3.Rentabellik va uni oshirish yо‘llari
XYUS ning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabel-lik kо‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag’larga yoki realizasiya qilingan mahsulotning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi kо‘rsatkichlaridan tyez-tyez foydalaniladi:
Sotuv (sotish) rentabelligi XYUS sotuvi (sotishi)ning haj-mida sof foydaning salmog’ini kо‘rsatadi va uni quyidagi for-mula yordamida aniqlash mumkin:
K = (SF : SH) x 100%
Bu yerda: K – sotuv (sotish) rentabelligi;
SF – XYUS ning sof foydasi;
SH – XYUS ning sotuv (sotish) hajmi.
О‘z kapitalining rentabelligi XYUSning yegalari tomonidan investisiya qilingan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda bu kо‘rsatkich mablag’larning boshqa XYUS larga, qimmatli qog’ozlarga va dyepozitlarga qо‘yilishi imkoniyati bilan taqqoslanadi. Bu kо‘rsatkich kompaniyaning yegala-ri tomonidan XYUS ga joylashtirilgan har bir birlik sof foy-daning qancha pul birligi “ishlaganligini” kо‘rsatadi va formula yordamida quyidagicha hisoblanadi:
K = (SF : О‘K ) x 100%
Bu yerda: K – XYUS о‘z kapitalining rentabelligi;
SF – XYUS ning sof foydasi;
О‘K – XYUS ning о‘zlik kapitali.
Aylanma aktivlarning rentabelligi aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |