Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Davlat byudjetining daromadlari soliq turlariga kо‘ra quyidagilarga bо‘linadi
Download 0.8 Mb.
|
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va
Davlat byudjetining daromadlari soliq turlariga kо‘ra quyidagilarga bо‘linadi:
a) Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i; b) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; v) qо‘shilgan qiymat solig’i; g) aksiz solig’i; ye) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; yo) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; j) mol-mulk solig’i; z) jismoniy shaxslardan transport vositalariga byenzin, dizyel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; i) yer solig’i; k) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; l) boshqa soliqlar va yig’imlar. Davlat byudjetining daromadlari mamlakatning davlat qurilishiga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi: 1) Unitar davlatlarda: a) markaziy byudjetning daromadlari; b) mahalliy byudjetlarning daromadlari. 2) Fyedyeral davlatlarda: a) markaziy byudjetning daromadlari; b) fyedyerasiya sub’yektlarining byudjet daromadlari; v) mahalliy byudjetlarning daromadlari. Davlat byudjeti daromadlarini yana ikkita mezonga kо‘ra tasniflanishini maqsadga muvofiq dyeb hisoblaymiz: 1) davlat byudjeti daromadlarining barqarorlik darajasiga kо‘ra tasniflash; 2) davlat byudjeti daromadlarini qiymat jihatidan tasniflash. Bizning fikrimizcha, davlat byudjeti daromadlari barqarorligiga kо‘ra barqaror va nobarqaror, qiymat jihatidan Yuqori xarajatli va kam xarajatli daromadlarga bо‘linishi lozim. Shunisi xususiyatliki, har bir davlatda uning rivojlanish darajasi, xо‘jalik sub’yektlarining hukumatga bо‘lgan ishonchi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining о‘ziga xos xususiyatlari davlat byudjeti daromadlariga bevosita va kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun davlat byudjeti daromadlarini barqarorligi va qiymat jihatdan tasniflashda ana Shu xususiyatlar hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Fikrimizcha, qiymat jihatdan eng kam xarajatli daromad – bu soliqlar hisoblanadi, chunki ular davlat foydasiga qaytarib berilmaslik sharti bilan undiriladigan majburiy tо‘lovlardir. Hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish yо‘li bilan olinadigan daromadlar Yuqori xarajatli daromad hisoblanadi. Buning sababi Shundaki, birinchidan, xukumatning qimmatli qog’ozlariga nisbatan Yuqori stavkalarda foiz tо‘lanadi, chunki aholi va korxonalar, odatda, hukumatning obligasiyalariga va xazina vyeksyellariga tо‘lanadigan foizlar tijorat banklarining dyepozit va omonatlariga tо‘laydigan foiz stavkalaridan Yuqori bо‘lgandagina ularni sotib oladilar. Buning ustiga, hukumat obligasiyalariga tо‘lanadigan foiz stavkasi inflyasiya darajasini hisobga olgan holda о‘zgartiriladi, ya’ni inflyasiyaning о‘sgan darajasini hisobga olgan holda tо‘lanadi. Ikkinchidan, dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, jumladan, Rossiya Fyedyerasiyasida va О‘zbekistonda korxonalarning hukumat obligasiyalaridan oladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Dyemak, davlat byudjetiga soliq tuShumlarining bilvosita kamayishi Yuz beradi. Dunyo mamlakatlarining asosiy qismida davlat byudjeti xarajatlarini va defisitini qoplashda bank kreditlaridan foydalaniladi. Shu jihatdan olganda, bank tizimining kreditlari ham davlat byudjetining daromad manbalaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda, xalqaro byudjet amaliyotining tajribalarini о‘rganish natijalari Shuni kо‘rsatayaptiki, rivojlangan mamlakatlarda Markaziy bank tomonidan hukumatga berilayotgan kreditlarning asosiy qismi lombard stavkalarda berilayapdi. Holbuki, lombard stavkalar nisbatan Yuqori stavkalar bо‘lib, ular Markaziy bankning sof stavkasiga nisbatan 2-3 punktga Yuqori bо‘ladi. Hukumatga tijorat banklar tomonidan berilayotgan kreditlar bozor stavkalarida beriladi. О‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning huquqiy asosi bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi tо‘g’risida» gi Qonuni hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, mazkur qonunda davlat byudjeti daromadlarini tasniflashning ikki mezoniga, ya’ni daromadlarni davlat qurilishiga kо‘ra va tashkil topish manbalariga kо‘ra tasniflash mezoniga amal qilingan. Xususan, qonunning 15-moddasida Respublika byudjeti daromadlarining tashkil topish manbalariga kо‘ra turlari о‘z aksini topgan bо‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy tо‘lovlar; 2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bо‘yicha davlat Moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha davlat mulkiga о‘tgan pul mablag’lari; 4) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet el davlatlaridan kyelgan qaytarilmaydigan pul tuShumlari; 5) ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan tо‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar. Qonunning 18-moddasida esa mahalliy byudjetlarning daromadlari tashkil topish manbalariga kо‘ra aks ettirilgan bо‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yо‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy tо‘lovlar; 2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga о‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy tо‘lovlar; 3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 4) qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha davlat mulkiga о‘tgan pul mablag’lari; 5) Yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotasiyalari, byudjet subvyensiyalari va byudjet ssudalari; 6) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet el davlatlaridan kyelgan qaytarilmaydigan pul tuShumlari; 7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. Dyemak, davlat byudjeti daromadlarining mohiyatini tо‘liq ochish uchun ularni 5 ta mezonga asosan tasniflash maqsadga muvofiqdir. Byudjet daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil qilishi, byudjetning iqtisodiyotni tartibga soluvchi vazifasini kuchaytiradi. Daromadlar tarkibida egri soliqlarning ulushi ortishi mamlakat ishlab chiqarish quvvatiga, iqtisodiyotning taraqqiyotiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi, о‘tish davrida bu ayniqsa muhim. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, egri soliqlarning iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati kattadir. Egri soliqlar undirishning oddiyligi bilan ajralib turadi, ularni qо‘llash ishlab chiqarish pasayib kyetayotgan sharoitda ham byudjetni mablag’ bilan ta’minlab turish imkonini beradi. 2.Davlat byudjetining soliqli daromadlari . Rivojlangan xorijiy davlatlarda davlat byudjeti daromadlarining 90 foizdan ortiq bо‘lgan qismi soliq tuShumlari hisobidan shakllanadi. Buning asosiy sabablari bо‘lib, soliqlarning fiskallik va iqtisodiy funksiyalarining mavjudligi hisoblanadi Tarixan soliqlar har qanday davlat byudjetini shakllantirishning asosiy manbalaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Soliq tuShumlari hisobidan davlat qurilish va jamiyatni ta’minlash uchun zarur bо‘lgan pul mablag’lari jalb qilinadi. О‘zining mohiyatiga kо‘ra soliqlar davlat byudjetining Yuqori daromadli manbalaridan biri hisoblanadi. Buning boisi Shundaki, birinchidan, soliqlar davlat byudjeti tomonidan qaytarib bermaslik sharti bilan undiriladi; ikkinchidan, ular byudjetning davlat xarajat qilmaydigan qismi hisoblanadi. Byudjet daromadlari solik va solikdan tashkari manbalardan shakllanadi. Solikdan olinadigan daromadlarning asosiy manbalari – bu yangidan yaratilgan kiymat va uning dastlabki kayta taksimlanishi natijasida olingan daromadlar (foyda, ish xaki, kushilgan kiymat, ssuda foizi, ryenta, dividyendlar va boshkalar), Shuningdyek jamgarmalardir. Solikdan tashkari daromadlar yo davlatning uz iktisodiy faoliyati yoki ilgari olingan daromadlarni byudjet tizimining darajalari buyicha kayta taksimlanishi natijasida Yuzaga kyeladi. Soliklar – bu davlat (markaziy yoki maxalliy xokimiyat) Yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan majburiy tulovlar xisoblanadi. Agar ularning moddiy mazmuniga e’tibor kiladigan bulsak, soliklar – milliy daromadning xujalik Yurituvchi sub’yektlar va axolidan umumdavlat extiyojlari uchun undiriladigan kismini tashkil kiladi. Soliklar rivojlangan tovar ishlab chikarishning muxim kategoriyasi bulib, albatta yanada kengrok kategoriya – davlat byudjeti bilan chambarchas boglangan. CHunki soliklar byudjetining shakllarishida ishtirok etadi. soliklar fiskal (xazina daromadlarini tuldirish) va ragbatlantiruvchilik vazifalarini bajargan xolda yagona byudjet jarayonida ishtirok etadi. Birinchi vazifa byudjet daromadlarini bajarish uchun axoli va korxona daromadlarining bir kismini olish (olib kuyish) yо‘li bilan olib boriladi, ikkinchi vazifa esa, myexnat resurslarni tyejamkorlik bilan ishlatish, ishlab chikarishni kengaytirish va texnika bilan kayta qurollantirishi motivlariga iktisodiy dastaklar orkali ta’sir kursatishda о‘z ifodasini topadi. Soliklar tasnifi davlat byudjetining jami daromadlari kabi birkancha belgilar buyicha amalga oshiralid. Ularga kuyidagilar kiradi: soliklarni undirish va ularni usullari; solik (solikka tortish) ob’yekti (tarmok, idora, ularning axamiyati); ular tuShum buladigan byudjetlar darajasi. Undirish shakllariga kura soliklar tugri (bevosita) va egri (bilvosita) soliklarga bulinadi. Egri soliklar tovar mikdoriga kushiladi. Odatda bunday soliklar byudjetga korxonalar, tashkilotlar va boshka xujalik buginlaridan tushsada, aslida ularning xakikiy tulovchilari tovarlar va xizmatlarning istye’molchilari xisoblanadi, chunki ular narxdagi solik mikdorini koplaydilar. Tugri solikklar jismoniy va Yuridik shaxslarning daromadlarini bevosita kamaytiradi, chunki bu soliklar daromadlar (foyda, kapital, ish xaki)dan, Shuningdyek, mulkning ayrim turlari (kuchmas mulk, yer tabiiy resurslar va boshkalar)dan undiriladi. Tugri soliklar ishlab chikarish (muomala) xarajatlariga kiritilishi mumkin yoki bevosita daromadlardan undiriladi. О‘zbekiston Respublikasining unitar tuzilishi О‘zbekiston Respublikasining soliq tizimida ikki xil soliqlar bо‘lishini: umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig’imlarning mavjudligini belgilaydi. О‘zbekiston Respublikasining soliq tizimida 20 dan ortiq soliq va yig’imlar mavjud bо‘lib, asosiy ulush umumdavlat soliqlariga tо‘g’ri kyeladi. Anik bir solik turini xisoblash tartibini byeglashda asosiy narsa – solikka tortish ob’yektidir. Bevosita solikka tortish ob’yektlariga jami turdagi resurslar, daromadlar, mol-mulk, yegri solikka tortish ob’yektiga ayrim tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan pul aylanmasi (yoki uning bir kismi) kirishi mumkin. Axamiyatga kura umumdavlat va maxalliy soliklarga bulinadi. Umumdavlat soliklari markaziy xokimiyat organlari byudjetiga, maxalliy soliklar butkul maxalliy byudjetlarga tushadi. 2002 yil 1 yanvar xolatiga kura umumdavlat soliklariga kuyidagilar kiradi: 1. Yuridik shaxslar daromad (foyda) soligi; 2. kichik korxonalarni yagona solikka tortilishi; 3. jismoniy shaxslar daromad soligi; 4. kushilgan kiymat soligi; 5. aksiz soligi; 6. yer octidan foydalanganlik soligi; 7. suv resurslaridan foydalanganlik soligi (2002 yildan uni maxalliy solikka biriktirib kuyilgan). Soliqli daromadning davlat byudjeti daromadlari hajmidagi salmog’ining о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri soliq Yukini soliq tо‘lovchilar о‘rtasida adolatli taqsimlanishi hisoblanadi. Soliq Yukini soliq tо‘lovchilar о‘rtasida adolatsiz tarzda taqsimlanishi ular о‘rtasida qarama-qarshilikni paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Xususan, daromadlarni miqdoriga kо‘ra bir-biridan syezilarli darajada farq qilgani holda, ularni bir xil stavkada soliqqa tortish yoki soliq tо‘lovchilarning ma’lum toifalari uchun soliq imtiyozlari belgilash ularni notyeng ahvolga solib qо‘yadi. Buning natijasida soliq tо‘lovchilar о‘rtasida о‘zaro qarama-qarshilik Yuzaga kelishi mumkin.Soliqli daromadlarning davlat byudjeti daromadlari hajmidagi salmog’iga ta’sir etuvchi asosiy omillardan yana biri soliq tuShumlarini byudjetlar о‘rtasida taqsimlash tartibini takomillashganligi hisoblanadi. Agar bu tartib takomillashmagan bо‘lsa, u holda Markaziy byudjetning yoki mahalliy byudjetlarning daromad bazasiga nisbatan salbiy ta’sir Yuzaga kyeladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling