Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatli jihatlari. 1Moliya bozorining iqtisodiyotdagi


Download 29.99 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi29.99 Kb.
#1318337
Bog'liq
JAVOHIR MOLIYA BOZORI(1)


.Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatli jihatlari.

1Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatli jihatlari
2Sug’urta xizmatlarida moliyaviy texnologiyalardan foydalanish.
3O‘zbekiston obligatsiyalar bozoridagi holat.
1)Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog’liq asosiy vazifalari asosida bеlgilanadi:
- iqtisodiyotning rеal sеktoriga invеstitsion moliya rеsurslarni samarali jalb qilinishi;
- kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
- davlat budjеtiga hizmat ko’rsatishi, uning kamomatini (dеfitsitini) qoplash uchun pul mablag’larini samarali jalb qilinishi;
- iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
- inflyatsiya sur’atlari (tеmplari) va valyuta kurslari o’zgarishiga opеrativ ta’sir ko’rsatilishi;
- davlatning krеdit - pul va budjеt - soliq siyosatini ob’еktiv va mutanosiblikda olib borilishi;
- mulkka egalik xuquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
- jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni intеgrallashuvi.


Sеzish mumkinki, o’ta rivojlangan hususiy mulkchilik tizimi sharoitida moliya bozorining yuqori darajada rivojlantirish, atribut va unsurlarini yuqori qimmat potеntsialiga erishtirish evaziga hubfiya bozor hajmi qisqarishi mumkin (bunga industrial rivojlangan mamlakatlarning, masalan, AQSH, Gеrmaniya, Yaponiya, moliya bozorlari misol bo’la oladi
2)RISIDA
Sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada shakllantirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini rivojlantirish va sifatini oshirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini ko‘paytirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning mintaqaviy tarmoqlarini kengaytirish, shuningdek sug‘urtalashni tartibga solish usullarini takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007 — 2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin, unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
sug‘urtalash, sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini xalqaro amaliyotga muvofiq yanada takomillashtirish;
ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini, import-eksport operatsiyalarini sug‘urtalash, hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash, shu jumladan sug‘urtaning jamg‘arma turlari sohasida sug‘urta xizmatlari hajmini, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish;
respublika sug‘urta bozorini xalqaro sug‘urta bozorlariga integratsiyalash;
sug‘urtalash sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar, idoralar va bajaruvchilar — sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda so‘zsiz va sifatli bajarilishini ta’minlasin.
2. Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari (sug‘urtalovchilar) 2008-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda ustav kapitali miqdorining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlangan Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizom talablariga javob bermaydigan sug‘urta tashkilotlari faoliyatini 2008-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda to‘xtatish va litsenziyalarini bekor qilish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mamlakat iqtisodiyot oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etish, sug‘urta bozori professional qatnashchilarining yuqori malakali mutaxassislari tayyorlash kontingentini kengaytirish va sifatini oshirish, ularning malakasini muntazam ravishda oshirish bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va respublika sug‘urta kompaniyalarining quyidagilar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lgan O‘zbekiston sug‘urta bozori professional qatnashchilari uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
sug‘urta bozori konyunkturasini o‘rganish, uning yuqori darajada ochiq-oydinligini ta’minlash, raqobatni rivojlantirish, sug‘urta xizmatlari hajmlarini ko‘paytirish, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
potensial xorijiy investorlarga mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta sohasiga investitsiyalashda ko‘maklashish;
respublika aholisi o‘rtasida sug‘urtalash masalalari bo‘yicha faol tushuntirish ishlarini olib borish;
sug‘urtalash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, sug‘urta bozori professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish.
3)Oʻzbekistonda 1996-yildan Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslarga moʻljallangan davlat qisqa muddatli Obligatsiyalari muomalaga chiqarila boshlandi. Obligatsiyani sotishdan kelib tushgan mablagʻlar davlat byudjeti taqchilligini qoplashga yoʻnaltiriladi.[1]Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qoʻlidagi pul mablagʻlarini toʻplab, biror maqsad yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya boʻyicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida toʻlanadi. Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy yoki pul mablagʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan, yaʼni Obligatsiya chiqaruvchilarning chin soʻzi va obroʻsi bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan boʻlishi mumkin. Baʼzi Obligatsiyalar konvertirlanadi (Obligatsiya egasi uni boshqa Obligatsiyaga almashtirib olish huqukiga ega boʻladi). Obligatsiyaning bozor narxi uning nominalidan yuqori yoki past boʻladi.
Download 29.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling