“Moliya” fanidan test
Download 414.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Moliya Test (2)
“Moliya” fanidan TEST 1. Moliyaviy vositachilarning asosiy vazifasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash; B) banklardagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash; C) sug’urta bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash; D) axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash. 2. Moliyaviy vositachilar to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) banklar, depozit jamg’armalar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, o‘zaro fondlar, investitsion banklar. venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar; B) banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, supermarketlar, investitsion banklar, venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar; C) banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, ta’lim institutlari, o‘zaro fondlar, investitsion banklar. venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar; D) banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, o‘zaro fondlar, investitsion banklar. venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar. 3. Bank birinchi bo’lib qaysi davlatda paydo bo’lgan? A) Italiya; B) Fransiya; C) AQSH; D) Germaniya. 4. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaruvchi tashkilotlar ………… deb taladi. A) universal banklar; B) tijorat banklar; C) investitsion banklar; D) pensiya fondlari. 5. Uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etuvchi moliyaviy vositachi tashkilot to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) sug’urta kompaniyalari; B) banklar;
C) o’zaro fondlar; D) kredit uyushmalari. 6. Bir guruh investorlar tomonidan sotib olinadigan va professional investitsiya kompaniyasi yoki boshqa biror moliya muassasasi tomonidan boshqariladigan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarning tashkiliy shakllantirilgan to‘plami …………… deb ataladi. A) o’zaro fondlar; B) investitsion banklar; C) sug’urta kompaniyalari; D) kredit uyushmalari. 7. Bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi ko’rsatkichi (NAV) qanday aniqlanadi? A) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga bo‘linadi; B) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga ko’paytiriladi; C) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar qiymatiga bo‘linadi; D) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar qiymatiga ko’paytiriladi. 8. Sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashganaxborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firma berilgan javobni aniqlang. A) Best's; B) Moody's; C) Standard & Poor's; D) Bloomberg. 9. Venchur kompaniyalari va investitsion banklarning eng bir-biridan farqlanuvchi asosiy jihati to’gri berilgan javobni aniqlang. A) investitsiya banklarning mijozlari yirik banklar hisoblansa, venchur kompaniyalarning mijozlari faoliyatini endi boshlagan firmalar hisoblandi; B) investitsiya banklarning mijozlari faoliyatini endi boshlagan firmalar hisoblansa, venchur kompaniyalarning mijozlari yirik banklar hisoblandi; C) investitsiya banklarning mijozlari sug’urta kompaniyalari hisoblansa, venchur kompaniyalarning mijozlari yirik banklar hisoblandi; D) investitsiya banklarning mijozlari faoliyatini endi boshlagan firmalar hisoblansa, venchur kompaniyalarning mijozlari pensiya fonlari hisoblanadi. 10. Xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilotlarga o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam beruvchi moliyaviy vositachilar tog’ri ko’rsatilgan javobni belgilang. A) investitsion banklar; B) o’zaro fondlar; C) sug’urta kompaniyalari; D) venchur kompaniyalar. 11. Olinayotgan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilinayotgan daromadlik stavkasiga…………………. deb ataladi. A) foiz stavkasi; B) real stavka; C) nominal stavka; D) bank stavkasi. 12. Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita bo‘yicha foiz stavkasi miqdori qanday omillarga bo’g’liq? A) hisob-kitob pul birligi, to‘lov muddati va kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski; B) hisob-kitob pul birligi, to‘lov muddati va to’lov darajasi; C) hisob-kitob pul birligi, mijozning kreditga layoqaliligi va kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski; D) mijozning kreditga layoqaliligi, to‘lov muddati va kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski. 13. 20.03.2018 sanada Siz 200 AQSH dollariga 1 yilga 8 % AQSH davlat obligatsiyalarini sotib oldingiz. Ushbu sanda 1 AQSH dollari 8010 so’mni tashkil etgan bo’lsa, 20.03.2019 sanada 1 AQSh dollari 8210 so’mni tashkil etdi. So’m uchun real daromadlilik stavkasini aniqlang. A) 11,7 %; B) 8 %; C) 6,7 %; D) 4 %. 14. Siz investor sifatida yil boshida “NNN” kompaniyasining 100 dona aksiyasini 11200 so’mdan sotib oldingiz. Yil oxirida kompaniya har bir aksiya uchun 370 so’mdan dividend to’lashini e’lon qildi. Kompaniya aksiyalarining fond bozoridagi bahosi 12121 so’mni tashkil etdi. Investor tomonidan kompaniyaga kiritilgan kapitalning daromadliligini aniqlang. A) 11,53%; B) 12,51%; C) 6,75%; D) 8,45%. 15. “Nikkei”, “Topix” kabi indekslar qaysi davlat fond bozorlarida qo’llaniladi. A) Yaponiya; B) Fransiya; C) BAA; D) Germaniya. 16. Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini ma’lum bir birja indeksiga bog‘lash maqsadiga asoslangan investitsiya strategiyasiga …………………..deyiladi. A) indeksatsiyalash; B) investitsiyalash; C) sarmoyalash; D) bozor stavkasi. 17. “CAC 40” indeksi qaysi mamlakat fond bozorlarida foydalaniladi. A) Fransiya; B) Yaponiya;
C) Gollandiya; D) Germaniya. 18. …………– bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o’sishidir. A) Inflatsiya; B) Devalivatsiya; C) Revalivatsiya; D) Bifilatsiya. 19. Nominal foiz stavkasi 19 %, inflatsiya darajasi 14 %. Daromadlilikning real stavkasini aniqlang. A) 4,4 %; B) 5%;
C) 5,4 %; D) 7,8%. 20. Inflyatsiyadan himoyalangan yangi turdagi qo‘shimcha jamg‘arma obligatsiyalari qanday nomlanadi? A) I Bond; B) I Stock; C) I Veksel; D) I Saving. 21. Sug’urta kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgani uchun sug’urtalanuvchi tomonidan to‘lanadigan pullar …………………. deyiladi. A) sug’urta mukofoti; B) sug’urta badali; C) sug’urta polisi; D) sug’urta shartnomasi. 22. Bir
valyutaga nisbatan boshqa bir
valyutaning bahosini o’zgarishi………………. deb ataladi. A) valyuta kursi; B) valyuta riski; C) valyuta ayirboshlash; D) valyuta sotuvi. 23. Daromadi va’da qilingan daromad stavkasida beriladigan moliyaviy instrument ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) obligatsiya; B) aksiya; C) fyuchers; D) forvard. 24. “FT-30”, “FT-100” fond bozori indekslari qaysi mamlakat fond bozorlarida ishlatiladi? A) Buyuk Britaniya; B) Fransiya; C) Germaniya; D) Avstraliya.
25. 20.03.2018 sanada Siz 100 iyenaga 1 yilga yillik 10 % daromad keltirishi belgilangan yaponiya davlat obligatsiyalarini sotib oldingiz. Ushbu sanada 1 iyena 140 so’mni tashkil etgan bo’lsa, 20.03.2019 sanada 1 iyena 130 so’mni tashkil etdi. So’m uchun real daromadlilik stavkasini aniqlang. A) 2,1 %; B) 2,5 %; C) 2,7 %; D) 2,9 %. 26. Investorda 50 mln.so’m bor va shu summani ikki yil muddatga bankka omonatga qo’ymoqchi. Birinchi bankda omonat uchun yillik foiz stavkasi 7%ni tashkil etadi, ikkinchi bank esa birinchi yil 6%, ikkinchi yil 8% li omonatni taklif etmoqda.Bunday vaziyatda investor ulardan qaysi birini tanlaydi? A) Birinchi bankni; B) Ikkinchi bankni; C) Investor uchun farqi yo’q; D) Investor boshqa uchinchi bankni tanlaydi. 27. Siz bankka 10 mln.so’mni yillik 17% dan 7 oy muddatga omonatga qo’ydimgiz. Murakkab foiz formulasi orqali 7 oy uchun hisoblanga foiz miqdorini aniqlang. A) 1034822 so’m; B) 991667 so’m; C) 895612 so’m; D) 1348229 so’m. 28. Murakkab foiz formulasi orqali yillik 10% stavka bilan 5 yilga omonatga qo’yilgan 1000 AQSh dollarini bo’lajak qiymatini aniqlang. A) 1610 $; B) 1510 $; C) 1655 $; D) 1500 $. 29. 100 AQSH dollarini yillik 8 % dan 45 yilga omonatga qo’yilsa, 100 AQSH dollarini bo’lajak qiymatini aniqlang. A) 3192 $; B) 3992 $; C) 3292 $; D) 3392 $. 30. 100 AQSH dollarini yillik 9 % dan 45 yilga omonatga qo’yilsa, 100 AQSH dollarini bo’lajak qiymatini aniqlang. A) 4833 $; B) 4733 $; C) 4633 $; D) 4533 $. 31. Bir yildan keyin 10 mln.so’m kerak. Bank sizga yillik 14 % stavkasini taklif qilmoqda. 10 mln. so’mni keltirilgan qiymatini aniqlang. A) 8771930 so’m; B) 8671930 so’m; C) 8671920 so’m; D) 8671290 so’m. 32. Keltirilgan qiymatni aniqlash …………… deb ataladi. A) diskontlash; B) investitsiyalash; C) bo’lajak qiymatni topish; D) annuitet. 33. 1000 AQSh dollarini 10 %li diskont stavkasidan foydalangan holda keltirilgan qiymatini aniqlang. n - 5 yil. A) 620,92 $; B) 610,92 $; C) 1610,95 $; D) 1620,95 $. 34. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning bo’lajak qiymatini (FV) aniqlang. n i
FV PMT
3 yil 10 %
0 ? 100 $ A) 364,10 $; B) 334,10 $; C) 354,10 $; D) 344,10 $. 35. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning keltirilgan qiymatini (PV) aniqlang.
A) 8559,48 $; B) 8659,48 $; C) 8759,48 $; D) 8459,48 $. 36. Amalga oshirsa bo’ladigan rejalardan eng yaxshisini tanlashga yordam beradigan miqdoriy model ……………………………. deb ataladi. A) optimallashtirish modeli; B) diskontlash modeli; C) byujdet cheklovi modeli; D) annuitet modeli. 37. Odam bo’lajak davrda bajaradigan ishi uchun oladigan daromadning keltirilgan qiymati - …………….deb ataladi. A) inson kapitali; B) doimiy daromad; C) jamg’arma kapitali; D) investitsiya kapitali. 38. Keltirilganqiymati inson kapitaliga teng bo’lgan iste’molga sarflanadigan xarajatning doimiy darajasi – ……………………. deb ataladi. n i
FV PMT
15 8 %
? 0 1000 $ A) doimiy daromad; B) inson kapitali; C) jamg’arma kapitali; D) investitsiya kapitali. 39. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning to’lovini aniqlang (PMT) aniqlang.
A) 5646 $; B) 5446 $; C) 5344 $; D) 5488 $. 40. Umar 35 yoshda. Yaqinda yaxshi kompaniyaning moliyaviy tahlilichisiga aylandi. Yiliga 30000 AQSH dollari daromad oladi. Yillik real daromadlilik darajasi 3 %. Umar 30 yil ishlashni rejlashtirgan. Umarning inson kapitalini aniqlang. A) 588013 $; B) 597017 $; C) 597013 $; D) 586017 $. 41. 7 mln.so’m pul yillik 14% dan 3 yil muddatga bankka omonatga qo’yildi. Murakkab foiz formulasi orqali hisoblanga foiz miqdorini aniqlang. A) 3370808 so’m; B) 3380808 so’m; C) 3360808 so’m; D) 3970808 so’m. 42. Jasur bankka 1200000 so’mni 2 yil muddatga omonat qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 387000 so’m hisoblangan foizlarni taqdim etdi. Murakkab foiz formulasidan foydalangn holda yillik omonat foizini aniqlang. A) 15 %; B) 16 %; C) 14 %; D) 17 %. 43. Suhrob bankka 1800000 so’mni ma’lum muddatga yillik 16% dan omonatga qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 1009613 so’m hisoblangan foizlarni taqdim etdi. Murakkab foiz formulasidan foydalangan holda omonat muddatini aniqlang. A) 3 yil; B) 2 yil; C) 4 yil; D) 2,5 yil. 44. Investitsion loyihalarda yoki kreditni qaytarish sxemasida bo’lajak pul tushumlari yoki to’lovlari yildan yilga o’zgarmay qolishi …………….. deb ataladi. A) annuitet; B) diskontlash; n i PV FV
PMT 30
3 0 268604 $ ? C) sof joriy qiymat; D) diskont stavka. 45. NPV – nima? A) sof joriy qiymat; B) annuitet; C) diskontlash; D) diskont stavka. 46. FV - nima? A) bo’lajak qiymat; B) sof joriy qiymat; C) keltirilgan qiymat; D) annuitet to’lov. 47. PV - nima? A) keltirilgan joriy qiymat; B) bo’lajak qiymat; C) sof joriy qiymat; D) annuitet to’lov. 48. DCF – nima? A) diskontlangan pul oqimi; B) diskont to’lov; C) diskont stavka; D) diskontlangan annuitet to’lov. 49. 11 mln. so’mni yillik 3 %li stavkadan foydalangan holda keltirilgan joriy qiymatini aniqlang. n=3 yil. A) 10066558 so’m; B) 10665580 so’m; C) 16655800 so’m; D) 10006580 so’m. 50. Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalariga…….kiradi. A) rejalashtirish, pul mablag’larini boshqarish, korporatsiya aktivlarini himoya qilish, investorlar bilan o’zaro munosabatlar; B) rejalashtirish, pul mablag’larini boshqarish; C) kapital bilan ta’minlash, buxgalteriya hisobi, soliqlarni boshqarish, baholash va konsalting; D) kirim va chiqimlarni nazorat qilish. 51. Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga…………... deyiladi. A) moliyaviy tizim; B) foiz stavkasi; C) moliyaviy boshqaruv; D) moliyaviy oqim. 52. Moliyaviy tizim ………...larni o’z ichiga oladi. A) moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi bozorlar, vositachilar va firmalar, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari qabul qilayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institut; B) mahsulot ishalab chiqaruvchi korxonalar, xususiy kompaniyalar qabul qilayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institut va tahkilot; C) telekomunikatsion tizim; D) to’g’ri javob yo’q. 53. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan iborat bo’lgan firmalar nima deyiladi? A) moliyaviy vositachilar; B) moliyaviy oqim; C) xalqaro firma; D) xususiy firma; 54. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari nimalardan iborat? A) hisob raqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish, sug’urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o’zaro jamg’armalarda ishtirok etishiga yo’l ochish; B) mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish, hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish; C) mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish, sug’urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o’zaro jamg’armalarda ishtirok etishiga yo’l ochish; D) ish haqi berish, homiylik qilish, hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish. 55. Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o’tishi nima deyiladi? A) moliyaviy oqim; B) moliyaviy vositachilar; C) xalqaro firma; D) pul oqimi. 56. Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko’proq firmalarni qanday ataymiz? A) ortiq mablag’ga ega bo’lgan subyektlar; B) resurslari defitsit bo’lgan obyektlar; C) resurslari defitsit bo’lgan subyektlar; D) mustaqil firmalar. 57. Kelgusi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalarni qanday ataymiz? A) resurslari defitsit bo’lgan subyektlar; B) ortiq mablag’ga ega bo’lgan subyektlar; C) resurslari avval ortib keyin kamayib ketadigan subyektlar; D) to’g’ri javob yo’q. 58. Moliyaviy tizim funksiyalari tog’ri berilgan javobni ko’rsating. A) riskni boshqarish, resurslarni birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo’linishi; B) resurslarni vaqt (zamon) va makonda joylashtirish, hisob - kitob to’lov tizimi;
C) informatsion qo’llab quvvatlash, stimullashtirishning psixologik muammolarini yechish; D) barcha javoblar to’g’ri. 59. Quyidagi qaysi operatsiyalar resurslarni vaqt (davr, zamon)ning bir nuqtasidan boshqasiga o’tishi joylashuviga olib keladi. A) korxonalarni qo’llab quvvatlash uchun qarzlar, mamlakat rivojlanishidagi xarajatlar, tijorat banklari kreditlarini harkatlanishi; B) riskni boshqarish, resurslarni birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo’linishi; C) uy sotib olish qarzlari, jamg’arilgan pensiya va ishlab chiqarish quvvatiga kapital qo’yilmalar, korxonalarni qo’llab quvvatlash uchun qarzlar; D) korxonalarni qo’llab quvvatlash uchun qarzlar; 60. To’lovlarni amalga oshirishning alternativ vositalari tog’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang. A) cheklar, kredit yoki plastik kartochkalari va elektron to’lov; B) pul, tovar, mahsulot; C) qimmatli qog’ozlar, resurslar, cheklar; D) kredit yoki plastik kartochkalari va elektron to’lov, pul, tovar. 61. Stimullar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni aniqlang va ular xalqaro amaliyotda qanday nom olgan? 1) “umrbod renta” maummosi; 2) “komitent- komissioner” maummosi; 3) “ma’naviy risk” maummosi; 4) “noqulay tanlov” maummosi. A) 2, 3, 4; B) 1, 2, 3; C) 1, 3, 4; D) 1, 2, 4. 62. Korporatsiya aksiyadorlari firmaning ishini yuritish uchun kimga vakolatini beradilar? A) korporativ menenjerlarga; B) umrbod renta; C) hamkorlarga; D) ishchilarga. 63. Moliyaviy yangiliklar qanday yuzaga keladi? A) tadbirkorlar va firmalarning iqtisodiy va innovatsion faoliyatlari natijasida; B) markazlashtirilgan organlar tomonidan rejalashtirilishi natijasida; C) davlat boshqaruvi o’zgarishi natijasida; D) davlat boshqaruvi o’zgarishi va markazlashtirilgan organlar tomonidan rejalashtirilishi natijasida. 64. Moliyaviy bozorlarni tarkibiy qismi to’g’ri berilgan javobni belgilang. A) pul bozori, kapital bozori, fond bozori, valyuta bozori; B) kapital bozori, kredit bozori, fond bozori, valyuta bozori; C) pul bozori, buyum bozori, kapital bozori; D) qimmatli qog’ozlar bozori, pul bozori, fond bozori. 65. Aksiyaning turlari to’g’ri berilgan javobni belgilang. A) imtiyozli, oddiy;
B) belgili, imtiyozli; C) oddiy, yutuqli; D) uzoq va qisqa muddatli. 66. Uy xo’jaliklarining mavjud jamg‘armalarini qanday aktivlarga yo‘naltirish kerakligini uy xo’jaliklarining qaysi qarori asosida aniqlashimiz mumkin? A) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion qarorlar; B) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; C) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar. 67. Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar …... deyiladi. A) aktivlar; B) qimmatli qog’ozlar; C) pul; D) passivlar. 68. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining qanday bahosi uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi? A) sof bahosi; B) orttirilgan bahosi; C) brutto bahosi; D) to’la bahosi. 69. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi nima deb ataladi? A) korxonalar moliyasi; B) bo’limlar faoliyati; C) uy xo’jaliklari; D) tashqi savdo. 70. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning qanday kapitali hisoblanadi? A) jismoniy kapitali; B) an’anaviy kapitali; C) zaruriy kapitali; D) moliyaviy kapitali. 71. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar qanday kapital deyiladi? A) moliyaviy kapitali; B) an’anaviy kapitali; C) zaruriy kapitali; D) jamg’arma kapitali; 72. Har qanday firmani aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini oldindan belgilab olish jarayoni … deb ataladi. A) strategik rejalashtitrish; B) taktik rejalashtitrish; C) aniq rejalashtitrish; D) to’g’ri rejalashtitrish.
73. Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgilab olgach, kompaniya menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxonalar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi va bu jarayon …... deb ataladi. A) investitsiyalarni rejalashtitrish; B) aktivlarni rejalashtitrish; C) mablag’larni rejalashtitrish; D) kapitallarni rejalashtitrish. 74. Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon hamda qay tarzda qarz olingan mablag‘idan foydalanishi kerakligini aniqlashda uy xo’jaliklarini qaysi turidagi qaroridan foydalanadi? A) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; B) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar; C) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar. 75. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkinligi, joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borishlilgi uy xo’jaliklarining qaysi qaroriga misol bo’ladi? A) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; B) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; C) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar; D) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar. 76. Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon kamaytirishlari kerakligi uy xo’jaliklarining qaysi qaroriga misol bo’ladi? A) riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar; B) pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; C) moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; D) investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar. 77. Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat subyekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot subyekt) nima deb ataladi? A) firma; B) bo’lim; C) uy xo’jaliklari; D) departament; 78. “Har bir individ o‘zining kapitalini eng ko‘p foyda keltirishi uchun ishlatishga harakat qiladi. Uning niyatiga, qoidaga ko‘ra, umumiy manfatlarga xizmat qilish kirmaydi, va u odatda ularni qondirishga qanchalik yordam berayotganini bilmaydi. Uni faqat o‘zining xavfsizligi va foyda tashvishga soladi. Biroq mutloq o‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan individ, uning maqsadiga kirmaydigan natijaga ko‘rinmas qo‘l tomonidan yo‘llanadi. O‘z manfaatlari izidan
borib, u ko‘pincha haqiqatda qilmoqchi bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq jamiyatning rivojlanishiga samaraliroq yordam beradi”. Ushbu fikrlar muallif kim? A) A.Smit; B) D.Rikardo; C) K.Marks; D) J.Sey. 79. Quyidagilardan qaysi biri kredit kartalarga misol bo'la oladi? 1) VISA Card; 2) Master Card; 3) American Express Card; 4) Labour Card; 5) UzCard. A) 1, 2, 3; B) 2, 3, 5; C) 1, 2, 4; D) 1, 2, 5. 80. Xalqaro sayohatlarga birinchi bo'lib kredit kartochkalarni ishlatishni taklif qilgan korxona? A) Dinner's Club; B) VISA; C) Master Card; D) American Express. 81. Kredit kartochkalaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni taklif qiluvchi firmalar ushbu kartochkalardan qanday foyda oladilar? A) kartochkalarni qo‘llagan holda tovarlar sotishni amalda qo‘llayotgan chakana savdogarlar to‘layotgan komission va kartochka egalariga kreditdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan foiz to’lovlaridan; B) hisobdagi qoldiq va kartochkaning o'g'irlanishidan; C) operatsiyalarning o‘tkazilishiga sarflangan xarajatlari va kartochka egalariga kreditdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan foiz to’lovlaridan; D) kartochka egalari o‘z majburiyatlarini qoplash qobiliyatiga ega emasliklardan; 82. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy bozorlar tarkibiga kirmaydi? A) xo'jalik buyumlari bozori; B) pul bozori; C) valyuta bozori; D) kapital bozori. 83. Moliyaviy aktivlarning asosiy turlari ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) qarz majburiyatlari; 2) hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; 3) ko’chmas mulklar; 4) aksiyalar; 5) asbob-uskunalar. A) 1, 2, 4; B) 1, 2, 3; C) 3, 4, 5; D) 2, 3, 4; 84. Qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? A) aksiyalar; B) qarz majburiyatlari; C) hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; D) valyutalar; 85. Muddati bir yildan kam bo'lgan qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi? A) pul bozori; B) kapital bozori; C) valyuta bozori; D) fond bozori. 86. Uzoq muddatli qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi? A) kapital bozori; B) pul bozori; C) valyuta bozori D) fond bozori. 87. …………. - bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talabdir. A) Aksiya; B) Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; C) To’lov balansi; D) Obligatsiya. 88. Aksiyani sotib olish va sotish ……………da amalga oshiriladi. A) fond bozori; B) pul bozori ; C) valyuta bozori ; D) kapital bozori. 89. ………….. deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi. A) Hosilaviy qimmatli qog'ozlar; B) Oddiy aksiyalar; C) Optsion; D) Obligatsiya. 90. Zamonaviy moliya nechta asosiy analitik ustundan iborat hisoblanadi? A) 3;
B) 5; C) 4;
D) 2. 91. “Zamonaviy moliya” faniga to’g’ri ta’rif berilgan javobni belgilang. A) Shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishni o'rganuvchi fan “Zamonaviy moliya” deyiladi; B) Shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida profitsit pul resurslari kirimi va chiqimini o'rganuvchi fan “Zamonaviy moliya” deyiladi; C) Korporativ boshqarishni o'rganuvchi fan “Zamonaviy moliya” deyiladi; D) Shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida jamg'argan pul resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishni o'rganuvchi fan “Zamonaviy moliya” deyiladi; 92. Quyidagilardan qaysilari moliya tizimini harakatlantiruvchi elementlar hisoblanadi? A) oldi – sotdi savdolari, debitor va kreditorlik qarzlari, kreditlar; B) oldi – sotdi savdolari; C) telekomunikatsiya bozori; D) debitor va kreditorlik qarzlari. 93. Biznesni olib borishning asosiy tashkiliy shakllari nechta? A) 3;
B) 4; C) 5;
D) 6. 94. Moliyaviy kapital deb nimaga aytiladi? A) Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlarga; B) Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslarga; C) Korxonalarning uzoq muddatli kapital qo'yilmalari va mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlariga; D) Imkoniyatiga ega bo’lish, dunyoqarashni kengaytirishga; 95. Moliyaviy oqimlar deb nimaga aytiladi? A) Moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o‘tishiga; B) Moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o‘tishiga; C) Pul mablag'larining bir joydan, ikkinchi bir joyga ko'chib o'tishiga; D) Moliyalashtirish, riskni boshqarish bilan bog’liq qarorlarga; 96. ………... deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. A) Forvard kontaktlar; B) Sug'urta polisi; C) Schot-faktura; D) Ishonchnoma. 97. Moliya o'ziga xos ilmiy - amaliy fan bo'lib, unda qanday masalalar o'rganiladi? A) vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag'larini taqsimlash; B) vaqt va noaniqlik sharoitida profitsit pul mablag'larini taqsimlash; C) vaqt omilini hisobga olgan holda pul mablag'larini taqsimlash; D) vaqt omili, YIM, pul. 98. Aksiya - bu? A) firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talab; B) uzoq muddatli qarz majburiyatlari; C) pul omonati; D) qarz majburiyatlariga qo'yiladigan talab. 99. Talab deb nimaga aytiladi? A) Ehtiyojlarning pul bilan qondirilgan qismiga; B) Ehtiyojlarning ortib borishiga;
C) Fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o’tkaziladigan labaratoriyalar, ko’rgazma zallari, ulgurji omborxonalar loyihalarini tayyorlashlariga; D) Taklif hajmining pasayishiga. 100. Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka nima deb ataladi? A) tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi; B) garov bo‘yicha foiz stavkasi; C) omonat bo'yicha foiz stavkasi; D) kapital stavkasi. 101. Korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlarning direktorlar kengashi orqali tayinlsalar, menejerlarning asosiy vazifasi nimadan iborat? A) imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko’zlab qaror qabul qilishdan; B) faqat korporatsiyani manfatini himoya qilishdan; C) yangiliklar yaratishdan; D) daromadni ko’paytirishdan. 102. Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi? A) Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim deyiladi; B) Muayyan moliyaviy qarorni qabul qilish va uni amalga oshirishiga moliyaviy tizim deyiladi; C) Moliyaviy vositachilar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi; D) Moliyaviy munosabatlarning shakl va usullar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi. 103. “Moliya” fanini o’rganish sabablari to’g’ri keltirilgan qatorni ko’rsating. 1) o’z pul mablag’laridan samarali foydalanish; 2) biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 3) Qiziqarli va daromadli karyera qilish; 4) mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lish; 5) dunyoqarashni kengaytirish. A) 1, 2, 3, 4, 5; B) 1, 3, 4, 5; C) 1, 2, 3, 5; D) 1, 2, 4, 5. 104. Uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi? A) taqsimlash to’g’risidagi qarorlar; B) investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan qarorlar; C) pul mablag’larini iste’mol qilish va jamg’arish to’g’risidagi qarorlar; D) riskni boshqarish bilan bog’liq qarorlar. 105. Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakli noto’g’ri berilgan javobni aniqlang. A) jamoatchilik; B) yakka egalik; C) shirkat; D) korporatsiya. 106. Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi? A) investorlarni himoya qilish; B) rejalashtirish; C) soliqlarni boshqarish; D) boshqaruvning axborot tizimlari. 107. Real daromadlilik stavkasi nima? A) Kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o’zgarishi hisobga olingan holda to’g’rilangan yoki o’zgartirilgan (korrektirovka qilingan) nominal foiz stavkasi; B) Kreditor tomonidan ishlab topilgan (korrektirovka qilingan) nominal foiz stavkasidir; C) Pulning sotib olish qobiliyati o’zgarishi hisobga olingan holda to’g’rilangan nominal foiz stavkasidir; D) Qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va berilgan pul evaziga olinadigan summadir. 108. Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi? A) riskni maqsadga muvofiq ko’rish; B) ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi; C) ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi; D) odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko’rishi. 109. Sug’urta mukofoti bu ……...? A) xizmat ko’rsatilgani uchun mijoz tomonidan to’lanadigan pullar; B) sug’urta kompaniyasi foydasi; C) sug’urta kompaniyasi tomonidan mijozga to’lanadigan pullar; D) sug’urta bonuslari. 110. O’zaro fondlarning qanday asosiy turlari mavjud? A) ochiq va yopiq; B) keng qamrovli; C) cheklangan va cheklanmagan; D) kelishilgan va kelishilmagan. 111. Investitsion banklar qanday tashkilot? A) Ular shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag’larni jalb qilishda yordam berishdan iborat; B) Ular banklar singari vazifalarni bajaradi; C) Ular investorlarni birlashtiradi; D) Ular banklarni moliyalashtirishda vositachi bo’lib xizmat qiladi. 112. Aktivlarni boshqaruvchi firmalar qanday vazifalarni bajaradi? A) Ular maslahat beradilar va ko’p hollarda o’zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo’lida boshqaradilar; B) Ular hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag’larni jalb qilishga yordam beradi; C) Ular banklarni moliyalashtirishda vositachi bo’lib xizmat qiladi; D) Ular hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag’larni jalb qilishga yordam beramaydi. 113. Axborot xizmatlarini ko’rsatuvchi firmalar nima bilan shug’ullanadi? A) Moliyaviy axborotlarni yig’ish va tarqatish bilan shug’ullanishadi; B) Moliyaviy maslahat beradilar va ko’p hollarda o’zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo’lida boshqaradilar; C) Hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag’larni jalb qilishga yordam beradi; D) Sug’urta kompaniyasining yoki brokerlik firmasining bir bo’lagi bo’lishi mumkin.
114. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy infratuzilma tarkibiga kiradi? A) barcha javob to’g’ri; B) moliyaviy instrumentlar savdosiga ko’maklashuvchi hisob-kliring tashkilotlari; C) moliyaviy tizim qatnashchilarining o’zaro munosabatlarini nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralar; D) buxgalterlik hisobi va sud ishlarini hal etish jarayonlari. 115. Moliyaviy hisobotlar tizimini o’rganuvchi predmet yoki fan qanday nomlanadi? A) Buxgalteriya hisobi; B) Buxgalteriya va audit; C) Moliya; D) Audit. 116. Asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko’maklashishdan iborat bo’lgan moliyaviy vositachilar kimlar? A) Markaziy banklar; B) Tijorat banklari; C) O’zaro fondlar; D) Investitsiya institutlari. 117. Bugungi kundagi xalqaro moliyaviy tashkilotlarning asoiy vakolatlari nimadan iborat? A) turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirish; B) dunyo moliya bozorini tartibga solish; C) jahon banki faoliyatini nazorat qilish; D) tijorat banki faoliyatini nazorat qilish. 118. Moliyaviy hisobot funksiyalarini ko’rsating. A) Barcha javob to’g’ri; B) Firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliyaviy ahvoli hamda o’tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo’lgani to’g’risida ma’lumot berish; C) Firma egalari va kreditorlariga kompaniya faoliyati samaradorligining asosiy reja ko’rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish; D) Qulay shablon-modellar tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanish. 119. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy hisobot turlariga kirmaydi? A) Vaqtinchalik smeta; B) Balans; C) Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot; D) Pul oqimlari to’g’risida hisobot; 120. Pul oqimlari to’g’risida hisobot nima? A) Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi; B) Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi; C) Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini (va majburiyatlarini aks ettiradi; D) Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi. 121. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot nima? A) Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi; B) Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini va majburiyatlarini aks ettiradi; C) Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi; D) Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. 122. Balans nima? A) Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini va majburiyatlarini aks ettiradi; B) Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi; C) Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi; D) Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. 123. Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko’rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati ....... deb ataladi. A) balans qiymati; B) aktiv qiymati; C) passiv qiymati; D) kapital qiymati. 124. Moliyaviy hisobotlarninig qanday asosiy turlari mavjud? A) Balans, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, pul oqimlari to’g’risida hisobot; B) Balans, asosiy vositalar to’g’risida hisobot, pul oqimlari to’g’risida hisobot; C) Debitorlik va kreditorlik to’g’risida hisobot, moliyaviy natijalar to’g’rida hisobot, asosiy vositalar to’g’risida hisobot; D) Debitorlik va kreditorlik to’g’risida hisobot, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, pul oqimlari to’g’risida hisobot. 125. Foyda - bu kompaniyaning ……… ……… o’rtasidagi farq. A) daromadi va xarajatlari; B) aktivlar va majburiyatlar; C) taqsimlanmagan daromad va kreditorlik qarzlari; D) aylanma aktivlar va xarajatlari. 126. Firmaning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayerda aks ettiriladi? A) Firmaning moliyaviy hisobotlarida. B) Firmaning nizomida; C) Firmaning balansida; D) Ommaviy axborot vositalarida. 127. Aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari keltirilgan qatorni belgilang. A) Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi koeffitsienti; tovar-moddiy zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsienti; aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsienti; B) Sotuvlar daromadliligi koeffitsienti; aktivlar daromadliligi koeffitsienti; aksiyadorlik kapitali daromadliligi koeffitsienti; C) Qarzlar koeffitsienti; foizlarni qoplash koeffitsienti; D) Joriy likvidlik koeffitsienti; kritik baholash koeffitsienti. 128. Kompaniya faoliyati tahlili uchun
qanday asosiy
moliyaviy koeffitsientlardan foydalaniladi? A) Rentabellik, aktivlarning aylanuvchanligi, moliyaviy “dastak”, likvidlik, bozor qiymati; B) Aktivlarning aylanuvchanligi, moliyaviy “dastak”, aksiya bahosi; C) Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi, kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi; D) Foizlarni hisoblash, qaytaruvchanlik, aylanuvchanlik. 129. Moliyaviy leverij bu ……………….. A) Kompaniyaning qarz majburiyatlarini o’z kapitaliga nisbati; B) Korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi; C) Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi; D) Kompaniyaning bankrot bo‘lishi ehtimoli. 130. Moliyaviy rejalashtirishning necha turi mavjud? A) 2 turi: strategik va joriy moliyaviy rejalashtirish; B) 3 turi: strategik, holisona va joriy moliyaviy rejalashtirish; C) 2 turi: strategik va oraliq moliyaviy rejalashtirish; D) 2 turi: joriy va oraliq moliyaviy rejalashtirish. 131. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini oldindan ko’ra bilish va moliyaviy reja ko’rsatkichlarini asoslash deb nimaga aytiladi? A) Moliyaviy bashoratlash; B) Moliyaviy rejalashtirish; C) Moliyaviy tahlil; D) Moliyaviy nazorat. 132. Aylanma kapital deb nimaga aytiladi? A) Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari o‘rtasidagi farq; B) Kompaniyaning aylanma aktivlari; C) Kompaniya aylanma aktivlarining joriy majburiyatlariga nisbati; D) Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari yig’indisi. 133. Biror bir korporatsiya o’z moliyaviy hisobotini chop etirsa unga nima ilova qiladi? A) Tushuntirish xati; B) Majburiyatlarini ro’yxati; C) Asosiy vositalari ro’yxati; D) Aksiyadorlar kengashi xulosasini. 134. Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi – bu………..? A) firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana va o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi vaqt;
B) firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana; C) firma o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun; D) u yoki bu davr mobaynida firmaning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini oldindan ko’ra bilish. 135. Kompaniya ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchiligi orqasidan ortirgan obro’si va qo’lga kiritgan ma’lum ilmiy bazasi nima deb ataladi? A) Nomoddiy aktivlar; B) Kompaniya imiji; C) Moddiy aktivlar; D) Kompaniya tovar-moddiy zaxiralari. 136. …………………….. - bu umumiy muammolarni hal qilishga hamkorlar sifatida boshqa korxonalar yoki yuridik shaxslarni jalb qilish orqali o’z riskining darajasini pasaytirishdir. A) Risk sug’urtasi; B) Riskni birlashtrish; C) Riskni xejirlash; D) Riskni diversifikatsiyalsh; 137. …………….. narxlarning salbiy o’zgarishlarni oldini olish maqsadida oldindan tuziladigan birjadagi bitimlar orqali risk darajasini pasaytirishdir. A) Risk sug’urtasi; B) Riskni birlashtrish; C) Riskni xejirlash; D) Riskni diversifikatsiyalsh; 138. ………….. investitsion portfelning umumiy riskini kamaytirish maqsadida, bir nechta riskli ativlarni xarid qilish orqali risk darajasini pasaytirishdir. A) Risk sug’urtasi; B) Riskni birlashtrish; C) Riskni xejirlash; D) Riskni diversifikatsiyalsh. 139. O’rganilayotgan davr ichida narxlar nechta martaga oshganligini ko’rsatuvchi ko’rsatkich …………. deb ataladi. A) inflatsiya indeksi; B) inflatsiya riski; C) inflatsiya darajasi; D) inflatsiya nominali. 140. Milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrining tushishi ………… deb ataladi. A) devalivatsiya; B) inflatsiya; C) imobilizatsiya; D) revalvatsiya. Download 414.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling