Moliya” kafedrasi ikkinchi oliy ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari


Download 0.52 Mb.
bet3/10
Sana24.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1653947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-курс 2-ОТ амалиёт дафтари Ibragimov

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ______________________________ ________
(ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)
2-mavzu. Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish


Korxonaning daromadlarini va xarajatlarini ifoda etuvchi diagramma

1-diagramma

Diagrammada korxonaning 2021- va 2022-yil yakuni bo’yicha xarajatlar, daromadlar va sof foydaning umumiy tahlili aks ettirilgan. Unga ko’ra agar tahlil qiladigan bo’lsak bir ko’rinishda korxonaning yillik unumdorligi bir muncha oshgan. Buni raqamlarda tahlil qiladigan bo’lsak quyidagicha xulosalar olinadi. Dastavval korxonaning 2021-yildagi va 2022-yildagi jami xarajatlar yi’g’indisiga qaraydigan bo’lsak bu ko’rsatkich 23 mlrd so’mdan 30 mlrd so’mga o’sgan buning sababi esa avvalgi yilga nisbatan 2022-yilda korxonaning xizmat ko’rsatish ko’lami va mijozlar sonining oshganligi va shu omillar bilan bir qatorda korxonada o’ziga yarasha qo’shimcha xarajatlar ya’ni ishchi soniga bo’lgan extiyoj va xizmat xarajatlarining oshganligi bilan tavsiflanadi. Agar xarajatlar o’rtasidagi tafovutni foizlarda ifodalaydigan bo’lsak 2022-yildagi xarajatlar 2021-yilga nisbatan 30.4% ga oshganligi ma’lum bo’ladi.
Korxonadagi berilgan yillar o’rtasidagi yillik daromadining tahliliga o’tadigan bo’lsak, albatta mijozlar soni va ishchi kuchining oshganligi xisobiga korxonada avvalgi yilga nisbatan 2022- yildagi yillik daromadning yuqorilaganini diagrammada guvohi bo’lishimiz mumkin. Ya’ni aniq raqamlarda ifodasini tahlil qiladigan bo’lsak 2021-yil korxonining yillik daromadi 40mlrd so’mga yetgan bo’lsa 2022-yilga kelib bu ko’rsatkich 60mlrd ga yetganligini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatkichlarni foizlarda ifodasini ko’radigan bo’lsak korxonaning 2022- yildagi daromadi 2021-yilga nisbatan 66,7 % ga oshganligini kuzatishimiz mumkin.Iqtisodiy jixatdan bu albatta katta ko’rsatkich hisoblanadi. Kompaniyaning bunday yillik daromadining bu darajada o’sishini asosiy sabablarini qiziqish bilan so’ralganida bunga quyidagi asosiy sabablar keltirildi:

  • Kompaniya mijozlarining ko’lami kengaygani.

  • Kompaniyada ishchilar sonining va sifating yuqorilagani

  • Sifat bilan birga kompaniyaning xizmatlar tarifining yuqorilagani

  • Xizmatlar xilma xilligini oshirilganligi va boshqaruv tizmimining optimallashuvi.

Tahlilimizning eng aosiy xulosa chiqarishimizga yordam beruvchi qismiga ya’ni sof foydaning o’sish suratiga qaraydigan bo’lsak diagrammadan o’tkazilgan trend chiziqdan ko’rinib turibdiki korxona 2021-yiga nisbatan 2022 yilni ancha baland sof foyda bilan yakunlagan. Raqamlardagi ifodalar shuni ko’rsatadiki 2021-yil korxonaning yillik sof foydasi 17 mlrd so’m, 2022-yilda esa bu ko’rsatkich 30 mlrd so’mni ko’rsatib turibdi ya’ni yillar farqida 13 mlrd so’m o’sish surati bilan foydaga kirgan. Bu summani foizlarda ifodalaydigan bo’lsak 2021-yildagi korxonaning yillik sof foydasi 2022- yilda 56,7% ga o’sganligini ko’rishimiz mumkin. Xulosa qiladigan bo’lsak kompaniyaning yillar kesimidagi xarajat,daromad va sof foydasining tahlili shuni ko’rsatadiki korxona jadal rivojlanish yo’lidan ketmoqda. Buni 1-diagrammadan ham bir qarashda payqash mumkin. Bunga asosiy sabab qilib korxonaning mijozlar salmog’ini oshganligi, bozorda marketing sohasiga talabning yildan yilga oshib borayotganligi va bu borada yangi bilimlarning takomillashib borib xizmat ko’rsatish sifati va sur’atining jadallashib borishidir.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling