Kurs ishining predmeti. Moliya bozorining jahon iqtisodiyotidagi o‘rni, O‘zbekiston Respublikasida moliya bozorini rivojlantirish yo‘nalishlari va jahon moliya bozori, uning amaldagi holati o‘rganilgan va tahlil qilingan.
Kurs ishining obyekti. Moliya bozorini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi va ushbu konsepsiya asosida olib boilayotgan chora-tadbirlar, erishilgan natijlar va ularning tahlili. SARS-COVID-19 pandemiyasi ta’sirida jahon moliya bozoridagi o‘zgarishlar dinamikasi tahlili va keltirib chiqargan oqibatlari.
Iqtisodchi olim va professorlarning moliya bozori hususidagi darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola va tezislar ilmiy – amaliy asos bo‘lib hizmat qiladi.
Kurs ishining maqsadi. Bugungi shiddatli iqtisodiy rivojlanish zamonida moliya bozorining ulushi yuqori darajada ekanligidan kelib chiqib, moliya bozorining tarkibi va uning tarkibiga kiruvchi kapital bozoridagi harakatlar tendensiyalarining zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganish. Jahon iqtisodiy inqirozi va epedimiologik inqiroz sharoitida moliya bozorining o‘zgarishlarini o‘rganish va xulosa chiqarish.
Mazkur maqsaddan kelib chiqib qator vazifalar qo‘yilgan:
moliya bozorining tarkibini o‘rganish;
xalqaro kapital harakatining zamonaviy tendensiyalari va bugungi holatini o‘rganish;
O‘zbekiston Respublikasida moliya bozorini rivojlantirish borasidagi ishlar va uning iqtisodiyodagi o‘rnini o‘rganish va tahlil qilish;
moliya bozorining rivojlanishiga tashqi omil(iqtisodiy inqiroz va pandemiya)larning ta’sirini iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan o‘rganish va baholash.
Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishning yangi va samarali yo‘nalishlari, jahon tajribasidan o‘tgan kapital bozori va fond bozorlarinni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish va shu davrgacha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |