Moliya” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


Chinoz tuman maxalliy budjetidan 2022 yilgi budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdori jami 124 foizga ko’paygan


Download 253.58 Kb.
bet6/11
Sana19.06.2023
Hajmi253.58 Kb.
#1604215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 курс сиртқи амалиёт дафтари R Saliyev — SMM 51

Chinoz tuman maxalliy budjetidan 2022 yilgi budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdori jami 124 foizga ko’paygan. Ular tarkibiga; Maktabgacha ta’lim bo‘limi 112 foizga ko’paygan. Xalq ta’limi bo‘limi 117 foizga ko’paygan, Sog‘liqni saqlash muassalari 117 foizga ko’paygan. Madaniyat bo‘limi 90 foizga ko’paygan, jismoniy tarbiya va sport bo‘limiga 111 foizga ko’paygan. Bolali oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va kompensatsiyalar 99 foizga ko’paygan. Ijtimoiy ko’nikma markazlari 94 foizga ko’paygan. Fermer xo’jaliklari buhgalteriya markazlari 121 foizga ko’paygan. Obodonlashtirish boshqarmasiga 168 foizga ko’paygan. Suv xo’jaligi vazirligi tashkilotlari 119 foizga ko’paygan. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga 118 foizga ko’paygan. Mahalliy budjetlarda hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 100 foizga ko’paygan. Davlat boshqaruvi idoralari 188 foizga ko’paygan. Zahira jamg’armasi 118 foizga ko’paygan. Qishloq xo‘jaligi 83 foizga ko’paygan. Bandlikka ko‘maklashish markaziga 98 foizga ko’paygan. Moliya bo‘limiga 105 foizga ko’paygan, Hokimiyat 132 foizga ko’paygan. Xalq deputatlari Kengash kotibiyatiga 127 foizga ko’paygan, Maxalla va oilani qo‘llab –quvvatlash bo‘limiga 107 foizga ko’paygan. Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi 100 foizga ko’paygan.

Chinoz tuman moliya organi rahbari _________________ B. Isroilov
(imzo) (ismi-sharifi) (muhr o‘rni)
3-mavzu. Mahalliy budjetlardan budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-dekabrda ro‘yxatdan 2634-son bilan o‘tgan, “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMga asosan Moliya organlari va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.


Xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan ularga tegishli moliya yili uchun yetkazilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida tuziladi.
Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga tegishli moliya yili uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmini yetkazish tegishli moliya organlari yoki budjet mablag‘larini taqsimlovchilari tomonidan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo‘shimchalar;
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
G‘azna ijrosiga o‘tgan budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yagona g‘azna hisob raqamidan, shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi bo‘yicha hududiy g‘aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ning mazkur tartibi quyidagilarni nazarda tutadi
budjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) mexanizmini soddalashtirish va ushbu mablag‘lardan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish;
Davlat budjetidan mablag‘ oluvchilarning mablag‘larni sarflashlari ustidan dastlabki va joriy nazoratni ta’minlash;
budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ni ularning faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo‘shib olib borish;
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari birinchi navbatda xarajatlarini moliyalashtiradi (to‘laydi). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag‘ o‘tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari).
Yagona g‘azna hisob raqamida, shuningdek budjet tizimi budjetlarining darajalari bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvarag‘ida birinchi va ikkinchi guruhlar bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag‘lar mavjud bo‘lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to‘rtinchi guruhlar bo‘yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi.
Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlar (birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab anjomlari, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar xarid qilish, epidemiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar va boshqa tadbirlar)ni mablag‘ bilan ta’minlash uchun mablag‘larni IV guruh mablag‘lari hisobiga tezkorlik bilan xarajat qilishlari mumkin.
Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo‘lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yilida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ularning paydo bo‘lishi navbatiga ko‘ra har qaysi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari faqat:
avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lashga;
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga;
ijtimoiy rivojlantirish va budjet tashkilotlarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lsa, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari tejab qolingan budjet mablag‘lari doirasida ushbu qarzlarni to‘lashga (ishlar, xizmatlar tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni qoplangandan so‘ng) sarflanadi.
Agar kreditorlik qarzi budjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha yetarli miqdorda mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo‘lgan taqdirda, kreditorlik qarzning Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga to‘langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida budjetdan qoplanadi.
Budjet tashkilotlari tomonidan mablag‘larning sarflanishini, shu jumladan Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari va hududiy moliya organlari, shuningdek vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan qonunchilik bilan berilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.

Download 253.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling