MOLIYA
FANI BO‘YICHA SILLABUS
kunduzgi bo‘lim uchun
Bilim sohasi: 400000 – Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: 410000 – Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi: 60410100 –Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)
ANDIJON – 2023 YIL
Modul / FAN SILLABUSI
Fan nomi:
|
Moliya
|
Fan turi:
|
Majburiy
|
Fan kodi:
|
M2110
|
Yil:
|
2
|
Semestr:
|
3-4
|
Ta’lim shakli:
|
Kunduzgi
|
Mashg‘ulot shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
3-semestr-120 soat, 4- semestr-180 soat
|
Ma’ruza
|
3-semestr-30 soat, 4- semestr-30 soat
|
Amaliy mashg‘ulot
|
3-semestr-30 soat, 4- semestr-60 soat
|
Laboratoriya mashg‘uloti
|
-
|
Seminar
|
-
|
Mustaqil ta’lim
|
3-semestr-60 soat, 4- semestr-90 soat
|
Kredit miqdori:
|
3-semestr-4, 4- semestr-6
|
Baholash shakli:
|
Imtihon
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
Fan maqsadi (FM)
|
FM1
|
Talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, moliyani boshqarish, moliyaviy infratuzilma, moliyaviy yangiliklar, pul oqimlari harakati, pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili, moliyaviy hisobotlar, moliyaviy tashkilotlar moliyaviy faoliyati, moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startaplarni moliyalashtirish, sug‘urta, xalqaro moliya munosabatlari va boshqa shu kabi moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hisoblanadi.
|
Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
|
1.
|
Biznesda buxgalteriya hisobi (BBH1104)
|
2.
|
Iqtisodiyot nazariyasi (IN1108)
|
3.
|
Iqtisodiyotda axborot -kommunikatsion texnologiyalar (IAKT1108)
|
Ta’lim natijalari
|
|
Bilimlar jihatidan
|
TN1
|
Moliyaning mohiyati va vazifalari, moliyaviy tizim, moliyaviy siyosat, uy xo‘jaliklar moliyasi, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat, xalqaro moliya munosabatlari, davlat byudjeti, davlat krediti, sug‘urta munosabatlari, moliyaviy nazariyalar haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
|
TN2
|
Moliyaviy qarorlar, moliyaviy yangiliklar va moliyaviy bozorlar moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startaplarni moliyalashtirish, moliyaviy vositachilar,moliyaviy hisobot:mazmuni,vazifalari va turlari,
moliyaviy muassasalarda moliyaviy faoliyat jarayoni, inson hayotida moliyaviy rejalashtirishni bilish va ulardan foydalanish bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;
|
TN3
|
Talaba amaliyotda moliyaviy natijalarni tahlil qilish usullarini qo‘llash, moliyaviy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Ko‘nikmalar jihatidan
|
TN4
|
Moliya va investitsion portfelni shakllantirish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
|
TN5
|
Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |