Moliya” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


-mavzu. Samarqand viloyati Qo’shrabot tuman byudjeti xarajatlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish


Download 392.42 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi392.42 Kb.
#1613596
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amaliyot Jumaqulov Doston

2-mavzu. Samarqand viloyati Qo’shrabot tuman byudjeti xarajatlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish

Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘laridir. Iqtisodiy maz muniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari – davlatning markazlashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq iqtisodiy muno sabatlardir.


Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‘lib, bir qator omillarga bog‘liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
– budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish soha-tarmoqlari bilan aloqalarining ko‘lamiga;
– davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
– budjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va boshqalar.
Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichidagi budjet xarajatlari tarkibi va tuzilishi shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoq larini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, unda budjet xarajatlari tarkibida yirik investitsiya larni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish xarajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy himoyalashga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ortib boradi. Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni budjet mablag‘larini oluvchilar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag‘ oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari, budjet dotatsiyalari, subven siyalari va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo‘yicha budjet mablag‘larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi budjet yili uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko‘rsatiladi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog‘liq bo‘ladi.
Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi:
1 guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
2 guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
3 guruh — kapital qo‘yilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga muvofiq);
4 guruh — boshqa xarajatlar.
Xarajatlar smetalari budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan, yil oylari bo‘yicha taqsimlangan holda:
xarajatlarning birinchi — uchinchi guruhlari bo‘yicha xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratib;
xarajatlarning to‘rtinchi guruhi bo‘yicha xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratmasdan tuziladi.
Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari bo‘yicha to‘rtinchi guruh xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlarining ro‘yxati bo‘yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi.O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi bo‘yicha xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, budjet mablag‘larini taqsimlovchi tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha uch nusxada tuziladi.Moliya organlari va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchi o‘z tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan xarajatlar smetalarini moliya yili uchun budjet mablag‘larini taqsimlovchiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida ko‘rib chiqadi va budjet mablag‘larini taqsimlovchining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi.Xarajatlar smetasining, jamlanma xarajatlar smetasining va ularga doir ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi tashkilot bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi budjet mablag‘larini taqsimlovchining bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda budjet mablag‘larini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining yillik jamlanma xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 1-fevraliga qadar tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan joriy yilning 15-fevraliga qadar tasdiqlanadi. Kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning smetalari buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro‘yxatlari va obyektlarning titul ro‘yxatlari asosida tuziladi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, budjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining
25-dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.Vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan ortiq bo‘lmasligi lozim. Vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar summasiga aniqlashtirilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasida birinchi chorak uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan kam bo‘lmasligikerak.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu Kodeksning 102, 103 va 107-moddalarida belgilangan xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazish talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, joriy moliya yilining 1-aprelidan e’tiboran budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchining budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan xarajatlari xarajatlar smetasi ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar to‘xtatib turiladi.

Qo’shrabot tuman mahalliy budjeti xarajatlarning 2021- yilning yillik ijrosi to‘g‘risida hisobot





Xarajatlar nomi

Aniqlangan reja

Bajarilishi

Farqi
(+; - )

%

Xalq ta’limi sohasi

11741216.8

11577285.9

-123930.8

99

Maktabgacha ta’lim sohasi

11574270,6

11394895,9

-119374,7

99

Sog‘liqni saqlash sohasi

40134559,1

39750437,1

-284122,0

99

Madaniyat sohasi

1195784,0

1127520,1

-68263,9

96

Jismoniy tarbiya va
sport sohasi

3046725,0

3032480,0

-11245,0

100

Bolali oilalarga va
kam ta’minlangan
oilalarga nafaqalar va
kompensatsiyalar

5476584,0

5445143,1

31440,9

99

Ijtimoiy ko‘nikma
markazlari

159786,9

134383,6

-25403,3

84

Obodonlashtirish sohasi

38734458,1

38100409,5

-634048,6

98

Davlat boshqaruv
organlarini saqlash

10066251,2

9811990,6

-254260,7

97

Madaniyat bo‘limi

158190,1

126436,4

-31753,7

80

Mehnat bo‘limi

706617,2

702651,5

-3965,7

99

Moliya bo‘limi

1214678,3

1176436,5

-38241,8

97

Davlat hokimiyat organlari

6139380,0

6037084,2

-102295,9

98

Xalq qabulxonasi

163908,7

162189,3

-1719,4

99

Kengash kotibiyati

277684,0

264155,5

-13528,5

95

Fuqarolarning o‘zini-o‘zi
boshqarish organlarini
saqlash

642238,6

642042,2

-196,4

100

Mahalla va oila bo‘limi

763 554,3

700994,9

-62559,3

92

Xotin-qizlar bulimi













Yoshlar ishlari agentligi













Zaxira jamg‘armasi

1190447,0

832104,1

-358342,9

70

Boshqalar

34672722,3

35090568,3

417846,0

101


Download 392.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling