Investitsion banklar – bu shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilot -larga o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam berishdan iborat. Shu maqsadda investitsion banklar o‘z mijoz-larining qimmatli qog‘ozlari chiqarilishini tashkil etadilar. Bundan tashqari, ular ba’zida hatto firmalar qo‘shilishiga yoki bitta firma boshqasi tomonidan “yutib yuborilishi”ga ta’sir ko‘rsatadilar (imkoniyat yaratadilar).Investitsion banklar ko‘pincha anderrayting, yoki o‘zlari bozorda joylashtiradigan qimmatli qog‘ozlarga obuna bilan shug‘ullanadilar. Anderrayting mohiyatan emitent uchun o‘ziga xos sug‘urta hisoblanadi, chunki investitsion bank emitentning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Agar qimmatli qog‘ozlar tashqi investor tomonidan sotib olinmasa, u holda investitsion bank shu qimmatli qog‘ozlarni emitentdan oldindan belgilangan narxda, ya’ni kafo-latlangan narxda sotib oladi.Ko‘p mamlakatlarda universal banklar Amerika investitsion banklari vazifalarini bajaradilar, ammo AQShda 1933 - yilda qabul qilingan Glass-Stigalqonuniga muvofiq tijorat banklariga ander-raytingga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina faoliyat turlari bilan shug‘ullanish man etilgan. Biroq, so‘nggi yillarda AQShning bu banklariga bu kabi xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |