelni, musulmon davlatlarida – islom modelini ko’rish mumkin. Jumladan o’tish iqtisodiyotiga mansub davlatlarda ko’proq gibrid modelni kuzatish mumkin, ammo ularning infratuzilmasi samaradorligi bo’yicha industrial mamlakatlar model-lariga hozircha tenglasha olmaydi. Bunda aytish joizki, bu mamlakatlarda moliya bozorlarining shakllanishi hususiyatlari ko’p jihatdan ulardagi ta’sir etuvchi omillarga11 va mavjud rivojlanish sharoitlariga bog’liqligini kuzatish mumkin. Umuman olganda har qanday mamlakatning moliya bozori modeli unda tashkil topgan mulkchilik tizimi tuzilmasi va ta’sir etuvchi fundamental omillar asosida shakllangan va rivojlanib boradi. Hozirda mavjud modellarning ichida eng rivojlanagan, hajmli va mukammali anglo-sakson modeli hisoblanadi. Moliya bozori modellarini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. moliyalashtirishning qarz usulini (qarz munosabatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy instrumentlar yordamida) ulush kiritish usulidan

  2. (aksiyadorlik kapitalini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar) ustunligi bilan tavsiflanuvchi model (bunda yirik institutsional investorlar ustun);

  3. moliyalashtirishning ulush kiritish usulini qarz usulidan ustunligi bilan tavsiflanuvchi model (bunda aksiyalar bozori tarmoqiy tuzilmaga ega, chakana mayda investorlar ustun).

Moliya bozori modellarini nazariyan quyidagi belgilar negizida ajratish mumkin:
- mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishi;
- mamlakat aholisining traditsion ma’naviy boyliklari ukladi. Har ikkala belgi asosida modellar tavsifini alohida ko’rib chiqamiz.
Markazlashgan (direktiv) iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Direktiv iqtisodiyot pul oqimlari va xalqaro kapitallar bozorlariga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan yopiq hisoblanadi. Misol tariqasida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Bunday iqtisodiyotning asosiy shiorlari markazlashtirishga qaratilgan bo’lib quyidagilarni anglatadi:
―moliyaviy barqarorlashtirish,
―pul resurslarini konvertatsiyalash,
―spekulyatsiyani yo’q qilish,
―inqirozga yuz tutgan tarmoqlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ―pul oqimlarini optimallashtirish,
―yagona partiyaning hukmronligi va yo’lboshchiligi. Bulardan asosiy maqsad
- davlatga tegishli buyruqbozlik direktiv cho’qqilarni kuchaytirishdan iborat. Natijada, markazlashgan iqtisodiyotda davlat mulki, markazlashgan tarzda ho’jalik qarorlarini qabul qilish, monobank tizimi hukmron bo’ladi. Monobank tizimida barcha pul resurslari va moliya-kredit munosabatlar davlatlash-tiriladi. Umuman olgan markazlashgan direktiv iqtisodiyotda erkin ―moliya bozori bo’lmaydi, chunki uni keragi bo’lmaydi. Lekin shunga qaramasdan davlatning nobozor obligatsiyalari (uzoq muddatli, belgilangan narxli, foizli, yutuqli) davlat harajatlari maqsadlarida muomalaga chiqarilgani bilan, obligatsiyalar bozori to’g’risida gapirish mumkin emas.
Iqtisodiy o’sish pul mablag’larini markazlashgan tarzda davlat manfaati uchun qayta taqsimlash, budjet investitsiyalarini taqsimlash, rejali pul emissiyasi va inflyatsiya evaziga belgilanadi. Barchasi davlatga tegishli bo’lgan iqtisodiyot subyektlarining ortiqcha pul mablag’lari budjet harajatlarini qoplashga yo’naltiriladi. Fudamentalistik (diniy) iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Bunday iqtisodiyotning yorqin namoyondasi Eron Islom Davlati hisoblanadi (Shu tufayli u haqda gap yuritamiz). Bu davlat Islom dini ideolo-giyasiga asoslangan rivojlanishning alohida milliy yo’liga qaratilgan bo’lib, jahon bozori va industrial mamlakatlardan ajralgan holda moliya bozori modelini shakllantirgan va rivojlantirib kelmoqda. Uning iqtisodiyoti yopiq hisoblanadi. Bunday iqtisodiyotning moliya sohasida budjet va Markaziy bankning roli gipertrofirlashgan, ustuvor tarmoqlarni dotatsion kreditlash va budjet tomonidan moliyalashtirish hukmronlik qiladi, foiz stavklarini subsidiyalash, kredit resurslarini markazlashgan tarzda taqsimlash, muammoli aktivlar va inflyatsiyani o’sishi kabi holatlar hukmronlik qiladi. Natijada moliya bozori bank kreditlari tomonidan ezilib siqib chiqaril-gan, unda mayda chakana investorlar yo’q. Umuman olganda moliya bozori infratuzilmasi rivojlanmagan, hududiy sektorlarga bo’lingan, kapitaliza-tsiya darajasi past, risklar darajasi baland, moliya-bank tizimi past darajada rivojlangan.
Diniy e’tiqod va yopiq iqtisod bo’lganligi sababli obligatsiya, valyuta va derivativlar bozorlari yo’q. Aksiyalar bozorida asosan hukumat agenlari hisoblangan institutsional investorlar yoki davlat banklari faoliyat yuritadi. Liberal iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Ma’lumki, liberal iqtisodiyot ijtimoiy va iqtisodiy hayotga davlatning cheklangan aralashuvi, bozor munosabatlari sohasini kengligi, davlat mulkini qisqarishi, bozorlarni raqobat uchun ochiqligi, bozor faoliyatiga turli cheklashlarni kamligi, narx-navo va foiz stavkalari ustidan administrativ nazoratni kuchsizligi, bojxona bojlarini pastligi, markazlashgan dotatsiyalash sohasi va subsidiyalanadigan kreditlarni qisqarishi va h.k. bilan xarakterlanadi. Liberal iqtisodiyot moliya bozorining turli model-larida mavjud (anglo-saksonsk, germano-frantsuz, yapon, shved, fin, ispan va h.k.) bo’lib, ularda davlatning roli, mulkchilik tizimi tuzilmasi, real sektorni moliyalash-tirish va hakazolar farqlanadi. Bunday sharoitlarda industrial mamlakat-larning moliya bozorlari ochiqligi, yuqori darajada rivojlanganligi, globalligi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya bozorlari esa rivojlanishning tez sur‘atlariga erishgan bo’lsalarda, rivojlangan mamlakatlarning bozorlariga ochiqligi va globalligi bo’yicha nisbatan pastroq pog’onada turadilar. Bunga sabab, rivojlanayotgan mamla-katlarning yuqorida ko’rsatilgan rivojlanishi hususiyatlari va sharoitlaridir. Ko’pukladli iqtisodiyotga hos moliya bozori modeli. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida yuqorida keltirilgan modellarning elementlari (unsurlari) mavjud bo’lib, ular moliya bozorining roli va funksiyalarini ma‘lum darajada cheklashi yoki kengaytirishi mumkin.
Masala shundaki, qanday model qaysi mamlakatda ustuvorlik qiladi. Iqtisodiyotning ko’pukladliligi ayniqsa o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarda (masalan, Markaziy va sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlarida, Mongoliya, Xitoy va jumladan O’zbekistonda) namoyon bo’lgan. Bu mamlakatlarning iqtisodiyotlari va moliya bozorlari modellarini o’tish davri sharoitlarida bir hil bo’lishi mumkin emasligi aniq. Iqtisodiy modellari eklektikdir. Bunga sabab, ularda o’tish davri bilan bog’liq ko’p muammolar hanuzgacha mavjudligi. Masalan, mulkchilik tuzilmasini shakl-lanishi, siyosiy va ideologik o’zgarishlarni nihoyasiga etmaganligi, ichki bozorni ochilishida tashqi raqobatning kuchliligi, bozorni yuqori volatilligi va h.k. Unda dominantlar kam namoyon bo’lgan, protektsionizm va davlatning roli kuchli, direktivlilikdan ochiq bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni siklik (davriy) xarakterga ega. Bu jarayonda fundamentalistik va shovinistik g’oyalarga og’ishlar, alohida milliy tus berilgan rivojlanish yo’lini targ’ibot qilish, alohidalik kabi risklar va holatlar mavjud bo’ladi. Iqtisodiyotning ko’pukladliligi moliya bozoriga keskish ta‘sir ko’rsatadi. Rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga hos moliya bozorining gibrid (aralash tuzilmali) modellari. Bunday modellarda asosan ko’pukladli iqtisodiyotga hos muammolar mavjud bo’ladi. Iqtisodchilar bu muammolarni paydo bo’lishini ushbu mamlakatlarda turlicha olib boriladi.
Iqtisodiy islohatlar natijalari va ularga ta‘sir etuvchi ko’pgina omillar bilan bog’laydilar. Muammolarning ichida sezilarlisi – aksiyadorlik kapitalida mulkchilik tuzilmasini shakllanishi jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonda aksiyalarning katta paketi asosan davlat, xorijiy strategik investorlar, kompaniya mehnat jamoasi, affilior shaxslari va administratsiyasida mujassamlashib qoladi. Natijada kompaniyaning korporativ boshqaruv mexanizmi, investitsion va emission siyosatlari samarasizlashadi, moliya bozorida esa ko’proq moliyalashtirishning qarz usulini ulush kiritish usulidan ustunligi ustuvor xarakterga ega bo’ladi, aksiyalar bozori sust rivojlanadi.
Markaziy va sharqiy Yevropa mamlakatlining ko’pchiligida moliya bozori kontinental modelga moslashgan bo’lib, ularda asosan banklar katta rol o’ynaydi. Boshqalarida esa anglo-sakson va kontinental modellarning elementlari aralash mavjud. Moliya bozorining aralash modelini 55-dan ortiq mamlakatda kuzatish mumkin: Isroil, Iordaniya, Xitoy, Koreya, Livan, Oman, Tayvan, Namibiya, Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, PolSha, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Boliviya, Kayman Orollari, Urugvay, Chili, Ozerbayjon, Armaniston, Belarussiya, Ukraina, Kazog’iston, O’zbekiston kabilar. Xorijiy banklarning sho’ba kompaniyalari ishtirok etuvchi aralash brokerlik bozorlarga 12 mamlakatni kiritish mumkin: Xindiston, Pokiston, Tailand, Filippin, JAR, Gretsiya, Ruminiya, Argentina, Braziliya, Venesuela, Meksika, Peru. Xorijiy banklarning sho’ba kompaniyalari ishtirok etmaydigan aralash brokerlik bozorlarga 15 mamlakatni kiritish mumkin: Quvayt, Baxreyn, Malayziya, Mongoliya, shri-Lanka, Botsvana, Gana, Kipr, Makedoniya, Bermud Orollari, Kolumbiya, Salvador, Ekvador, Yamayka.



Download 494.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling