Moliya” fanidan kurs ishi mavzu: Moliya bozorining mohiyati, zarurligi, asosiy vazifa va turlari. Bajardi: Qosimov F. U mm-51 2 guruh talabasi Ilmiy rahbar: Dots


-jadval “Toshkent” RFB ning qimmatli qog‘ozlar savdosi o‘zgarish dinamikasi


Download 0.59 Mb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1552548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Moliya fanidan kurs ishi

3-jadval
Toshkent” RFB ning qimmatli qog‘ozlar savdosi o‘zgarish dinamikasi16

02.03.2020 y. – 06.03.2020 y.

04.05.2020 y. – 08.05.2020 y.

  • Ushbu hafta ichida "Toshkent" RFB tomonidan 840,9 mln qimmatli qog‘ozlardan tashkil qilingan jami miqdori 16,1 mlrd so‘mlik 932 bitim imzolandi.

  • O‘tgan xafta ichida "Toshkent" RFB tomonidan 835,6 ming qimmatli qog‘ozlardan tashkil qilingan jami miqdori 1,31 mlrd so‘mlik 470 bitim imzolandi.

  • Tarmoqlar kesimida bitimlar hajmi bo‘yicha, "InFinBank" AJ qimmatli qog‘ozlari bilan 13,4 mlrd so‘mlik 2 ta bitim evaziga bank sohasi liderlik qilmoqda.

  • Tarmoqlar kesimida bitimlar hajmi bo‘yicha, "Qizilqumsement" AJ qimmatli qog‘ozlari bilan 834,6 mln so‘mlik 55 ta bitim evaziga qurilish sohasi liderlik qilmoqda.

  • O‘tgan davr ichida 281 ta bitim qurilish sohasi va 121 ta bitim sanoat sohasi emitentlar qimmatli qog‘ozlari bilan 199,6 mln so‘m hamda 139,6 mln so‘m miqdorida bitimlar amalga oshirildi.

  • O‘tgan davr ichida 151 ta bitim bank sohasi va 76 ta bitim sanoat sohasi emitentlar qimmatli qog‘ozlari bilan 2,4 mln so‘m hamda 380,8 mln so‘m miqdorida bitimlar amalga oshirildi.

  • Umumiy qilib olganda, 2020-yil boshidan "Toshkent" RFB da 1,46 mlrd qog‘ozlardan tashkil qilingan jami miqdori 98,3 mlrd sumlik 9 404 ta bitim imzolangan.

  • Umumiy qilib olganda, 2020-yil boshidan "Toshkent" RFB da 2,3 mlrd qog‘ozlardan tashkil qilingan jami miqdori 107,4 mlrd sumlik 14 287 ta bitim imzolangan

Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, karantin davrigacha bo‘lgan davr mobaynida bank-moliya sohasining qimmatli qog‘ozlar bozori o‘sish tendensiyasini ko‘rsatgan, bunda ishlab chiqarish korxonalari tomondan faol kredit olish, yangi investitsion tarmoqlarga bank tarmoqlari orqali kapitalning aylanish ko‘rstkichlari yuqori bo‘lganligida ko‘rishimiz mumkin.


Biroq, 2020-yil mart oyi o‘rtasidan boshlab respublika hududida karantin choralari tadbiq etilganligi bois ko‘pgina sohalarda ishlar sekinlashgani, hattoki to‘xtatilganligi sababli 2020-yil may oyiga qadar savdo bitimlari soni va qiymatida sezilarli pasayish kuzatilgnini ko‘rishimiz mumkin.
Shunga qaramay, 2020-yil 20-apreldan mamlakatimizda epedimeologik vaziyatning nisbatan barqarorlashganligini hisobga olgan holda aholining 1 million 325 ming nafarini ish bilan ta’minlaydigan qurilish sohasiga ruhsat berilishi natijasida ko‘pgina yirik qurilish sohasi kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlari savdosida sezilarli o‘sish ko‘zga tashlandi.
Shuningdek, korxonalarning korporativ obligatsiyalar chiqarish orqali kapital bozorida faol ishtirok etishi va mablag‘ jalb etishi milliy iqtisodiyot rivojida muhim o‘rin tutadi. Mazkur amaliyot hozirgi kunda bizning iqtisodiyotimizda rivojlanmagan. Bundan tashqari, 2020-yil 23-yanvar holatiga 602 ta aksiyadorlik jamiyati mavjud bo‘lsa, ulardan 128 tasi fond birjasi listingida turadi , ammo u yerdan pul jalb qilolmaydi. Chunki bu jarayonda ayrim to‘siqlar mavjud, jumladan, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, dividendlarni o‘z vaqtida berish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ularning ishtirok etishini ta’minlash kabi muammolar bor.
Fikrimizcha, mamlakatimiz moliya bozorining yuqori sur'atlar bilan barqaror rivojlanishini ta'minlash, xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirish, ushbu sohalarning innovatsion taraqqiyotini ta'minlash borasida Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Xulosa
Mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarda ushbu bozorni rivojlantirishning yaxlit strategiyasini shakllantirish, uning samarali infratuzilmasi shakllanishida ko‘maklashish hamda ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan amaliy harakatlarni faollashtirish, korporativ boshqaruv tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, kapital bozorini tartibga solish sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish kabi masalalar alohida ustuvorlik kasb etishi lozim.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun katta hajmdagi investitsiyalar zarur bo‘ladi. Investitsiyalarni esa moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori orqali olib kelish mumkin. Shuning uchun ham mamlakatning iqtisodiy o‘sishida moliya bozori va qimmatli qog‘ozlarning roli nihoyatda kattadir.
Moliya bozori hamda zamonaviy moliyaviy infratuzilmaning rivojlanishi innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Faqat shunday sharoitdagina investitsiya faoliyatini faollashtirish va investitsiya oqimlarini ishlab chiqarish, so‘ngra esa yuqori texnologiyalar sohasiga qayta yo‘naltirish mumkin bo‘ladi.
Moliya bozori yordamida iqtisodiyotda pul mablag‘lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto‘xtov shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. U investitsiyaga aylanayotgan pulning xo‘jalikning turli sohalari o‘rtasida erkin ko‘chib yurishi, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston moliya bozorini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish uchun kuyidagi ishlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

  • jahon amaliyoti talablariga muvofiq O‘zbekiston moliya bozori faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va barqaror rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar bozori ishtirokchilari va investorlarining huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish;

  • jahon standartlari talablariga muvofiq moliya bozorini yanada erkinlashtirish, uning barqarorligi va kapitallashuv darajasini oshirish;

  • moliya bozoriga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, milliy iqtisodiyotga xorijiy valyuta tushumlarini ko‘paytirish maqsadida mamlakatning xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyasini ta’minlovchi samarali vositalarni rivojlantirish;

  • tijorat banklari va nobank moliya institutlarining investitsion faolligini yanada kuchaytirish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish;

  • moliya bozorini yanada rivojlantirish hamda mablag‘lardan samarali foydalanish maqsadida moliya bozorida hisob-kitob, kliring tizimi barqarorligini oshirish va unga zamonaviy xalqaro tajribalarni joriy etish;

  • mamlakatimiz moliya bozorida real iqtisodiyot yoki moliya bozoridagi bazis aktivlar muomalasi doirasida hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish. Bunda hosila moliyaviy vositalar bilan spekulyativ amaliyotlarni cheklash mexanizmlarini joriy etish;

  • moliyaviy aktivlar likvidliligini oshirish, moliya bozorida innovatsiyalarni yaratish maqsadida moliyaviy aktivlar sek’yuritizatsiyasi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;

  • moliya bozoridagi likvidlilikni tartibga solish maqsadida REPO, SVOP operatsiyalarini yanada rivojlantirish;

  • moliya bozorida faoliyat yurituvchi moliya institutlari tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda zamonaviy moliyaviy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish;

  • global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida jahon moliya bozori rivojlanishining ilg‘or xorij tajribasini tahlil qilish va undan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini baholash.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan takliflar va chora-tadbirlar keng joriy etilishi O‘zbekistonda fond bozorining iqtisodiyotdagi rolini oshishi va pirovardida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling