Moliya” kafedrasi “davlat xaridi” fanidan mustaqil ish mavzu: “milliy iqtisodiyotda davlat xaridini samarali tashkil etish yo‘llari”
Download 1.14 Mb.
|
Davlat xaridi MI Toshpolatov A
6-rasm. 2014-2015-yillarda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elеktron auksion savdolarning vazirliklar va idoralar kеsimi bo‘yicha tarkibiUshbu 6-rasmda 2014-2015-yillarda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elеktron auksion savdolarning vazirliklar va idoralar kеsimi bo‘yicha tarkibi aks ettirilgan. Unga ko‘ra davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elеktron auksion savdolar hajmi bo‘yicha eng katta ulush berilgan ikki yilda Xalq ta’limi vazirligi tashkilotlariga tegishli bo‘lgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari ham mazkur savdolarda ahamiyatli darajada ishtirok etganligini ko‘rish mumkin. Bugungi kunda davlat xaridi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir muhim yo‘nalishi davlat xaridi jarayonida kichik biznes subyektlari ishtirokini kuchaytirish hisoblanadi. Davlat xaridlari kichik tadbirkorlik subyektlar faoliyatida juda yirik va keng assortimentli talabga ega bo‘lgan yirik bozorni vujudga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi 1475-sonli Qarori ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarga dastlabki tamal toshini qo‘ydi. Bu qarorda davlat xaridlarini amalga oshirishning kichik biznes sub'ektlari uchun ajratiladigan kvotalar o‘rnatilishini o‘z ichiga olgan yangi, yanada mukammal, ochiq va oydin mexanizmi kiritilishi belgilab berildi. Bundan tashqari, ro‘yxati Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan (bugungi kunda tugatilgan) belgilanadigan, har bir shartnoma bo‘yicha narxi 300 dan 100 ming AQSh dollari ekvivalentidagi alohida turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha davlat xaridlari O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi tomonidan tashkil etiladigan elektron savdolar vositasida amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib o‘rnatildi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling