K = SF : JA
Bu yerda: K – XYUS aylanma aktivlarining rentabel-
ligi;
SF – XYUS ning sof foydasi;
JA – XYUS ning joriy (yillik о‘rtacha) aktiv-
lari.
Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi kо‘rsat-kichi kompaniyaning asosiy kapitaliga nisbatan XYUS ning yetarli foyda hajmini ta’minlash qobiliyatini aks yettiradi. Uni for-mula yordamida quyidagicha ifodalasa bо‘ladi:
K = (SF : UMA ) x 100%
Bu yerda: K – XYUS aylanmadan tashqari aktivlarining
rentabelligi;
SF – XYUS ning sof foydasi;
UMA – XYUS ning uzoq muddatli (yillik о‘rtacha)
aktivlari.
Investisiyalarning rentabelligi koyeffisiyenti XYUS raqo-batbardoshligi va innovasionligining yeng muhim indikatorlari-dan biri hisoblanadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
K = SF : (О‘K + UMM) x 100%
Bu yerda: K – XYUS investisiyalarining rentabelligi;
SF – XYUS ning sof foydasi;
О‘K – XYUS ning о‘z kapitali;
UMM – XYUS ning uzoq muddatli
majburiyatlari.
Rentabellikni oshirish yо‘nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan bog’liq:
foyda summasini kо‘paytirish;
xarajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurs-larni kamaytirish.
Bu yо‘nalishlar har bir XYUS da konkryetlashtirilishi va rentabellikni oshirishning ryezyervlarini qidirib topish va ular-dan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.
12-mavzu. Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning baho siyosati va baholarni shakllantirish asoslari, markyeting stratyegiyasining Moliyaviy jihatlari
Reja:
Do'stlaringiz bilan baham: |