Moliya bozorining risklari va partfelni boshqarish
Download 141.5 Kb.
|
MOLIYA BOZORINING RISKLARI VA PARTFELNI BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya bozori risklarining mohiyati, turlari, xususiyatlari, tabiati, sabablari va oqibatlari
MOLIYA BOZORINING RISKLARI VA PARTFELNI BOSHQARISH Reja: 1. Moliya bozori risklarining mohiyati, turlari, xususiyatlari, tabiati, sabablari va oqibatlari. 2. Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozorida risklarning oldini olish borasidagi ishlar. 3.Investitsion portfellar, ularning mazmuni, turlari, shakllanishi va boshkarish asoslari. 4. Qimmatli qog’ozlar portfellarini baholash indekslari. Moliya bozori risklarining mohiyati, turlari, xususiyatlari, tabiati, sabablari va oqibatlari Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozoriga investitsiya olib kirish har qanday risklar bilan bog’liq. (Riskni o’zbek tiliga xatar, xavf-xatar, tavakkalchilik xatari yoki ehtimoldagi ziyon) deb tarjima qilsa bo’ladi. Biz ma’ruza matnida risk so’zi o’rniga xatar so’zini ishlatishni lozim ko’rdik. Xatarlar inflyatsiya jarayoni, protsent darajasi, mamlakatdagi siyosiy tuzumni o’zgarishi, soliq siyosati va boshqalar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Shularni hisobga olgan holda ma’ruzada xatarning kelib chiqishi, ularning turlari, xatarni baholash, ularni ta’sirini kamaytirish mexanizmini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Bu mavzu birinchi bor o’quv programmasiga kiritilganligi va adabiyotlarda juda kam yoritilganligini hisobga olib, muallif o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatarlarni guruhlash, ularni ta’sirini kamaytirish masalalarini yoritgan. qimmatli qog’ozlar bozorini sarmoyalash har doim risk (xatar) bilan bog’lidir. Risk (xatar) qimmatli qog’ozlar (shu jumladan, investitsiyalar bilan) operatsiyalari bilan bog’liq yo’qotishlar va muqarrar ravishda ularga xos ehtimollardir. QQB operatsiyalariga oid xatarlar qandaydir bir operatsiyani bajarishda ko’pgina tasodifiy omillarning unga ta’siri tufayli istalgan natijaga ega bo’lmaslik ehtimoli bilan bog’liq. MB va QQBdagi deyarli har qanday operatsiyalar uning ishtiroklari: - emitentlar; sarmoyadorlar; yoki vositachilar u yoki bu xatar darajasini o’z bo’yniga olishini anglatadi. Endigina o’zining MB va QQBini shakllantirayotgan mamlakatlarda bozor ishtirokchilari uchun xatarlari bozor munosabatlarining ko’p yillik tarixiga ega bo’lgan mamlakatlardagiga qaraganda bir necha yuqori bo’lishi mumkin. MB va QQBiga investitsiyalash yoki moliyaviy aktivlarni joylashtirish turli xil noqulay hollardan holis emas va u: Birinchidan, olingan daromad ko’zlangan daromaddan kam bo’lishi; Ikkinchidan, daromad umuman olinmasligi; Uchinchidan, QQB qo’yilgan kapitalni bir qismini; To’rtinchidan, QQga qo’yilgan barcha kapitalni; Beshinchidan, QQga qo’yilgan barcha kapital bilan birga daromadini yo’qotishi yoki olmasligi mumkin. Fond bozorida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar oldida har doim turli xil xatarlar paydo bo’lishi mumkin. MB va QQBini yaxshi o’rganib, bo’lajak xatarlarni oldini olish yoki ularning ta’sirini kamaytirish mumkin. Shuning uchun, har bir investor bunga tayyor bo’lib o’zi uchun paydo bo’ladigan xavf-xatarni ta’sirini kamaytirish yo’llarini o’ylab qo’yishi kerak. MB va QQBining professional ishtirokchilari o’z faoliyatida xatarlarining turli xillarini inobatga olishga to’g’ri keladi. Xatarlarni noaniqlik bilan qo’shmaslik kerak. Noaniqlik – bu oldindan kelajakda bo’ladigan ishlarni aniq ayta olmaslik. Xatar esa – bu noaniqlik emas, uni oldindan turib hisobga olishi kerak, chunki uning oqibatida kishilarning moddiy farovonligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Buni isbotlash uchun quyidagi misolni keltirish kifoya. Siz kechki ziyofat uyushtirmoqchisiz va unga o’zingizga yaqin bo’lgan 10-12 kishini chaqirmoqchisiz. Shunga yarasha taraddud ko’rasiz. Lekin mehmonlarni qanchasi keladi siz uchun noaniq, lekin bu xatar emas. Siz 10 kishiga yarasha dasturxon tuzatasiz, lekin mehmonlaringiz 12 kishi bo’lib kelishdi. Natijada 10 kishiga barcha narsa etishadi, 2 kishiga esa nozne’matlar etishmay qoladi. Siz norzi bo’lib qolasiz. Faraz qilaylik 8 kishi keldi. Bu holda 2 kishi uchun tayyorlangan mahsulotlar ortib qoladi. Siz yana norozi bo’lib qolasiz. Bu holat xatar bilan bog’liq. Ya’ni bu sizning zarar ko’rishingiz bilan bog’liqdir. Xuddi shunday holat QQBda ham bo’lishi mumkin. Siz qq portfelini sotib olasiz. Agar qimmatli qog’ozlar bahosi savdolarda tushib ketsa siz zarar ko’rasiz. Ko’zlagan foydani ola olmaysiz, agar qq bahosi yuqoriga ko’tarilsa siz oladigan foydaniz ham oshadi. Shundan hulosa, xatar (risk) – bu yo’qotish xavfi, foyda olishi emas. Shuning uchun ham sarmoyani QQ sotib olishga sarflasangiz, hamisha ko’zlangan daromaddan kamroq olishni hisobga olsangiz xatarni kamaytirgan bo’lasiz. Yuqoridagi misolimizga qaytaylik. Siz mehmonlaringiz uchun restarandan 12 kishiga mo’ljallangan mahsulotlar buyurtma qilasiz va restaran xodimlari bilan kelishasiz, agar mehmon kam kelsa, qolgan mahsulotni restaranga qaytarib berasiz, yoki 8 kishiga mahsulot olasizda, restaran bilan kelishib qo’yasiz, agar mehmonlar ko’p bo’lsa yana qo’shimcha mahsulot kelib olasiz. Bu xatarni oldini olishi yo’llaridan biridir. Bunga kompremiss holat deyiladi va xatarlarni boshqarishning bir yo’li hisoblanadi. MB va QQBdagi barcha xatarlarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lsak bo’ladi. Download 141.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling