Moliya fanidan
-rasm. Pensiya ta’minoti tizimining maqsadlari
Download 160.63 Kb.
|
Ijtimoiy ish
2-rasm. Pensiya ta’minoti tizimining maqsadlari
Pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biridir, chunki u deyarli barcha fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan bog’liqdirki, fuqarolar mehnat qobiliyatlarini yo’qotganlarida shu tizim orqali ijtimoiy himoya qilinadilar. Pensiya bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqishda siyosatning eng asosiy masalasi pul mablag’larini jamg’arish vazifalari bilan, daromadlarni qayta taqsimlash vazifalari bilan, shuningdek ularning har birini amalga oshirishda davlatning roli bilan bog’liq. O’z navbatida bularni amalga oshirish uchun moliyaviy iqtisodiy barqarorlik, jamg’arma institutlarini tashkil qilishni o’z ichiga olgan fond bozorlarining rivojlanishi va unga muvofiq keluvchi qonunchilik asoslarini yaratish, aholi jamg’armalarini rag’batlantiruvchi samarali soliq siyosatini yuritish, aholining moliyaviy muassasalarga bo’lgan ishonchini ta’minlovchi davlat boshqaruv tizimi zarur. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Pensiya jamg`armasining barqarorligi ta`minlanmoqda, uning daromadlari bilan jamg`armadan amalga oshirilayotgan to`lovlar to`lig`icha moliyalashtirilmoqda. Lekin jamg`armaning davlaat byudjeti tomonidan qo`llab-quvvatlanayotganligini ham alohida qayd etish lozim. Turli mamlakatlar milliy pensiya tizimlarining shakllanishida quyidagi ikki yondashuv asos bolib hizmat qiladi: birinchi yondashuvga ko`ra, pensiya tizimiga tortilgan barcha fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi kafolatlansa, ikkinchi yondashuv bo`yicha – pensiya ish haqining zahiralanuvchi qismi bo`lib sug`urtalangan xodimga uning pensiyaga chiqish oldidagi daromadiga monand moddiy ta’minotga ega bo`lishini kafolatlaydi. Pensiya ta’minotining rivojlanishi jarayonida har ikkala maqsad uyg`unlashib ketdi, universal pensiya tizimlari sug`urtaviy tizimlar bilan to`ldirildi, sug`urtaviy tizimlar esa minimal kafolatlarni o`z ichiga ola boshladi. Shunday qilib, pensiyalarning ikkiyoqlama tabiati nafaqat umummaqbul qilindi, balki deyarli barcha rivojlangan pensiya tizimlarining shakllanishiga asos bo`lib hizmat qildi. Pensiyalarning ikkiyoqlama yozuvi shundan iborat bo`ladiki, birinchidan, pensiya fuqarolarni kambag`allikdan himoyalab, ular daromadlarining minimal darajasini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, ma`lum belgilangan sug`urta holatlari yuzaga kelganda ish haqining o`rnini bosadi, ya`ni yo`qotilgan daromadni yoki uning ko`p qismini kompensatsiyalaydi. Har bir mamlakatda u yoki bu pensiya modeli asosida milliy pensiya tizimlari shakllangan bo`ladi. Pensiya tizimining modeli uning moliyaviy jihatdan tashkil etilishini hamda mamlakat fuqarolarini qarilikda moddiy jihatdan ta`minlash bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi. Umuman olganda, mamlakatda aholining pensiya ta’minoti darajasi ustuvor ravishda ikkita omilga bog`liq: ijtimoiy himoya tizimining qay darajada rivojlanganligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Har ikkala omil, shuningdek, pensiya ta’minoti darajasi ta’minoti darajasi mamlakatdagi tarixiy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Milliy pensiya tizimlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: − aholini maksimal darajada pensiya tizimiga qamrab olish; − pensiya yukini (og`irligini) pensiya tizimi subyektlari-ish beruvchilar va ishlovchilar o`rtasida adolatli taqsimlash; − barcha sug`urtalanuvchilarni qarilikda yoki nogironlikda o`z xohishi bilan yoki majburan pensiyaga chiqishi natijasida yo`qotayotgan daromadining katta qismini qoplash orqali mablag` bilan ta`minlash; − talab qilingan yetarli mehnat stajiga ega bo`lmagan fuqaro toifalarini, shuningdek boquvchisini yo`qotgan fuqarolarni kambag`allikdan ijtimoiy himoya qilish; − inflyatsiya, ish haqilarining oshishi va hayot sifatining ko`tarilishi kabi omillarni hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qilish. Download 160.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling