Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 0.8 Mb.
bet12/112
Sana25.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1719765
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va

3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish

Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan Moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga Moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bо‘lgan Moliyaviy resurslar fondlarining о‘lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy (Moliyaviy) qudrati qancha kuchli bо‘lsa, uning о‘sishiga xizmat qiluvchi Moliyaviy resurslar fondi va Moliyaviy oqimlar hajmi Shuncha katta (hajmli) bо‘ladi.


Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi Moliyaviy resurslar fondining nimaga mо‘ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Masalan, soliqli Moliyaviy oqim bilan korxonaning tuShumini shakllantiruvchi Moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish myetodlari ham turlichadir. О‘zining sifat mazmuniga kо‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:

  • byudjetli-soliqli Moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga kyeladi;

  • tijorat (tijoriy) Moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xо‘jalik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi;

  • nobyudjet Moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi;

Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;

  • nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qо‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;

  • boshqaruvchanlik – korxona va korporasiyalar, banklar, soliq organlari, Xazinachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;

  • nadzorchilik – korxonalarning Moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi tо‘g’risidagi ishlarni kо‘radigan va bu holda Moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.

Moliyaviy oqimlarni boshqarish bо‘yicha Yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qо‘shilib kyetib, ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bо‘lmaydi.
Agar Moliyaviy oqimlar Moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, kо‘zda tutilgan tartibda (ryejimda) va Rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sosial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bо‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini pul mablag’lari bilan tо‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, Moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag’larining yetarli bо‘lmagan hajmda va о‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bо‘lishiga, Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yо‘qotmalarning bо‘lishiga olib kyeladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Hmo
Ks = ------------------
Rmo

Bu yerda: Ks – Moliyaviy oqim samaradorligining


koeffisiyenti;
Hmo – davriy koeffisiyentga о‘zgartirilgan (korryek-
tirovka qilingan) haqiqatdagi Moliyaviy
oqim;
Rmo - Rejadagi Moliyaviy oqim.

Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini о‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporasiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi.


TuShumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan Moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag’larining oqib kyetishini xarakterlaydigan Moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning Moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy Moliyaviy oqimlar salbiy Moliyaviy oqimlardan ancha Yuqori bо‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’larining о‘lchamini aks ettiruvchi sof Moliyaviy oqimning bо‘lishi ta’minlanadi. Sof Moliyaviy oqim korxona Moliyaviy salohiyatining о‘sish, ular daromadlarining kapitalizasiyalaShuvi darajasini aniqlash, investision va innovasion imkoniyatlarining manbai bо‘lib hisoblanadi.
Korxona va korporasiyalar sof Moliyaviy oqimining о‘sishi ular rentabelligi va investision samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda Moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada Moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir nyecha kо‘rsatkichlar mavjud:

  • bir ishlovchi tо‘g’ri kyeladigan ishlab chiqarilgan YAIMning miqdori;

  • inflyasiya darajasi va dinamikasi;

  • davlat byudjetining ahvoli (dyefisit, profisit);

  • oltin valYuta zahiralarining miqdori va dinamikasi.

Davlatning Moliyaviy ahvoli mamlakat sosial-iqtisodiy komplyeksi faoliyatining natijasidir.
Jahon taraqqiyoti tyendyensiyalarining kо‘rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat Moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi ryezyervi ijtimoiy intyellyektning (sosial kapitalning) tо‘planishi (jamg’arilishi) va uni iqtisodiy о‘sishning innovasion-investision stratyegiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Sosial xarakterdagi muammolarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, turmush tarzining (hayotning) sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini о‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning Moliyaviy ahvolini kо‘rsatuvchi muhim kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab Moliyaviy vaziyatda davlat dyefolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro Moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning о‘zida davlat qarzlarini ryestrukturizasiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bо‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak.
Korxonalar, firmalar va korporasiyalar darajasida Moliyaviy ahvol tо‘lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub’yektlari va soliq organlari oldida Moliyaviy majburiyatlarini о‘z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. Tо‘lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va tо‘lov muddati kyelgan (yoki о‘tgan) Moliyaviy majburiyatlar (Mm) о‘rtasidagi nisbat dyemakdir. Sog’lom ishlayotgan korxonalar uchun tо‘lovga qobillik koeffisiyenti (TQk) doimo birdan Yuqori bо‘lishi kerak:
Pa
TQk = ------------- 1
Mm
Korxonaning Moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning о‘z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik kо‘rsatkichi va boshqa Shu kabi kо‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona tо‘lov majburiyatlari va uning Moliyaviy imkoniyatlari о‘lchamini balanslashtirishning asosiy myetodi Moliyaviy oqimlar byudjetidir (balansidir). U о‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag’lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag’larining harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana Shunday byudjet asosida korxonaning tо‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona tо‘lovga qobilligining kengaytirilgan koeffisiyenti, dyemakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) о‘ng tomoniga tyeng yoki undan katta bо‘lsa, unda korxona tо‘lovga qobildir. Agar uning о‘ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona tо‘lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag’larining tushilmalari va ularning sarflanish yо‘nalishlari bо‘yicha bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lgan Rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bо‘lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investision byudjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Myenyejmyentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani Moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa Moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot realizasiyasi, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini kо‘zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning Moliyaviy Rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dyekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) Moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning tо‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kyelajakda uning Moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling