Moliya” fanidan kurs ishi mavzu: Moliya bozorining mohiyati, zarurligi, asosiy vazifa va turlari. Bajardi: Qosimov F. U mm-51 2 guruh talabasi Ilmiy rahbar: Dots
-rasm. Milliy valyuta so‘mning 1 AQSH dollariga nisbatan nominal almashuv kursi, (so‘m)
Download 0.59 Mb.
|
Moliya fanidan kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda moliya bozori salohiyatidan foydalanish yo‘nalishlari
3-rasm. Milliy valyuta so‘mning 1 AQSH dollariga nisbatan nominal almashuv kursi, (so‘m)13
COVID-19 pandemiyasining fond bozori xavfiga ta’sirini sodda, ammo o‘ziga xos statistik tahlilini taqdim etadi. Virus allaqachon minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi va dunyoning barcha mamlakatlariga jiddiy xavf tug‘dirdi. Moliyaviy bozorlar misli ko‘rilmagan miqyosda keskin siljishlarga duch kelishdi. Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, pandemiyaga qarshi global moliyaviy bozorda xatarlar sezilarli darajada oshdi. Individual fond bozori reaktsiyalari har bir mamlakatda avj olgan og‘irlik bilan aniq bog‘liqdir. Pandemiyaning katta noaniqligi va u bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlar bozorlarni juda o‘zgaruvchan va oldindan aytib bo‘lmaydigan holga keltirdi. 4. Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda moliya bozori salohiyatidan foydalanish yo‘nalishlari Jahon tajribasidan ma’lumki, milliy iqtisodiyotga investitsiya jalb qilishning muhim vositalaridan biri sifatida fond bozori imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Mazkur bozor moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatida uning barqarorligini va mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va innovatsion rivojlantirish yirik hajmdagi investitsiyalarni talab etadi. Ushbu jarayonda moliya bozorlari, xususan, fond bozori muhim rol o‘ynaydi. Fond bozorining taraqqiy etish darajasi mamlakat moliya bozori rivojlanishini belgilab beruvchi muhim bo‘g‘inlardan sanaladi. Tizim rivojida uning tarkibidagi savdo tuzilmalarining kapitallashuv darajasi, aylanma hajmining yirikligi, qimmatli qog‘ozlarning daromadlilik darajasi hamda muomaladagi instrumentlar likvidligi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, fond bozorining rivojlanishi va xalqaro integratsiyalashuvi mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu bois, ham iqtisodiyoti taraqqiy etgan barcha mamlakatlarda fond bozori rivojiga alohida e’tibor qaratiladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz moliya bozorini yanada rivojlantirish, uni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish hamda zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida qabul qilingan qonunlarga binoan yurtimizda Markaziy bank hamda tijorat banklaridan iborat bo‘lgan, bozor iqtisodiyotiga mos keladigan mustaqil, ikki pog‘onali bank tizimi yaratildi, qator sug‘urta va lizing kompaniyalari, mikrokredit tashkilotlari, “Toshkent” fond birjasi, valyuta birjasi va qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizning fond bozorini rivojlantirish yo‘lida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Institutsional va tarkibiy islohotlarni jadallik bilan amalga oshirish, davlat aktivlarini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, kapital bozorining ishonchli ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida 2019-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-sonli Farmoni14 qabul qilindi. Mazkur Farmonning qabul qilinishi davlat aktivlarini boshqarish, raqobat va kapital bozorini rivojlantirish sohalarida bir qator tuzilmaviy islohotlarni izchil amalga oshirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi. Unga muvofiq davlat aktivlarini boshqarish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, kapital bozorini rivojlantirish sohalarida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi (Farmon, 2019). Kapital bozorini rivojlantirish agentligining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda emissiya qilingan aksiyalarning umumiy nominal qiymati 100 trillion so‘mdan ortiq bo‘lib, ulardan faqatgina 1,5 foizigina erkin muomalada harakat qilmoqda. Bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan hisoblaganda 1 foizdan kam hisoblanib, ushbu ko‘rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz va Rossiyada 34 foizni tashkil etadi. Mazkur holat O‘zbekistonda kapital bozori mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasida vositachilik rolini sifat va miqdor jihatdan yuqoriga ko‘tarish uchun katta potensialga egaligini ko‘rsatadi15. E’tiborlisi, 2019-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa qator xalqaro ekspertlar ko‘magida 2020-2025-yillarda O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish strategiyasining loyihasi ishlab chiqildi va keng jamoatchilik o‘rtasida muhokamaga qo‘yildi. Mazkur strategiyaning asosiy vazifalaridan biri - erkin muomaladagi jami qimmatli qog‘ozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatini 2025-yil oxirigacha kamida 10-15 foizga yetkazish hisoblanadi. Belgilangan vazifalarga erishish uchun investorlar bazasini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, moliyaviy savodxonlikni yaxshilash orqali qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talabni oshirish, emitentlar sonini ko‘paytirish va yangi moliyaviy instrumentlar orqali qimmatli qog‘ozlar taklifini kengaytirish, qonunchilik va nazorat tizimini takomillashtirish, kapital bozori infratuzilmasini yaxshilash va kapital bozorini muvofiqlashtiruvchi organning institutsional salohiyatini mustahkamlash strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanishi maqsadga muvofiq. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, kelgusi yil uchun asosiy vazifalardan biri mazkur strategiyani qabul qilish va unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning uzviyligini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar ulushini yalpi ichki mahsulotning 10-15 foiziga yetkazish, investitsiya loyihalarni moliyalashtirishning muqobil manbasi sifatida fond bozori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kabi yangi mexanizmlarni keng joriy etish, iqtisodiyotning bank sektoriga bog‘liqligini va davlatning bank sektoridagi ishtirokini kamaytirish, yashirin aylanmadagi qo‘shimcha mablag‘larni iqtisodiyotga jalb qilish va pirovardida O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal sur’atlarda o‘sishini ta’minlash kabi muhim va dolzarb masalalarni hal etishi kutilmoqda. Moliya bozori yordamida iqtisodiyotda pul mablag‘lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto‘xtov shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. U investitsiyaga aylanayotgan pulning xo‘jalikning turli sohalari o‘rtasida erkin ko‘chib yurishi, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni ta’minlaydi. E’tiboringizga “Toshkent” RFB dagi respublikamiz hududida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti(JSST) tomonidan Covid-19 nomi berilgan koronavirus kasalligi bilan kasallangan dastlabki bemor aniqlangungacha bo‘lgan ohirgi hafta (02.03.2020 y. – 06.03.2020 y.) va aniqlangandan so‘ng ropa-rosa iiki oy o‘tgandan keyingi hafta(04.05.2020 y. – 08.05.2020 y.)lardagi solishtirma ma’lumotlarni keltiramiz(2-jadval). Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling