Moliya fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo'nalishi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kursish I mavzu: Milliy Boylik Uning Tarkibi va Ko’paytirish omillari
Asosiy kapital turlari bo’yicha guruhi
Download 216 Kb.
|
Madumarov Bahrom Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davr oxirida mavjud asosiy kapital
- Asosiy kapital turlari bo’yicha guruhi Davr boshida mavjud asosiy kapital
- Amorti zatsiya Davr oxirida mavjud asosiy kapital
Asosiy kapitalning eskirishni hisobga olgan holdagi (qoldiq) qiymati bo’yicha balansi (13.5-jadval). Bu balansda mavjud asosiy kapital qayta baholashdan so’nggi qayta tiklangan qoldiq qiymat bo’yicha, yangi kiritilganlari – to’liq boshlang’ich qiymat bo’yicha, sotilganlari – bozor bahosida, boshqa tashkilotlardan olingan va hadya etilgan hamda eskirishi hisobiga ro’yxatdan chiqarilgan asosiy kapital qoldiq qiymat bo’yicha aks ettiriladi. Asosiy kapitalning yillik eskirish qiymati yil mobaynida hisoblangan amortizatsiya summasiga teng bo’ladi. 13.5-jadval Asosiy kapitalning qoldiq qiymati bo’yicha balansi sxemasi
Balanslarda aks etirilgan ko’rsatkichlar quyidagi tengliklar bilan ifodalanadi: Asosiy kapitalning to’liq qiymati bo’yicha balansida: A sosiy kapitalning qoldiq qiymati bo’yicha balansida: bu yyerda: AS0 va AS1 – ma’lum davr boshida va oxirida asosiy kapitalning to’liq qiymati; AS’0 va AS’1 – ma’lum davr boshida va oxirida asosiy kapitalning qoldiq qiymati; ASkiritva AS’kirit – davr mobaynida kiritilgan asosiy kapitalning to’liq va qoldiq qiymati; ASchiqva AS’chiq – davr mobaynida chiqarilgan asosiy kapitalning to’liq va qoldiq qiymati; A – davr mobaynida hisoblangan amortizatsiya qiymati. Balans ma’lumotlari asosida asosiy kapital harakati va holati ko’rsatkichlarini hisoblanadi. Asosiy kapitalning xarakati ko’rsatkichlari ma’lum davr mobaynida asosiy kapital xarakati jarayonlarini umumlashtirib tavsiflash uchun qo’llaniladi. Kiritilish koeffitsienti – ma’lum davr mobaynida kiritilgan asosiy kapital qiymati davr oxiridagi kapital qiymatining qanday qismini tashkil etishini ifodalaydi va quyidagicha hisoblanadi: Y angilanish koeffitsienti – ma’lum davr mobaynida asosiy kapital qiymatining qanday qismini yangi kiritilgan kapital qiymati tashkil etishini tavsiflaydi va quyidagicha hisoblanadi: Chiqarilish koeffitsienti – ma’lum davr mobaynida chiqarilgan asosiy kapital qiymati davr oxiridagi kapital qiymatining qanday qismini tashkil etishini ifodalaydi va quyidagicha hisoblanadi: T ugatish koeffitsienti – ma’lum davr mobaynida asosiy kapital qiymatining qanday qismini tugatilgan kapital qiymati tashkil etishini tavsiflaydi va quyidagicha hisoblanadi: Tugatilgan asosiy kapitalning yangi kiritilgani bilan almashinish koeffitsienti – ma’lum davr mobaynida ishlab chiqarishdan chiqarilgan asosiy kapital yangi kiritilgan asosiy kapitalning necha foizini tashkil etishini tavsiflaydi: Asosiy kapitalning yaroqlilik va eskirish darajasini baholashda emirilish va yaroqlilik koeffitsientlari qo’llaniladi. Bu koeffitsientlar yil boshi va yil oxiriga hisoblanadi. Y emirilish koeffitsienti: Y aroqlilik koeffitsienti: bu yerda: ASt– t momentda (davr boshi yoki oxiri) asosiy kapitalning to’liq qiymati; AS’t – t momentda (davr boshi yoki oxiri) asosiy kapitalning qoldiq qiymati. Asosiy kapitalning yil oxiridagi to’liq va qoldiq qiymatlarini jadval ma’lumotlaridan foydalangan xolda hisoblaymiz (12.7, 12.8-jadvallar). Kapital qaytimi – iqisodiyotga jalb qilingan har bir so’mlik asosiy kapitalga to’g’ri keladigan mahsulot (ish, xizmat) qiymatini ifodalaydi: bu yerda: - hisobot davrida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot qiymati (makro ko’lamda -yalpi ichki mahsulot); - asosiy kapitalning o’rtacha yillik qiymati2. Kapital sig’imi – har bir so’mlik mahsulot ishlab chiqarish uchun necha so’mlik asosiy kapital jalb qilinganini ko’rsatadi: Asosiy kapital bilan kurollanganlik darajasi – iqtisodiyotda yoki korxonada band bo’lgan bir xodimga to’g’ri keladigan asosiy kapital qiymatini aniqlaydi: yoki
bu yerda: – iqtisodiyotda band bo’lgan aholi soni; – korxona hodimlarining ro’yxatdagi o’rtacha soni. Statistik tahlilda asosiy kapital qaytimi o’rtacha darajasining o’zgarishi va unga ta’sir etuvchi omillar qiymati baholanadi. Bunday tahlil samaradrorlik darajasining quyidagi ikki omil ta’sirida o’zgarishini baholaydi: 1) tahlil qilinayotgan to’plamga kirgan har bir korxonaning fond qaytimi darajasining o’zgarishi; 2) har bir korxona asosiy kapital qiymatining to’plamdagi ulushining o’zgarishi. Bunday tahlilda indekslar usuli qo’llaniladi va kapital qaytimining o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar indekslaridan foydalaniladi. Bu indekslarning analitik ifodasi quyidagicha: Kapital qaytimining o’zgaruvchan tarkibli indeksi: Kapital qaytimining o’zgarmas tarkibli indeksi: Kapital qaytimining tarkibiy siljishlar indeksi: Asosiy kapital qaytimi o’rtacha darajasining o’zgarishi va unga t’sir etuvchi omillar hamda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sir etgan omillar tahlilini quyidagi shartli misolda ko’rib chiqamiz. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling