"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari
OT
sns — joriy moliya yilidagi katta ilmiy xodim-izlanuvchining mehnatiga haq to’lash jamg’armasi, yagona ijtimoiy to’lovni hisobga olgan holda (joriy moliya yilining 1 yanvar holatidagi katta ilmiy xodim-izlanuvchining lavozim maoshidan kelib chiqqan holda hisoblanadi); N sns — OTMning oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o’qiyotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o’rtacha yillik soni. OTMning xarajatlar smetasini tuzish “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”20ga asosan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son «Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi 21
budjetdan moliyalashtirishning tasdiqlangan xarajatlarning bazaviy normativlari va yuqorida keltirilgan ormativ va tuzatuvchi koeffitsientlarga muvofiq OTM mustaqil ravishda xarajatlar smetasini hamda tasdiqlangan namunaviy shtat birliklari asosida shtatlar jadvalini tuzadi va tasdiqlaydi. Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va professor-o’qituvchilar tarkibining shtat formulyarlarini tuzish o’rnatilgan tartibga qat’iy rioya qilgan holda va xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlari asosida hisoblangan mablag’lar hajmi doirasida amalga oshiriladi.
20 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatga olingan. 21 O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 1999 y., 9-son, 51-modda 29
Xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo’llash asosida hisoblangan OTM uchun budjet mablag’lari hajmi quyidagi qat’iy tartibda taqsimlanadi: - ish haqi va yagona ijtimoiy to’lov; - stipendiyalar; - to’liq davlat ta’minotida bo’lgan etim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTM talabalarini moddiy ta’minlash; - kommunal xizmatlar uchun xarajatlar; - qolgan joriy xarajatlar va boshqa xarajatlar. Bunda: - xarajatlar smetasiga ish haqi mablag’lari bazaviy lavozim maoshlari, Yagona tarif setkasi bo’yicha razryadlar va ish haqi stavkalari, ularga qonunchilik bilan belgilangan ustama va qo’shimchalardan kelib chiqib hamda amaldagi namunaviy shtat birliklari va normativlarga, professor-o’qituvchilar tarkibining yillik individual ish rejalariga va boshqalarga amal qilgan holda kiritiladi; - yagona ijtimoiy to’lov miqdori xarajatlar smetasiga qonunchilikda o’rnatilgan miqdorlarda kiritiladi; - stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va amaldagi stipendiya bilan ta’minlash tartibiga muvofiq hisoblanadi; - to’liq davlat ta’minotida bo’lgan etim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTM talabalarining moddiy ta’minoti bo’yicha xarajatlar qonunchilikka muvofiq hisoblanadi; - energiya resurslari, kommunal xizmatlar xarajatlari va joriy xarajatlarni hisoblash natural ko’rsatkichlar, energiya resurslari va kommunal xizmatlarning amaldagi narxlari va tariflariga asosan amalga oshiriladi. Bunda, qoida tariqasida, OTMlariga ish haqi va yagona ijtimoiy to’lovlar uchun ajratilayotgan budjet mablag’larining hajmi, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar ulushiga mos ravishda nazarda tutiladi.
30
OTMning ayrim budjet xarajatlari bo’yicha debitor qarzdorligi mavjud bo’lganda xarajatlarning bazaviy normativlari asosida hisoblangan budjet xarajatlarining hajmi mazkur qarzdorlik summasiga kamaytiriladi. OTMning kreditor qarzdorligi xarajatlarning bazaviy normativlari asosida aniqlangan budjet xarajatlar smetasi mablag’lari doirasida, mablag’ etishmagan taqdirda — mazkur OTMning budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan qoplanadi. Agar 2014 yilda, OTM uchun I va II guruhlar bo’yicha xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlari asosida hisoblangan budjet mablag’lari hajmi 2014 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi tegishli guruhlar bo’yicha rejalashtirilgan mablag’lar hajmidan ko’p bo’lsa, mablag’ etishmovchilik asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq budjetdan qo’shimcha ajratiladigan mablag’lar hisobidan qoplanadi. Bunda, agar OTMga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqib ajratilishi ko’zda tutilgan budjet mablag’lari hajmi, OTMning 2014 yilgi tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasidagi tegishli guruh xarajatlari hajmidan kam bo’lsa, 2014 yilga tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasidagi mablag’lar hajmi kamaytirilmaydi. Ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining, energiya resurslar va kommunal xizmatlar narxlari va tariflarining oshishi munosabati bilan OTMlarning budjet xarajatlar smetasi bo’yicha vujudga keladigan qo’shimcha mablag’ga ehtiyoji asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq budjet mablag’lari hisobidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatilgan tartibda qoplanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan alohida OTMlariga xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo’llash yo’li bilan hisoblangan IV guruh xarajatlari uchun budjet mablag’lari hajmiga qo’shimcha ravishda budjetdan ajratiladigan mablag’lar nazarda tutilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish uchun OTMlari uchun qo’shimcha budjetdan ajratiladigan mablag’lar, tasarrufida OTMlari mavjud bo’lgan vazirliklar, davlat 31
qo’mitalari va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga ko’ra nazarda tutiladi va o’rnatilgan tartibda OTMlarning xarajatlar smetasini tuzish jarayonida yoki tegishli moliya yili davomida nazarda tutilishi mumkin (xarajatlar smetasiga tegishli o’zgartirishlar kiritish orqali). Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish, ularga o’zgartirishlar kiritish hamda xarajatlar smetasi ijrosi bo’yicha hisob-kitob va hisobotlar qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlarining qo’llanilishi munosabati bilan OTMlarning budjet xarajatlari qayta hisob-kitob qilinib, OTMlarning 2014 yilga tasdiqlangan budjet xarajatlar smetalariga o’rnatilgan tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. OTM xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) tartibi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. OTM xarajatlarini to’lash o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. “Boshqa xarajatlar” IV-guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi: to’liq davlat ta’minotida bo’lgan etim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTM talabalarini moddiy ta’minlash; - dori-darmonlar; - kommunal xizmatlar; - boshqa xarajatlar. Xarajatlar smetasining to’g’ri tuzilishi va ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasi hisob-kitoblarida ko’rsatilgan OTMning ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (maydoni, kubaturasi, sarflanayotgan kommunal xizmatlar bo’yicha natural ko’rsatkichlar hajmi va ular bo’yicha xarajatlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasiga va pasport ma’lumotiga, shartnomalarga va hokazolarga mosligi)ning
32
to’g’riligi va asoslanganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq OTM rahbari va bosh buxgalteri shaxsan javobgar hisoblanadilar. Shtatlar jadvalini va professor-o’qituvchilar tarkibining shtatlar formulyarining to’g’ri tuzilishi hamda Yagona tarif setkasi bo’yicha razryadlar, bazaviy lavozim maoshlari, ustama va qo’shimchalarning to’g’ri qo’llanilishi bo’yicha javobgarlik OTMlarining moliya va buxgalteriya xizmatlariga yuklatiladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling