maqsadi respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ta’lim sohasida faoliyat qilayotgan budjet tashkilotlari
Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
5
moliyasini tashkil qilish va boshqarish amaliyotini o‘rganish va uni
takomillashtirishga qaratilgan asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu
maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
- budjet tashkilotlari moliyasini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy-
huquqiy asosini o‘rganish;
- budjet tashkilotlari smetalarini tuzish va xarajatlarini rejalashtirishning
amaldagi mexanizmini o‘rganish asosida uning ayrim kamchiliklarini aniqlash;
- ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag‘larning o‘quvchi jonboshiga qarab
xarajatlar me’yorini belgilash usulining respublikamizda qo‘llanilish tartibi, uni
respublikamizda qo‘llash tajribalari natijalarini o‘rganish, ularni yanada
takomillashtirish va mablag‘larning sarflanishidagi samaradorlikni kuchaytirishga
qaratilgan izlanishlar olib borish;
- budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish
amaliyotini o’rganish$
- budjet tashkilotlari xarajatlarining g’azna ijrosini tashkil etish amaliyotini
yoritish;
- izlanishlar asosida budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va
boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish
va ularni nazariy jihatdan asoslab berish.
Do'stlaringiz bilan baham: