Moliya” fanidan kurs ishi mavzu: Moliya bozorining mohiyati, zarurligi, asosiy vazifa va turlari. Bajardi: Qosimov F. U mm-51 2 guruh talabasi Ilmiy rahbar: Dots


-jadval Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi va uning shakllanish bosqichlari


Download 0.59 Mb.
bet6/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1552548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Moliya fanidan kurs ishi

1-jadval
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi va uning shakllanish bosqichlari5

Bosqichlar

Yillar

Xalqaro moliya bozorining tarkibiy o‘zgarishlari

Birinchi bosqich

1860-yillar

Tashqi savdoning rivojlanishi. Xalqaro oltin-valyuta bozorining paydo bo‘lishi.

Ikkinchi bosqich

1950-yillar

Milliy kredit bozorlaridagi operatsiyalarning baynalminallashuvi.




1960-yillar

Xalqaro kredit bozorining shakllanishi.

Uchinchi bosqich

1970-yillar

Uzoq muddatli kapitallar xalqaro bozorining shakllanishi. Milliy fond bozorlarining erkinlashtirilishi. Xalqaro fond bozorining shakllanishi.




1980-yillar

Transmilliy banklar va kompaniyalarning jadal sur’atlarda rivojlanishi. Xalqaro fond bozorlarining yanada kengayishi.Xalqaro sug‘urta bozoridagi dastlabki tizimli operatsiyalarning amalga oshirilishi. Xalqaro kredit bozoridagi operatsiyalarning rivojlanishi.

To‘rtinchi bosqich

1990-yillar

Xalqaro moliya bozori fond segmentining jadal rivojlanishi. Xalqaro derivativlar bozorining shakllanishi.




2000-yillar

Xalqaro derivativlar bozorining jadal rivojlanishi.

Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bog‘liq quyidagi tendensiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda:

  1. jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda;

  2. xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel investitsiyalar tomonga siljish tendensiyasi mavjud;

  3. xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda kamayib bormoqda;

  4. jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan bir sharoitda, kapital importida AQSHning ulushi kamayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQSHning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda;

  5. sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini joylashtirishning asosiy sohasi bank-moliya sektori, xizmatlar sohasi (buning ichida axborot telekommunikatsiya sohasi eng yetakchidir), farmatsevtika, biotexnologiya, elektron sanoat, ilmiy va texnologik mashinalar ishlab chiqarish bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda avvalgidek to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalar neft-gaz qazib chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlariga, agrosanoat kompleksiga jalb etilmoqda;

  6. Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy sub’yekt sifatida Trans Milliy Kompaniya(TMK)larning roli oshmoqda.

Xalqaro kapital harakati sifatida mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy resurslar oqimi milliy investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi nomutanosiblik oqibatida kelib chiqadi. Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro kapitallar harakatida o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi:

  • jahonda kapitalning notekis joylashishi;

  • ko‘p mamlakatlarda jamg‘arma va investitsiyaning nomutanosibligi;

  • mamlakatlarning investitsion muhitidagi, shuningdek kapital qo‘yilmalar uchun sharoitlardagi farqlanishlar;

  • kapital egasining kapitaldan foydalanish samaradorligidagi farqlar;

  • iqtisodiy resurs sifatida odatda kapitalning yuqori darajada safarbar etilishi.

Xalqaro kapital harakati oxirgi o‘n yillikda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, 2008-yilda sodir bo‘lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi unga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Natijada uning hajmi 101 trln. AQSh dollaridan 99 trln. AQSh dollariga, ya’ni 2 foizga pasaygan. Hozirgi kunda, jahonda xalqaro investitsiya aktivlari 135 trln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lib, 2020-yilga kelib 200 trln. AQSh dollariga yetishini hisob-kitoblar natijasida aniqlash mumkin6.
Jahonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalardan ko‘ra, ssuda kapitali miqdorining ko‘payishiga asosiy sabab xalqaro moliya bozorida arzon kreditlarga asoslanuvchi transmilliy jarayonlarning bo‘lishidir.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari mamlakat moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasida o‘z aksini topishi lozim. Xalqaro investorlar unga mos ravishda o‘z qarorlarini qabul qiladilar va investitsiyalarini harakatga keltiradilar. Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital, xususiy kapital, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli, tadbirkorlik kapitali, ssuda kapitali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, portfel investitsiyalarni keltirib o‘tish mumkin.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital – davlatlararo tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat byudjeti mablag‘larini chet eldan qabul qilish yoki chet elda joylashtirishdir. Xususiy kapital - xususiy yuridik shaxslar (firma, korxona, tashkilot, banklar va boshqalar)ning mablag‘larini ularning boshqaruv organlarining qarorlari asosida chet ellarda joylashtirishdir7.
Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ikki xil ko‘rinishda: o‘rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo‘yilmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalining qisqa muddatlisi afzal hisoblanadi. Ssuda kapitalining shartlari o‘zgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun mamlakatda iqtisodiy muhit o‘zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatli bo‘lishini ma’qul qilib qo‘rsatadi.
Bugungi kunda qator davlatlarda yirik kompaniyalar, savdo tashkilotlari va uylari, magazinlar o‘z faoliyatini cheklamoqda. Masalan, birgina IKEA magazinlari yoki Aplle hamkorlarining AQSh, Xitoy, Avstriya, Belgiya, Kanada, Chexiya, Daniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Niderlandiya, Polsha, Slovakiya, Ispaniya va Shveytsariya kabi davlatlarda vaqtincha yopilishi, ko‘pgina davlatlarda karantin e’lon qilinishi yoki xodimlarning uyda ishlash rejimiga o‘tkazilishi ham davlatlar iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, virus aniqlangan kundan boshlab Rossiyada 10 % dan ortiq kompaniyalar xodimlarini karatinga, 13 % dan ortiq kompaniyalar xodimlarini uyda ishlash rejimiga o‘tkazganligi ta’kidlanmoqda. Bugungi kunda Rossiyada ushbu kasallikning avj olishi bu ko‘rsatkichlarning bir necha barobarga oshishiga olib keldi.
Bugungi kunda dunyoning yetakchi tovar, neft, pul, investitsiya va fond bazorlarida nobarqarorlik yuzaga kelayotganligi ham jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. AQSh aviakompaniyalar birlashmasi 11 mln. xodim faoliyat ko‘rsatadigan ushbu tarmoq axvoli katta zararlarga uchrayotgani, AQSh moliya vazirligi, Kongressi va boshqa hukumat tashkilotlariga tarmoqni tezkor moliyaviy jihatdan qo‘llash zarurligi, karonavirus AQSh aviakampaniyalari, jumladan, American Airlines, Delta, United i Southwest kabilar o‘z qatnovlarini amalaga oshirish bo‘yicha 50 mlrd.doll. miqdorida davlatdan yordam tariqasida mablag‘ ajratilishiga muhtoj ekanligi, rossiya aviakompaniyalarining xalqaro qatnovlar bo‘yicha 2020-yil kuzigacha 360 mlrd.rub yo‘qotishlarga uchrashi mumkinligi hisob-kitob qilinmoqda.
Xulosa qilib aytganda, jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarning noaniqligi ortganligi hisobiga xalqaro kapital harakati sekinlashgan. Xalqaro kapital tarkibida qarz kapitali harakatining ustunligi saqlanib qolmoqda. Mamlakatning moliya bozorini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishga asosiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling