Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Davlat byudjeti Qoraqalpog’iston respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni ijrosi Yuzasidan hisobot
Download 0.8 Mb.
|
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bug’ini sifatida Byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqsad va vazifalari
- 1. Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bug’ini sifatida
Davlat byudjeti Qoraqalpog’iston respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni ijrosi Yuzasidan hisobot:
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkyent shahri Moliya organlari о‘tgan Moliyaviy yil bо‘yicha har yili 20 fyevraldan kyechikmasdan hisobotlarni о‘zlarining quyi organlariga qabul qiladi va bir vaqtning о‘zida Moliya vazirligiga hisobotlar nusxasini taqdim etadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkyent shahri hokimiyatlari mos ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasining Jokargi Kengyesi va mahalliy xalq organlarga 25 fyevralgacha kо‘rib chiqish va tasdiqlash uchun hisobotlar taqdim etiladi. О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobot yilidan kiyingi yilning birinchi maygacha hisobot tuzadi va vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. О‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi bu hisobotni kо‘rib chiqib tasdiqlagandan sо‘ng О‘zbeksiton Respublikasi Oliy majlisiga taqdim etiladi. Davlat byudjetini bajarilishi tо‘g’risidagi hisobotni Oliy Majlis qarori bilan tasdiqlanadi va bir oylik muddat ichida matbuotda e’lon qilina 19-Mavzu: Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalariREJA:Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bug’ini sifatida Byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqsad va vazifalari Ijtimoiy va iqtisodiy jamg’armalar Byudjetdan tashqari jamg’armalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati 1. Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bug’ini sifatida Davlat Moliyasi davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarish uchun pul mablag’lari bilan ta’minlashga undalgan Moliya tizimining muhim bug’inidir. Davlat Moliyasi tarkibiga quyidagilar kiradi: - Davlat byudjeti. - Byudjetdan tashqari jamg’armalar. - Davlat kreditlari. - Davlat korxonalari Moliyasi. Davlat Moliyasining sanab о‘tilgan turli xildagi bug’inlari bо‘yicha davlat iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning tarmoq va hududiy muammolarning yechimlarini keng miqyosda hal etadi. Davlat Moliyasi tarkibida alohida о‘rinni egallaydigan byudjetdan tashqari jamg’armalar tyegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’liq bо‘lmaydi va mustaqil Yuridik shaxs huquqiga egadirlar. Byudjetdan tashqari jamg’armalar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar – umumdavlat Moliyasining muhim bug’ini bо‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yо‘llari kо‘rsatilgan, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatining Yuqori organlarining tyegishli aktlari asosida о‘z faoliyatini amalga oshiradilar. Byudjetdan tashqari jamg’armalarni: - konsolidasiyalashgan byudjetga qо‘shiladigan jamg’armalar; - konsolidasiyalashgan byudjetga qо‘shilmaydigan jamg’armalarga ajratish mumkin. Funksional jihatiga kо‘ra va boshqaruv darajasiga kо‘ra byudjetdan tashqari jamg’armalar turli xil bо‘ladilar. Ularni funksional jihatiga kо‘ra iqtisodiy yoki ijtimoiy jamg’armalarni bо‘lish mumkin. Boshqaruv darajasiga qarab esa umumdavlat respublika va ryegional jamg’armalarga bо‘lish mumkin. Hozirgi kunda respublikamizda bir nyechta byudjetdan tashqari jamg’armalar faoliyat kо‘rsatmoqda: - Pyensiya jamg’armasi (ijtimoiy sug’urta jamg’armasi birgalikda) Shular jumlasidandir. Pyensiya jamg’armasi – bu pyensiya bilan ta’minlovchi davlat Moliya boshqaruvining organidir. Bu jamg’arma mustaqil Moliya instituti hisoblanib, bu jamg’armaning mablag’lari davlat byudjeti tarkibiga kirmaydi. Pyensiya jamg’armasi bilan davlat byudjetining farqli tomoni Shundan iboratki, о‘z resurslarining hissasi balandligi va markazlashtirilgan manbalardan katta mablag’ va dotasiyalarni rad etadi. Maxsus pyensiya tо‘lovlari ijtimoiy himoya doirasida shaxsiy funksional vazifaga ega bо‘lib, tuShumlar va mablag’lar bilan qо‘shilmagan holda pyensiya jamg’armasida tо‘planadi. Pyensiya jamg’armasi idoralari pyensiya jamg’armasi byudjetining ijro etilishi bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan byudjetdagi korxona va tashkilotlar uchun buxgaltyerlik hisobining hisob varaqlari Rejasini qtllagan holda hisob Yuritadilar va yilning har choragida pyensiya jamg’armasi byudjetining ijro etilishi haqida Moliyaviy hisobotlarini tuzadilar. Mamlakatimiz о‘zining 22 yillik tarixi mobaynida ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida tub islohotlarni amalga oshirish imkoniyatlariga ega bо‘ldi. Istiklolga erishilgandan sо‘ng о‘tgan yillar mobaynida respublikada juda kо‘plab о‘zgarishlar amalga oshirildi va milliy iqtisodiyotning moddiy asoslari yaratildi. Shu davr mobaynida Moliya tizimi О‘zbekistonning milliy xususiyatlariga asoslangan holda kayta shakllandi, mamlakatda yaratilgan milliy daromadni kayta taqsimlashda davlatning iqtisodiyotga aralaShuvi birmuncha kamaydi, Shundan kelib chiqqan holda esa, Moliya tizimining tarkibiy qismi bо‘lgan maqsadli jamg’armalarni takomillashtirish bо‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar davlat byudjetida davlatning dyeyarli hamma mablag’lari tо‘planar edi. Moliyaning Yuqori darajadagi jamlanishi va markazlaShuvi bir qancha ustunliklarga ega bо‘lgan bо‘lib, uning asosiysi sifatida, tо‘plangan mablaglarni ayrim hudud, soha, tarmok yoki tarmoqlararo komplyekslarlarda mavjud global muammolarni yechishga yо‘naltirilganini aytish mumkin. Biroq bu turdagi markazlaShuvning asosiy kamchiligi, Moliyaviy mablaglarning umumxо‘jalik tizimi va alohida olingan Moliya ob’yektlarining rivojlanishidagi samara darajasining juda past bо‘lganligidir. Sir emaski, istiqlolimizning dastlabki yillarida xо‘jalik tizimining bir turdan boshqa turiga о‘tish jarayonida iqtisodiyotimizda, bir qancha muammolar Yuzaga kyelgan. Iktisodiy va Moliyaviy muammolar aholi turmush darajasining syezilarli darajada pasayishi va ishsizlikning darajasining о‘sib kyetishiga asosiy sabab bо‘ldi. Bunday sharoitda, bir tomondan cheklangan Moliyaviy mablaglarning davlat miqiyosidagi muhim umumiqtisodiy va ijtimoiy talablarni qondirilish maqsadiga yо‘naltirish chora-tadbirlari tursa, ikkinchi tomondan esa, Moliyaviy tanqislikni kyeltirib chiqaruvchi inqiroz sharoitida markaziy hokimiyatning oldida jamiyat ehtiyojlarini zaruriy ravishda qondirish uchun, boshqa, davlat ahamiyatiga molik xarajatlardan voz kyechishga majbur bо‘ladi. Shuning uchun ham davlat byudjetidan maqsadli jamg’armalarni ajratish zarurati Yuzaga kyeldi. CHunki ma’lum maqsadga yо‘naltirilgan jamg’armalarning tashkil qilinishi natijasida о‘sha sohaga bо‘lgan e’tibor yanada kuchayadi. Ijtimoiy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar ham ajralib chiqa boshladi va ularning asosida taraqqiyot yо‘limizning byesh tamoyilidan biri - kuchli ijtimoiy siyosat omili asosiy о‘rin tutar edi. Maqsadli jamg’armalarning tashkil qilinishi davlat о‘z Moliyaviy resurslaridan yanada samaraliroq foydalanish uchun zarurdir. Maqsadli jamg’armalarning davlat tomonidan qat’iy belgilanganligi, manbalarni tashkil etish yо‘llari aniq kо‘rsatilganligi, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniklab berilganligi, hukumatning Yuqori organlarini tyegishli qonun hujjatlari asosida о‘z faoliyatini Yuritishi bois ular umumdavlat Moliyasining muhim bо‘gini hisoblanadi. Maqsadli jamg’armalarning о‘z maqsadiga kо‘ra sarflanishi esa davlat ahamiyatga molik ijtimoiy muammolarni hal qilishi bilan birga, aholi turmush darajasining yaxshilanishi va ou orkali mamlakatda amalga oshirilayotgan iktisodiy isloxotlarning kanchalik samara berayotganidan dalolat beradi. Maqsadli jamg’armalarning zarurligi va maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil - bu byudjet taqchilligidir. Xarajatlarning daromadlardan о‘sib kyetishi Moliyaviy mablag’larni faqat kidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar, va jismoniy shaxslardan tushgan mablag’larni kayta guruhlanishini ham talab etadi. Pirovardida esa, xо‘jalikni va xususiylashtirishning kо‘p qirrali shakllari, byudjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag’larini qayta taqimlashning yangi usullarini qо‘llash zaruriyatini qat’iy talab etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan sо‘ng bozor iqtisodiyotiga о‘tish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyada bozor iqtisodiyotining tub belgilarini ilmiy izohlagan holda, ularni shakllantirish yо‘llari yoritib berilgan. Shu bilan birga unda aholining keng katlamlarini, eng avvalo uning nochor guruhlarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash chora tadbirlarini kо‘rish zarur dyeb qaraladi. Bizning mamlakatimizda ijtimoiy himoyalash muommolarni hal etishda SHarqda ming yillar davomida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyokarash xususiyatlariga muvofiq yо‘l tutiladi. Ijtimoiy siyosatning bizning respublikamizda alohida ahamiyatga ega ekanligi fakat iktisodiy vaziyatlargagina bog’lik emas, balki sog’lom avlodni tarbiyalash hakida, kо‘p bolali uzbek oilasiga madad berish hakidagi g’amxо‘rlik ham, halkning ma’nviy qadriyatlariga asoslangan holda kyeksalarga, himoyasizlarga an’anaviy yordam berish ehtiyoji bilan bog’likdir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling